• 3-rasm. Ishbilarmon o‘yinning texnologik sxemasi
  • 6. “Bo‘lishi mumkin yemas”
  • Ta’lim jarayonidagi o‘quvchining faolligi, didaktikaning asosiy tamoyillaridagi biri bo‘lib kelgan va




    Download 98.6 Kb.
    bet3/5
    Sana20.09.2022
    Hajmi98.6 Kb.
    #26146
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    2-mavzu seminar (2)
    4-m seminar, Komolov.E, Oybek maqola mustaqil ish, GSM-Protocol-Analysis-Brochure, O\'rinboyev S Test, 09lzeWN92c9YzvWzfO3BDwsh6de4B010FRukuB0V (1), iq uz (1)
    II. O‘TKAZISH BOSQICHI

    2.1.


    Topshiriq ustida guruh bilan ishlash

    Manbalar bilan ishlash


    Trening

    Miyalar hujumi

    O‘yin texniki bilash ishlash


    2. 2. Guruhlararo munozara


    Guruhlarning chiqishi


    Natijalarni himoya qilish


    Munozara qoidasi


    Taqrizchilar (ekspert) ishi





    III. TAHLIL BOSQICHI

    3.1.

    O‘yindan chiqarish

    3.2.

    Tahlil

    3.3.

    Ishni baholash va o‘ziga baho berish

    3.4.

    Xulosa va umumlashtirish

    3.5.

    Tavsiyalar






    3-rasm. Ishbilarmon o‘yinning texnologik sxemasi

    O‘yinni tayyorlash bosqichi. Bu bosqich o‘z navbatida ikki qismdan iborat: o‘yinni ishlab chiqish, o‘yinga kirishish. O‘yinni ishlab chiqish - o‘yin ssenariysini ishlab chiqish, yo‘riqnomalar tuzish va moddiy ta’minotni ta’minlashni o‘z ichiga oladi.

    Ishbilarmonlik o‘yini, ssenariyasi quyidagilardan iborat: o‘quv maqsadi; o‘yin vazifasi, o‘rganiladigan muammo tafsiloti; vaziyatning tafsiloti va ishtirok etuvchilarning tasnifi. O‘yinga kirishish quyidagilarni anglatadi:


    • guruhni shakllantirish;


    • mashg‘ulotlarning bosh maqsadini ifodalash;


    • muammo va vaziyatni vujudga keltirish;


    • rollarni taqsimlash,


    • o‘yin reglamentini o‘rnatish;


    • materiallar, yo‘riqnomalar, qoidalar va ko‘rsatmalar to‘plamini tarqatish;


    • maslahatlar berish.


    Rollar qur’a tashlash yo‘li bilan taqsimlanadi. Reglamentga, muloqot etikasiga, faollikni namoyish etishga va o‘yinni oxirigacha ishtirok etilishiga alohida e’tibor qaratiladi.

    O‘yinni utkazish bosqichi. Bu bosqich - guruh bilan vaziyatni barpo etish ishlari va guruhlararo munozaradan iborat. Ishtirokchilarning roliy holatlari, ishbilarmonlar o‘yinini shakliga bog‘liq va quyidagicha bo‘lishi mumkin.

    1. guruhdagi ish mazmuniga ko‘ra – g‘oyalarni yaratuvchi va uzatuvchi ishlab chiquvchi, taqlidchi, tashxischi, zukko, xulosa qiluvchi.


    2. ishtirokchilarning tashkiliy vaziyatlariga ko‘ra – tashkilotchi, muvofiqlashtiruvchi, yig‘uvchi, nazoratchi, murabbiy, boshqaruvchi.


    3. yangilikka nisbatan munosabatiga ko‘ra – tashabbuskor, ehtiyotkor tanqidchi, yangilikka qarshilik ko‘rsatuvchi (konservator).


    4. uslubshunoslik holatiga ko‘ra – uslubshunos tanqidchi, uslubchi, muammochi, dasturchi.


    ijtimoiy-psixologik holatiga ko‘ra – yetakchi, hurmat qilinuv­chi, qabul qilinuvchi, mustaqil, qabul qilinadigan, rad etiluvchi.

    O‘yin jarayonida hech kim o‘yinga ta’sir qilish huquqiga ega bo‘lmaydi. Faqat boshlovchigina, zaruriyat tug‘ilganida, o‘yin ishtirokchilari harakatlariga tuzatishlar kiritishi mumkin.

    Boshlang‘ich ta‘limda motivlar hosil qilishda didaktik o‘yinlarning o‘rni beqiyosdir.

    O‘yinsiz tom ma‘nodagi aqliy rivojlanish bo‘lishi mumkin emas. O‘yin o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni uyg‘otadigan uchqundir.

    O‘yin boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda ma‘lum sifatlarni shakllantirish uchun kattalar – o‘qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar tomonidan qo‘llaniladigan usul. O‘yin vositasida o‘quvchilarning bilim o‘zlashtirish jarayoni qulaylashadi, turli xil predmetlar bilan munosabatda bo‘lishga o‘rganadi, shuningdek, ularda muomala madaniyati shakllanadi.

    O‘yin vositasida bolaning shaxsi shakllanadi, unda kelgusida o‘quv va mehnat faoliyatini tashkil etish va insonlar bilan munosabatga kirishishga oid ruhiy xususiyatlar shakllanadi .

    O‘yin orqali bolalar borliqni o‘rganadi va dunyoni o‘zgartirishga harakat qiladi. Shunday qilib o‘yin inson faoliyatining shakllanishiga asos soladi. O‘yinda inson borliqni aks ettirish qobiliyatini namoyon qiladi. O‘yinnning eng muhim ahamiyati shundaki, unda ilk bor bolaning dunyoga ta‘sir etish ehtiyoji paydo bo‘ladi va shakllanadi.

