• 1-ta’rif .
  • 1-misol
  • 3-ta’rif .
  • 5-ta’rif .
  • Tasodifiy hodisa. Hodisa ehtimoli va uning ta’riflari reja: Tasodifiy hodisalar va ularning turlari. Tasodifiy hodisalar ustida amallar




    Download 333.17 Kb.
    bet1/9
    Sana10.04.2023
    Hajmi333.17 Kb.
    #50210
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Tasodifiy hodisa. Hodisa ehtimoli va uning ta’riflari reja Taso
    2 5335030374466590560, boshqaruv-qarorlarini-qabul-qilish, ma\'lumotnoma Тохирова, 10460, Жамиятдаги роли режа Фалсафа атамасининг келиб чи иши, xorazmda-xix-asr-oxiri-va-xx-asr-boshlarida-shakllangan-hovlili-kompozitsion-tuzilishga-ega-turar-joylar, Kontrasepsiya, davolanish uchun, [-]-fayllar.org, 1. Huquqni sharhlash hujjatlari turli yuridik kuchga va amaliy a, 1. Fayllar va ularning turlari Kataloglar va ularning turlari-fayllar.org, 18 Mavzu Neft va gaz konlarini ishlatishni loyihalashtirish bos, 1 1 2 Python dasturlash tilida berilganlar turlari va o‘zgaruvchilar

    TASODIFIY HODISA. HODISA EHTIMOLI VA UNING TA’RIFLARI
    Reja:
    1. Tasodifiy hodisalar va ularning turlari.
    2.Tasodifiy hodisalar ustida amallar
    3. Ehtimolning klassik va statistik ta’riflari.
    4. Ehtimolning geometrik ta’rifi.


    1. Tasodifiy hodisalar va ularning turlari.


    1-ta’rif. Hodisa deb, ma’lum bir shartlar bajarilishi natijasida ro‘y bergan voqeaga aytiladi.
    2-ta’rif. Hodisa bilan bog‘liq bo‘lib, uning paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lgan barcha kompleks shartlarga sinash yoki tajriba deyiladi.
    Masalan: 1) bir turdagi asboblarning sifatini tekshirish sinash hisoblanadi. Tekshirish natijasida kuzatilgan yaroqsiz yoki yaroqli asboblar hodisani tashkil qiladi; 2) lotoreyada yutuq chiqishini tekshirish-sinash, yutuq chiqishi yoki chiqmasligi esa, hodisa bo‘ladi; 3) tangani tashlash-sinash, yozuvli tomon yoki gerb tomoni tushishi hodisadir.
    Hodisani sinash natijasi deb qaraymiz.
    1-misol. Mergan to‘rtta sohaga ajratilgan nishonga qarata o‘q uzadi. O‘q uzilishi-bu sinash. Nishonning tayin sohasiga o‘q tegishi hodisa.
    2-misol. Yashikda rangli sharlar bor. Yashikdan tavakkaliga bitta shar olinadi. Yashikdan shar olinishi sinash hisoblanadi. Rangli shar chiqishi esa, hodisa.
    Hodisalar 3 turga bo‘linadi: 1) muqarrar (ishonchli) hodisalar; 2) mumkin bo’lmagan (ishonchsiz) hodisalar; 3) tasodifiy hodisalar.
    3-ta’rif. Har bir sinashda albatta ro‘y beradigan hodisalar muqarrar hodisalar deyiladi.
    Masalan: 1) bahor faslidan keyin yoz fasli kelishi; 2) yuqoriga otilgan tosh yerga qaytib tushishi; 3) normal sharoitda temperaturasi 500 bo’lgan suvning muz holatda bo’lishidan iborat hodisalar muqarrar hodisalardir.
    4-ta’rif. Sinash natijasida albatta ro’y bermaydigan hodisalar mumkin bo’lmagan hodisalar deyiladi.
    Masalan: 1) o’yin soqqasi tashlanganda 10 dan ortiq ochko tushishi; 2) quyosh galaktikasida harakatlanayotgan jism tezligining ga teng bo’lishi; 3) tenglamaning haqiqiy yechimga ega bo’lishidan iborat hodisalar mumkin bo’lmagan hodisalardir.
    5-ta’rif. Sinash natijasida albatta ro’y beradigan hodisalar tasodifiy hodisalar deyiladi.
    Masalan: 1) tanga tashlaganda gerbli tomoni tushishi; 2) o’yin soqqasi tashlanganda juft ochko tushishi; 3) yangi tu’g’ilgan chaqaloqning o’g’il bola bo’lishidan iborat hodisalar tasodifiy hodisalardir.
    Odatda muqarrar hodisalar harfi bilan, mumkin bo‘lmagan hodisalar esa bilan belgilanadi.
    Tajribaning har qanday natijasi elementar hodisa deb ataladi va ω bilan belgilanadi. Elementar hodisalar to‘plami Ω bilan belgilanadi.
    1-misol. Tangani bir marta tashlashdan iborat tajriba natijasi ikkita elementar hodisadan: -tanganing gerbli tomoni tushishi hodisasi ( ) va -tanganing raqamli tomoni tushishi hodisasidan ( ) iborat bo‘ladi. Bu holda elementar hodisalar to‘plami bo‘ladi.
    Shuningdek tangani ikki marta tashlashdan iborat tajribani qaraganimizda natija quyidagicha bo‘ladi: -elementar hodisalar bo‘lib ularning to‘plami bo‘ladi.
    Elementar hodisalarga ajratish mumkin bo‘lgan hodisalar murakkab hodisalar deb ataladi.
    Ehtimollar nazariyasi yetarlicha, ko‘p sondagi bir jinsli tasodifiy hodisalar bo‘ysunadigan qonuniyatlarni aniqlash bilan shug‘ullanadi.
    Demak, ehtimollar nazariyasining predmeti ommaviy bir jinsli tasodifiy hodisalarning ehtimoliy qonuniyatlarini o‘rganishdir.



    Download 333.17 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 333.17 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tasodifiy hodisa. Hodisa ehtimoli va uning ta’riflari reja: Tasodifiy hodisalar va ularning turlari. Tasodifiy hodisalar ustida amallar

    Download 333.17 Kb.