    Maktab yillarda o‘yin shakllari yanada kengroq rivojlanadi. O‘quvchining o‘yin faoliyati juda ko‘p soha olimlarining, ya‘ni, faylasuflar, sotsiologlar, biologlar, san‘atshunoslar, etnograflar, ayniqsa, pedagoglar va psixologlarni qiziqtiradi.

    Psixologiyada bola psixikasining rivojlanishida o‘yining hal qiluvchi ahamiyatga ega deb qaraladi. Faqat o‘yindagina bolada shaxsning hamma tomonlari birlikda va o‘zaro ta‘sirda shakllanadi.O‘yingina bola psixikasida rivojlanishning yuqoriroq stadiyasiga o‘tish uchun muhim zamin yaratadi.

    Didaktik o‘yin o‘rganilayotgan voqea va hodisalarning immitatsion modeli yaratilishi sohasidagi aktiv faoliyatdir. O‘yinning boshqa faoliyat turlaridan muhim farqi shundaki, uning predmeti inson faoliyatidir. Didaktik o‘yinda faoliyatning asosiy turi hamkorlikdagi o‘quv faoliyatidir.

    Didaktik o‘yinda o‘quvchilarning o‘zlashtirishini hisobga olgan ta‘limiy vazifalarning bo‘lishi muhimdir. Rahbarlik qiluvchi kattalar didaktik o‘yinlarning u yoki bu shaklini yaratar ekan uning bolalar uchun qiziqarli va ular diqqatini to‘playdigan turlariga e‘tibor qaratishlari lozim.

    Didaktik o‘yinlarning boshqa faoliyat turlaridan farqlanadigan muhim belgilari uning tarkibi qat‘iyligidir. Didaktik o‘yinlarning tarkibiy komponetlari quyidagilar: o‘yin mantiqi, o‘yinning harakati, o‘yin qoidasi.

    O‘yin mantiqi asosan uning sarlavhasida aks etadi. O‘yin harakati jarayonida o‘quvchilarning bilish faolligini oshirishga, o‘quvchilarning o‘z qobiliyatini namoyon qilishiga, o‘yin maqsadiga erishish uchun o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini qo‘llashga imkoniyat yaratiladi.

    O‘yin qoidasi o‘yin jarayonini to‘g‘ri tashkil etishga yordam beradi. U o‘quvchilar xulqini ularning o‘zaro munosabatlarini tartibga soladi. Didaktik o‘yinlarda ma‘lum bir natijaga erishiladi, uning finali uning tugaganligini bildiradi. O‘yinda ma‘luum bir didaktik maqsad qo‘yilaaadi va bu maqsadga erishilishi o‘quvchilarda ma‘naviy va aqliy qoniqish hissini shakllantiradi. Didaktik o‘yinlar hamma vaqt ham o‘qituvchi uchun o‘quvchilarning bilim o‘zlashtirishi yoki o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga qo‘llash ko‘rsatgichi hisoblanadi.

    Didaktik o‘yinlarning hamma tarkibiy komponetlari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ulardan birortasining bo‘lmasligi mumkin emas.

    Xalq pedagogikasida shakllanib kelgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalashda didaktik o‘yinlardan keng foydalanish an‘analari o‘qituvchilarning amaliy tajribalari va olimlarning ishlarida rivojlantirildi.

    Chex pedagogi Ya.A. Komenskiy o‘yinni bola faoliyatining asosiy shakli ekanligini ta‘kidlab, aynan o‘yin bolaning tabiati va qiziqishlariga mos kelishini aytgan edi. Olim o‘yin bolaning aqliy qobiliyatlarini har tomonlama o‘stirishi, uning atrof-tevarak haqidagi tasavvurlarini kengaytirishi, nutqini o‘stirishini ta‘kidlaydi. Shuningdek, tengdoshlari bilan birgalikdagi o‘yin uni tengdoshlariga yaqinlashtiradi.

    Bolalar tarbiyasida didaktik o‘yinlardan ikki yo‘nalshda foydalaniladi: Barkamol insonni shakllantirish va tor didiktik maqsadlarda. O‘yin o‘quvchi faoliyatining asosiy shaklidir. O‘yin – muhim aqliy faoliyat turlaridan biri bo‘lib, unda o‘quvchi qobiliyatining hamma turlari rivojlanadi, uning atrof-olam haqidagi tasavvurlari kengayadi, nutqi boyligi oshadi. Didaktik o‘yinlar o‘quvchining turli-tuman qobiliyatlari, idroki, nutqi va diqqatining rivojlanishiga samarali ta‘sir ko‘rsatadi.

    Hozirgi davrda pedagoglar tomonidan tayyor mazmun va qoidalarga ega bo‘lgan o‘yinlar yaratilmoqda. Bola shaxsida ma‘lum sifatlarni shakllantirishga xizmat qiladigan o‘yinlarda aniq qoidalar berilgan bo‘ladi. Tayyor qoida va mazmunga ega bo‘lgan o‘yinlarga quyidagi xususiyatlar xos bo‘ladi: o‘yin g‘oyasi va vazifasi o‘yin ta‘sirida amalga oshiriladi. O‘yin g‘oyasi (yoki vazifasi) va o‘yin ta‘siri o‘yin mazmuunini tashkil etadi; o‘yin ta‘siri va o‘ynayotganlar munosabatlari o‘yin qoidasi asosida boshqariladi. Qoidalar va tayyor o‘yin mazmuni o‘quvchilaarni o‘yinni mustaqil tashkil etishlariga yordam beradi.

    Didaktik o‘yinlarni uch turga ajratish mumkin: og‘zaki, so‘zlar yordamida o‘ynaladigan o‘yinlar, o‘yin mashg‘ulotlari, mashq(harakatli) o‘yinlari.

    Didaktik o‘yinlar uchun o‘yin g‘oyasi va o‘yin vazifalari muhim ahamiyatga ega. Didaktik o‘yinning eng muhim elementi uning qoidasi hisoblanadi. Qoidani bajarish jarayonida o‘yin mazmuni amalga oshadi. Qoidaning mavjudligi o‘yin ta‘sirini amalga oshirish va o‘yin vazifasini qo‘llashga yordam beradi. Qoidani bajarish jarayonida o‘yin mazmunini amalga oshirish dunyoqarashi shakllanib boradi.

    Didaktik o‘yinda o‘quvchi qoidalarga rioya qilishga o‘rganadi. Chunki qoidalarga rioya qilish o‘yin muvaffaqiyatini ta‘minlaydi. O‘yinda qatnashish jarayonida ijobiy xulqiy sifatlar, tashkilotchilik qobiliyati shakllanadi.

    Foydalanilgan material turlariga qarab ham didaktik o‘yinlarni uch turga ajratish mumkin: predmetli o‘yinlar, stol ustida o‘ynaladigan o‘yinlar, so‘zlar vositasida o‘ynaladigan og‘zaki o‘yinlar.

    Predmetli o‘yinlar – xalq didaktik o‘yinchoqlari, turli tabiiy mozaika materiallari yordamida o‘ynaladigan o‘yinlar. Bular yordamida o‘qituvchi o‘yin turlarini belgilaydi. Masalan, tabiiy materiallar bo‘laklaridan butun manzarani hosil qilish, stol ustida o‘ynaladigan o‘yinlar atrof-muhit haqidagi tasavvurlarning kengayishiga, o‘quvchilarni bilimga qiziqtirishga, tafakkur jarayonlarini(analiz, sintez, umumlashtirish, tasniflash va b.) rivojlantirishga xizmat qiladi. Stol ustida o‘ynaladigan o‘yinlarning bir necha turlari mavjud: o‘xshash suratlar, loto, domino, kesma suratlar, taxlama kubiklar.

    So‘zlar vositasida o‘ynaladigan og‘zaki o‘yinlar. Bu o‘yinlar guruhiga juda katta xalq o‘yinlari, ya‘ni “Zanjir”, “Noto‘g‘ri jumla”, “Bo‘lishi mumkin emas” va b. Bunday o‘yinlar diqqatni, xotirani rivojlantiradi, o‘quvchilarni fikrlarini to‘plashga, tez fikrlashga, bog‘lanishli nutqqa, mantiqiy fikrlashga o‘rgatadi.

    Didaktik o‘yinda bola yaxshi xulqiy sifatlarga ega bo‘ladi Didaktik o‘yinlar bir necha bosqichlarga bo‘linadi. Har bir bosqichda bolaning ma‘lum bmr imkoniyatlari namoyon bo‘ladi. Tarbiyachining bu bosqichlar xarakterini bilishi didaktik o‘yinlarning samaradorligini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Birinchi stadiyala bolada o‘ynash ishtiyoqi paydo bo‘ladi va o‘yinda faollik ko‘rsata boshlaydi. Ana shu bosqichda bolani o‘yinga qiziqtirish maqsadida topishmoqlar, she‘r aytishlar, aytishuvlar yoki suhbatlar tashkil qilish mumkin. Ikkinchi bosqichda bola o‘yin topshiriqlarini bajarish, qoidaga rioya qilishga o‘rganadi va o‘yinga qatnashishga kirishadi. Bu bosqichda bolalarda to‘g‘ri so‘zlik, maqsadga erishishga astoydil kirishish, irodaviylik, o‘yinda yutqizish alamini ham yengabilish, o‘z muvaffaqiyatidangina emas o‘rtoqlari muvaffaqiyatidan ham quvonabilish kabi ijobiy sifatlar shakllanadi. O‘yinning uchinchi bosqichida bola o‘yin qoidalarini yaxshi biladi? U endi o‘yinga ijodiy yondoshadi, o‘zi yangiliklar kiritadi, mustaqil ijodiy izlanadi. O‘yinda qatnashish jarayonida u tez javob topish, yashirish, izlash, yugurish, tasvirlash va boshqa shu kabi vazifalarni bajaradi. O‘yinning har bir etapi ma‘lum bir pedagogik vazifalarni o‘z ichiga oladi. O‘yinning birinchi bosqichida pedagog bolalarni o‘yinga qiziqtiradi, ularda xush kayfiyat, yangi o‘yinlarni kutishga ishtiyoq uyog‘otadi. ikkinchi etapida esa u o‘yinni kuzatuvchi emas, balki qatnashchisi sifatida faoliyat ko‘rsatadi, o‘yin davomida bolalarga tez yordamga keladi, bolalarning faoliyatiga to‘g‘ri ba ho beradi. O‘yinning uchyainchi etapida o‘qituvchi bolalarni o‘yin davomidagi ojodkorligi va faolligiga baho beradi.

    Didaktik o‘yinlar o‘quvchilarda mustaqil fikrlashni tarbiyalashning eng to‘g‘ri va samarali metodidir. U ma‘lum bir materiallar yoki shart-sharoitlarni talab etmaydi, balki o‘qituvchidan o‘yinni tashkil etish sohasidagi bilim va malakalarni talab etadi. O‘yinning ma‘lum bir tizim va metodika asosida tashkil etilishigina o‘quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.

    O‘yin mashg‘ulotlari ta‘lim jarayonida o‘quvchilarning egallangan bilim, ko‘nikma va malakalariga tayanadi va shundagina o‘quvchilar o‘yinning samarali yechimlarini topabiladilar, o‘zlari va atrofdagilarga talabchanlik namoyon qiladilar.

    O‘yindan ta‘lim shakli sifatida foydalanish o‘qituvchidan o‘ziga ishonch va o‘yinni qo‘llashda mohirlik talab etiladi.

    Didaktik o‘yinlar bir qancha vazifalarni bajaradi:

    · ta‘limiy, tarbiyaviy (o‘quvchi shaxsiga ta‘sir ko‘rsatadi, tafakkurini rivojlantiradi, dunyoqarashini kengaytiradi);

    · qo‘llanuvchanlik orientatsionnuyu (aniq vaziyatda har qanday o‘quv topshiriqlarini bajarish uchun bilimlarni qo‘llay bilish.);

    · motivni qo‘zg‘ash, qiziquvchanlikni oshirish (o‘quvchilarni bilish faoliyatiga qiziqtiradi, rag‘batlantiradi , bilish qiziquvining rivojlanishiga yordam beradi).

    O‘qituvchilar tajribasida qo‘llaydigan ba‘zi didaktik o‘yinlardan misollar keltiramiz:

    a) O‘yin - mashq. Bu o‘yin guruhda ham yoki jamoada birgalikda qo‘ddanishi mumkin. Lekin bu o‘yin individuallashtirilgan. Ya‘ni har bir o‘quvchining o‘z bilimi va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkon beradi. Bu o‘yindan darsni mustahkamlash yoki o‘quvchilar bilimini nazorat qilish maqsadida ham foydalanish mumkin. Masalan “Adashgan harfni toping”. Bir necha o‘rganilgan harflar qo‘yilib orasida bitta o‘rganilmagan harf ham aralashtirib qo‘yiladi. O‘quvchilar o‘rganilgan harflarni ongida tiklab o‘rganilmagan harfni topib o‘qituvchiga ko‘rsatadilar.

    b) Ijodiy izlanish o‘yini. Bunda o‘qituvchi hikoyadagi noto‘g‘ri gapni topish yoki hikoya mazmuniga mos bo‘lmagan gapni topishni aytadi. O‘quvchilar izlanadilar va bunday gapni topib, nega ortiqchaligini isbotlaydilar. Bunday o‘yinlar ko‘p vaqtni olmadi, maxsus jihozlarni talab etmadi, lekin yaxshi natija beradi.

    v) O‘yin - musobaqa. Bunda urli qatorlararo musobaqalar tashkil etilishi mumkin. Shuningdek, viktorinalar, turli konkurslar, olimpiadalar kiradi. Bunday o‘yinlarni darsda va sinfdan tashqarida ham o‘tkazish mumkin.

    g) Mazmunli – rolli o‘yinlar. Bu o‘yin o‘quvchilar darsda o‘qituvchi beogilagan maqsadga muvofiq hikoyalar yoki ertaklardagi qahramonlar rolini o‘ynaydilar yoki davra stoli tashkil etib turli rollarni bajaradilar. Masalan, muxbir, tarixchi, qishloq xo‘jaligi xodimi va b. Bunday o‘yinlar bolalarda bilimga qiziqish uyg‘otadi, ularni ijodiy izlanishga undaydi, shuningdek kasblar bilan tanishuvlarisha yordam beradi.

    d) Bilishga doir o‘yinlar - sayohat. O‘quvchilar O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar haqidagi bilimlarga ega bo‘lganlaridan keyin bilimlar yurtiga “sayohat” o‘tkazish mumkin. Sayohat davomida o‘quvchilarga yangi bilimlar ham beriladi, ularning bilimlari tekshirib ham ko‘rilishi mumkin. Bu mustahkamlash – umumlashtirish darslarida tashkil qilinsa yanada samarali bo‘ladi,, o‘quvchilarning ma‘lum bir bo‘limni qanday o‘zlashtirganlari haqida o‘qituvchi tasavvurga ega bo‘ladi.

    Didaktik o‘yinlar vositasida o‘quvchilarda bilimga qiziqishni uyg‘otish uning qiziqishlariga tayanib tashkil etilsa samarali bo‘ladi. Bunday hollarda bolada doim yangiliklarni bilishga ishtiyoq uyg‘onadi, bilimga qiziqish uyg‘onadi. Bilimga qiziqishni muntazam rivojlantirish va mustahkamlash kichik maktab o‘quvchilarning o‘qishga ijlbiy munosabatlarini tarbiyalaydi o‘zlashtirish darajasini oshiradi. Bilitshga qiziqish kichik maktab o‘quvchisini izlanishga o‘rgatadi udoim har xil savollarga javobni qidirishga o‘rganadi. O‘quvchining izlanuvchanlik faoliyati unda emotsional ko‘tarinkilik muvaffaqiyatdan quvonish hissini tariyalaydi. Bilishga qiziqish faqat jarayon natidasiga ijobiy ta‘sir qilb qolmy balki tafakkur, idrok, xotira, diqqat kabi psixik jarayonlarning faol rivojlanishiga ham ta‘sir ko‘rsatadi.

    Bilishga qiziqish – bu o‘quvchilarning o‘qishga qiziqishini oshiruvchi motivlardan biridir. Uning ta‘siri juda kuchli bo‘ladi. Bilishga qiziqishni uyg‘otish hatto bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni ham samarali ishlashiga yordam beradi.

    To‘g‘ri tashkil etilgan pedagogik jarayonda o‘quvchilar foliyati, tarbiyaviy faoliyat tizimli va muntazam tashkil etilsa bilishga qiziqish o‘yuvchi shaxsining asosiy sifatlaridan biriga aylanadi va uning rivojlanishiga kuchli ta‘sir ko‘rsatadi.

    Bilimga qiziqish ta‘lim jarayonining kuchli vositasiga aylanadi. Abu Rayhon Beruniy o‘quvchilarni ta‘lim jarayoniga qiziqtirish muhim vazifa ekanligini uqtirib, “Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida «Maqsad gapni cho‘zish emas, balki o‘quvchini zeriktirmaslik, chunki doimo bir xil narsaga qaray berish malollik va sabrsizlikka olib keladi. O‘quvchi fandan-fanga o‘tib tursa, turli bog‘larda yurganga o‘hshaydi. Birini ko‘rib ulgurmasdan boshqasi boshlanadi va u kishi har bir narsada o‘ziga yarasha lazzat bor deyilganidek ularni ko‘rishga qiziqadi va ko‘zdan kechirishni istaydi. Bir xil narsa charchatadi, xotiraga malol keltiradi”, degan edi.

    O‘quvchining bilish faoliyatini faollashtirmasdan turib uni bilimga qiziqtirish mumkin emas. Shuning uchun ham ta‘lim jarayonida o‘quvchini bilimga doimiy qiziqtirish uning o‘qish motivini rivojlantirish, tarbiyalovchi ta‘limning eng muhim vositasidir. Shunday qilib bilishga qiziqish O‘quvchi shaxsidagi bor imkoniyatlarning ro‘yobga chiqishiga ham ko‘maklashadi.

    Bilishga qiziqish shaxsning boshqa sifatlari kabi faoliyat, ya‘ni o‘qish-o‘rganish jarayonida shakllanadi va rivojlanadi.

    O‘quvchilarning bilishga qiziquvi ikki asosiy yo‘l bilan tashkil etiladi. Birinchisi, o‘quv materialining o‘zi o‘quvchilarda bilimga qiziqishni paydo qiladi. Chunki o‘rganilmagan yangi narsa insonlar tomonidan qiziqish bilan o‘rganiladi. Ikkinchi tomondan o‘quvchilarning bilish faoliyatini qiziqarli tashkil etish yo‘li bilan bilimga qiziqtirish mumkin.

    O‘quvchilarda bilishga ishtiyoqni uyg‘otadigan birinchi omil - bu dunyo haqidagi yangi bilimlardir. Shuning uchun ham yangi materialni bolalar yoshiga mos ilmiy bilimlarning butun boyliklari bilan ko‘rsata olish o‘quvchilarda o‘qishga qiziqishni uyg‘otadi.

    O‘quvchilar uchun yangi bo‘lgan, hali tushunilmagan material ularda hayratlanish hissini uyg‘otadi. Hayratlanish esa o‘quv materialini bilishga qiziqish uyg‘otadigan eng muhim omil. Bror bir narsadan hayratlangan odam unga qarashga, undan yangilikni bilib olishga intiladi. Bu esa insonni dunyo haqidagi yangi bilimlarni egallab olishga yordam beradi. Yangi bilimlarni qiziqish bilan egallashda albatta oldin o‘rganilgan bilimlarga murojaat qilinadi. Shuning uchun ham o‘quvchilarni bilishga qiziqishini tarbiyalashda o‘rganilgan bilimlardan yangilarini aniqlashga o‘rgatish lozim.

    O‘quvchilarni fanning yangi yutuqlari bilan tanishtirish o‘quv dasturlari doirasini kengaytirish ularni ilmiy, ijodiy izlanishlar doirasi bilan tanishtirish o‘quvchilarning bilishga qiziqishlarini oshiradi.

    Hamma o‘quv materiallari ham o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lavermaydi. Bunday hollarda bolalarni ta‘lim jarayoniga qiziqishini oshirishning birdan bir yo‘li didaktik o‘yinlardan foydalanish va ularni tashkil etishdir. O‘quvchilarda o‘qishga ishtiyoqni oshirish uchun ularni ta‘limga qiziqtirish lozim. Buning uchun esa o‘quvchi ta‘lim jarayonidan qiziqarli tomonlarni topishi va bu jarayon o‘z ichiga o‘quvchini qiziqtiraoladigan materiallarni olishi lozim. Buning yo‘li talim jarayoniga didaktik o‘yinlarni kiritishdir.

    Quyida shunday o‘yin turlari bilan tanishasiz:


    № 1. “O‘zim tekshiraman”

    Bunday o‘yinlar o‘tkazishda o‘qituvchi kichik hajmdagi diktantlarni tanlaydi. Boshlang‘ich sinflarni har bir sinfida darsning avvalida qo‘llash mumkin. O‘qituvchi o‘quvchilarga xajmdagi diktant yozdiradi. Barcha o‘quvchilar yozib bo‘lishgach o‘qituvchi xat taxtaga diktant yozib ko‘rsatadi.

    O‘quvchilar esa o‘qituvchi yozganiga qarab o‘zlarini diktantlarini tekshiradilar. Diktant oldin xattaxtaga, usti yopib qo‘yilgan bo‘lsa, o‘qituvchi pardani ochadi. Bunday diktantlarni xatto alfibe darsida ham qo‘llash mumkin bo‘lib, o‘qituvchi avvaliga faqat harfilardan, so‘ngra (undosh harflar bilan tanishdirilgach) bo‘g‘inlardan iborat diktant yozdirsa bo‘ladi.

    1 - variant: O.o. I.i U. u. A. a. O‘.o‘.

    2 - variant: - Lo. – no. – to. – mi. – in.

    3 - variant: Bola. lola. ona. zar. par.

    4 - variant: Bugun havo issiq.


    № 2 “Hikoya”

    O‘qituvchi xat taxtaga bir nechta so‘z yozib qo‘yadi. O‘quvchilar mustaqil ravishda shu so‘zlar ishtirokida hikoya tuzadilar.

    O‘quvchilar hikoya tuzar yekanlar , ularning lug‘at boyligi ortishi bilan birgalikda , gaplarni to‘g‘ri tuzish , tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va muystaqil fikrlash malakasi shakllanadi.

    O‘quvchilarni vaqti-vaqti bilan rag‘batlantirish o‘quvchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttiradi . bu o‘yindan ona tili darslarida yoki darsdan tashqari mashg‘o‘lotlarida, tugaraklarda foydalanish mumkin.

    1 - variant: Nafisa, soat, yomg‘ir, kitob

    2 - variant: Olma, kasal, o‘rtoq, Abduvali.

    3 - variant: Mushuk, bobo, poliz, non, sichqon.

    № 3 “ U kim? Bu nima? ”

    Stol ustiga bir qancha predmetlar terib qo‘yiladi. O‘quvchi shu predmetlardan birortasini ta‘riflaydi o‘quvchilar shu belgilar asosida gap nima haqida borayotganligini topadilar.

    Bu o‘yinning afzallik tomoni shundek. Uni dars davomida o‘quvchilar diqqatini jamlash, qo‘llariga dam berish maqsadida yoki yangi tovushlar bilan tanishtirish, ona tili darslarida yangi mavzuni bayon qilish jarayonida ham foydalanish mumkin.

    Bu o‘yin o‘quvchilarda ziyraklik , sinchikovlik sifatlarini va mustaqil fikrlash malakalarini shakllantirishga imkon beradi.Bundan tashqari , bu o‘yindan dam olish daqiqalarida ham unumli foydalanish mumkin

    1-variant: U shar shaklida. Uni katta-katta sportchilarimiz ham stadionlarda o‘ynaydilar. Yosh bolalar ham uni sevib o‘ynaydilar.

    (Javob: “Koptok”)

    2-variant: U barcha o‘quvchilar o‘rtog‘idir. Onalarimiz ham otalarimiz ham Uni juda yaxshi ko‘radilar.

    (Javob:”Kitob”)

    3-variant: U shunday narsaki bizga vitaminlarga boy mevalar beradi .Xohlasak stol yoki stul ham bo‘lishi mumkin.

    (Javob: “Daraxt”)

    № 4 “Topag‘on”

    O‘qituvchi biror belgi asosida savol beradi. O‘quvchilar shu belgini o‘ziga jam qilgan predmetlarnomlarini yozadilar.eng ko‘p to‘g‘ri javob topgan o‘quvchilar g‘olib sanaladi.

    Bu o‘yinni o‘tkazish o‘quvchilarga so‘z turkumlari xaqidagi dastlabki ma‘lumotlar berish jarayonini yengilashtiriradi.Bundan tashqari ularning so‘z boyligi ortib, ularda hozirjavoblik, ziyraklik, ijodkorlik kabi sifatlar shakllanadi.

    1 - variant: Savol: Nima oq rangda?

    Javob: Qog‘oz, daftar, surp, bulut, parda, buvumning sochlari, qor.

    2 - variant: Savol: Nima yumshoq?

    Javob: Non, xamir, yostiq, ko‘rpa, paxta.

    3 - variant: Savol: Nigora nima qilayapti?

    Javob: Kitob o‘qiyapti, kir yuvayapti, qoshiq artayapti.

    № 5 “Noto‘g‘ri jumla”

    Bu o‘yin suratlar asosida o‘tkaziladi. O‘quvchini suratni tasvirlab berishi asnosida suratlarga tegishli bo‘lmagan julalalarni ham ishlatadi. O‘quvchilar ziyraklik bilan shu jumlalarni topshlari lozim.

    O‘quvchilardan bu o‘yindavomida ziyraklik, sinchkovlik, kuzatuvchanlik va diqqat talab qilinadi. Ular suratni sinchkovlik bilan kuzatish bilan bir qarorga o‘qituvchining hikoyasini ham diqqat bilan tinglab turadilar. Har bir noto‘g‘ri jumlalarni topa bilish ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini va darsga qiziqishini ortiradi. Bu o‘yindan faqat ona tili darslariga emas, darsdan tashqari mashg‘ulotlarga ham foydalanish mumkin.

    1–variant (Manba.T.G‘afforova va b.q “Ona tili” 1-sinf uchun darslik.2002 y. 65bet 140 mashq.)

    Ibratnikiga bobosi mehmon bo‘lib keldi. U bobosiga salom berdi va qo‘liga suv qo‘ydi. Nigora koptogini yo‘qotib qo‘ydi. Ibratjon bobosini dasturxonga taklif qildi.

    (Nigora suratda tasvirlanmagan.)

    2 - variant: (Manba shu darslik.61 bet 131 mashq.)

    Daraxtdagi iniga laylak tuxum qo‘yib bola ochdi.

    Ular bolalariga mexribonlik ko‘rsatdilar. Gulnora kitob o‘qib o‘tirgan edi.

    Yaqinda laylaklar polaponlarini uchirma qiladilar.

    (javob: Gulnora haqidagi jumla suratga tegishli emas.)

    3 variant : ( Manba shu darslik 67 –bet.143-mashq.)

    Nonushta vaqtida butun oila dasturxon atrofida yig‘iladi va Zafar choy keltirdi. Dildora a‘lochi qiz. Nilufar barchaga choy quyib uzatdi. Kamola bilan botir gullarga suv quyishyapti.


    № 6. “Bo‘lishi mumkin yemas”

    Bu o‘yinni o‘tkazishda o‘qituvchi matnni o‘qiydi. O‘quvchilar bo‘lishi mumkin bo‘lmagan voqealar ifodalangan jumla yoki gapni topishlari lozim.

    Hazil-mutoyiba bilan o‘tadigan bu o‘yin ham o‘quvchilardan ziyraklik, sinchkovlik va kuzatuvchanlikni talab qilishi bilan birgalikda, ulardan atrofida sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarga befarq bo‘lmaslikni ham talab qiladi. Undan tashqari ularning darsdan tashqari bo‘lgan ilmiy va badiiy adabiyotlarga va ilmiy- ommabop filmlarga qiziqishini orttiradi va hikoya tinglash ko‘nikmasini shakllantirishga yordam beradi.

    Bu o‘yin bir necha marta o‘tkazilgach, keyinchalik o‘quvchilarga shunday hikoyachalar tuzishni ham topshirish mumkin.

    “Bo‘lishi mumkin yemas” o‘yinidan foydalanib o‘qituvchi ona tili yoki o‘qish darslarining samarali bo‘lishiga erishishi mumkin. Bundan tashqari badiiy ertaliklar, musobaqalar. viktorinalar o‘tkazishda ham foydalanish mumkin.

    1-variant: Dushanba dam olish kuni bo‘lgani uchun Olim maktabga bormadi. U singlisi Vazira bilan hayvonot bog‘iga bordi. Ular hayvonot bog‘ida suvda suzib yurgan sherni. qafasda sayrayotgan baliqlarni va kattakon vahshiy bulbulni ko‘rdilar.

    2-variant: Ibratjon yozgi ta‘til kunlarida buvisinikiga dam olgani bordi. U qishloqda o‘rtoqlari bilan qor bo‘ran o‘ynadi. Buvisiga sigirlarga don berishda yordamlashdi. Buvisi sigir sog‘ayotganda sigirning uloqchasini ushlab turadi.

    3-variant: Abdulla juda bilimli bola. U bugun ham topshiriqni juda yaxshi bajardi. O‘qituvchi uni maqtadi va "nol" ball qo‘ydi.

    Abdulla yaqinda 2-sinfni tugatib, 1-sinfga o‘tdi.


    № 7. “Harflarni top”

    Bu o‘yinni og‘zaki o‘tkazish yoki rasmli testlarda tovushlarning o‘rnini topishda qo‘llaniladigan rangli to‘rtburchak qog‘ozchalar vositasida ham o‘tkazish mumkin. Bunda ikki xil rangda to‘rtburchak qog‘ozchalar olinadi. O‘qituvchi so‘zlarni o‘qiydi. O‘quvchilar esa mustaqil ravishda topish lozim bo‘lgan tovush o‘rnini bir xil rangda qolgan tovushlaro o‘rnini ikkinchi xildagi qog‘ozchalar bilan ko‘rsatadilar. Masalan: “Ona” so‘zidagi tovushining o‘rnini shunday ko‘rsatadilar.



    -







    Yoki tovushlar sxemasini chizib ko‘rsatadilar.




    -






    Bu o‘yindan o‘qituvchi o‘quvchilarning savodini chiqarishda samarali usil sifanida foydalanishi mumkin.

    O‘quvchilarning nutqini rivojlantirish maqsadida o‘yinni og‘aki o‘tkazish ham mumkin.

    1. variant: “A” tovushining o‘rnini topish.


    Ona. maktab. kino, kitob.

    “Maktab” so‘zida “a” unlisi birinchi bo‘g‘inda ikkinchi o‘rinda turibdi. Ikkinchi bo‘g‘inda ham ikkinchi o‘rinda turibdi;























    “Kino” va “Kitob” so‘zlarida “A” tovushi qatnashmagan.

    2 - variant: "T" " tovushining o‘rnini topish.

    Komil. kitob. safar. xat.


    1. variant: "K" tovushining o‘rnini topish.


    Karim. maktab. odam. tilak,


    № 8 “O‘qib ko‘r-chi”

    O‘qituvchi o‘quvchilarga yozma va bosma harflar bilan katta-katta qilib yozilgan so‘zlarni ko‘rsaltidi, O‘quvchilar o‘qiydilar.Tez va to‘g‘ri o‘qigan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi. Bunda o‘quvchilarga ikki xil-bosma va yozma yozuvni ham o‘qish texnikasi rivojlanadi, Bu o‘yinni "Alifbe" davrida ham qo‘llash mumkin. Undosh tovushlar o‘rganilmagan davrda 1-variantdagi kabi faqat unli tovushlar vositasida o‘tkazish mumkin,

    1- variant; o. o‘. i. a. u, O‘ I .A.U.

    2- variant: -la, -ol -ma - ur, -ni. osh. ov, -in. -un,

    3- variant; ona. olma. ko‘p. qor. tol, un. ilgak.

    4- variant; Bulut. nok. parta. maktab. uy. Kitob

    9. “Davom ettir”

    O‘qituvchi hikoya boshlaydi. O‘quvchilar uni davom ettiradilar. Bunda o‘quvchilarda ijodkorlik qobiliyat rijlanib, bayon yoki insho kabi ijodiy ishlar yozish ko‘nikmasi rivojlanadi va so‘z boyligi ortadi. Bundan tashqari ularda mustaqillik o‘zkuchiga ishonch hissi rivojlanadi.

    “Davom ettir” o‘yinidan ona tili, o‘qish darslarida yoki darsdan tashqari mashg‘ulotlarida foydalanishi mumkin.

    1-variant: “Umida barvaqt maktabga kelayotganda yo‘lda.....”

    2-variant; “Havo ilib, qorlar erib boshladi...”

    3-variant; “Biz. sinfimizdagi barcha O‘quvchilar, hayvonot bog‘iga bordik...”.

    10. “Safar”

    O‘quvchilarga maktabdan yoki o‘z uylaridan ma‘lum bir joygacha bo‘lgan yo‘lni tasvirlash topshiriladi. O‘quvchilar bir yoki bir necha kun kuzatadilar va yo‘lni og‘zaki tasvirlab beradilar.

    Sinlikovlik, ziyraklik, kuzatuvchanlik, atrof-muhitga diqqat-e‘tibor talab etiladigan bu o‘yin vositasida Vatanga e‘tiqod, tabiatga muhabbat hislarini tarbiyalash mumkin. Bundan tashqari o‘quvchilarning nutqi rivojlanadi, lug‘at boyligi ortadi.

    Shu bilan birgalikda o‘quvchilarning yo‘l harakati qoidalarini qay darajada bilishlarini ham aniqlash mumkin.

    “Safar” o‘yinidan mustahkamlash darslarida yoki darsdan tashaqari mashg‘ulotlarda ham foydalanishi mumkin.

    1-variant: Uydan maktabgacha bo‘lgan yo‘l.

    Men maktabga borish uchun uydan chiqib, o‘ng tarafga yo‘l olaman. Ko‘chaning oxirigacha borib, yana o‘ng qo‘l tomonga boraman. Oziq-ovqatlar do‘koniga etib, chap tomonga burilaman. Bir oz yurgach maktabimiz oldidan chiqaman.

    2-variant. Uydan sport majmuasigacha bo‘lgan yo‘l.

    Men sport majmuasidagi kurash to‘garagiga qatnayman. U yerga borish uchun uydan chiqib. chap qo‘l tarafga qarab yuraman. Ko‘chaning oxirigacha borib, o‘ng qo‘l tomonga qarab markaziy yo‘lgacha boraman. Katta yo‘ldan o‘tish uchun piyodalarga ajratilgan yo‘lak bo‘ylab borib, svetoforning qizilchirog‘i yonganda maxsus ajratilgan joydan yurib katta yo‘ldan o‘tib olaman. Yo‘ldan o‘tgach to‘g‘rida sport majmuasi ko‘rinib taradi.

    3-variant: Maktabdan buvimnikigacha bo‘lgan yo‘l.

    Buvim maktabga yaqin turadilar. Maktabimizning katta darvozasidan chiqib o‘ng qo‘l tomonga qarab yuraman. To‘g‘riga boraverib, o‘ng tomonga burilib ketgan qator ko‘chalarning uchinchisiga burilaman. Bu ko‘chaning nomi Al-Forobiy.

    Al-Forobiy ko‘chasidagi 21-xonadonda buvim yashaydilar.

    11. “Sirli so‘z”

    O‘qituvchi o‘quvchilarga sirli katakchalarda bir xil so‘z necha marta yozilganligini topishni aytadi. Eng ko‘p topgan O‘quvchi g‘olib sanaladi. “Sirli so‘z” o‘yini o‘quvchilarga boshqotirmalarni hal etishdagi dastlabki ma‘lumotlarni beradi va ularning dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi.

    “Sirli so‘z” o‘yini ona tili,o‘qish darslari samaradorligini oshirish uchun yoki turli ertaliklarning qiziqarli o‘tishi uchun juda qo‘l kelishi mumkin.

    1-variant 2-variant 3-variant

    k

    i

    y

    i

    k



    a

    z

    i

    z

    a

    i

    i

    i

    i

    i



    z

    z

    i

    z

    z

    y

    i

    y

    i

    y



    i

    i

    i

    z

    i























    i

    i

    i

    i

    i



    z

    z

    i

    z

    z

    k

    i

    y

    i

    k



    a

    z

    i

    z

    a



    N

    O

    N

    O

    O

    O

    N

    O

    N


    № 12. “Zanjir”

    O‘qituvchi boshlab bir so‘z aytadi. O‘quvchilar bu so‘z qaysi harf bilan tugagan bo‘lsa, shu harf bilan boshlanuvchi so‘zni topib aytadilar. So‘z o‘yini shu tarzda davom yetadi.

    Bu o‘yinni yuqori sinflarda maqollar, tez aytishlar yoki kichik she’rlar vositasida o‘tkazish mumkin. Bunday o‘yinlarning o‘tkazilishi o‘quvchilarning xotirasini mustahkamlaydi, hozirjavoblikka, mustaqil fikrlashga o‘rgatadi. Ona tili va o‘qish darslarida dam olish daqiqalarida yoki darsni boshlashdan oldin o‘quvchilar diqqatini to‘plab olish maqsadida foydalanish mumkin.

    1-variant: Tabiat, taom. maymun. non, nok, kitob, botir, rayhon...

    2-variant: Habiba, ayiq, qirol, limon. Nigora. Alisher, Ra‘no, olim....

    3-variant: Gul, Laziza. Amerika, Anvar. Rahima, Andijon, Namangan....


    № 13. “O‘yin-topishmoq”

    Bu o‘yindan darsning ma’lum bir qismida kichik hajmda yoki darsdan tashqari mashg‘ulotlarda katta hajmda foydalanish mumkin. U quyidagi tartibda o‘tkaziladi. O‘qituvchi biror bir so‘zni topishmoqlar yoki so‘zlar vositasida uch marta ta’riflaydi. Birinchi ta’rif murakkab, ikkinchi ta’rif yengilroq, uchinchi ta’rif esa juda yengil bo‘ladi. Birinchi ta’rifdanoq javobni to‘g‘ri topgan o‘quvchiga 3 ball, ikkinchi ta’rifda to‘g‘ri javobni topgan o‘quvchiga 2 ball, uchinchi ta’rifda to‘g‘ri javobni topgan o‘quvchiga esa 1 ball beriladi. Bu o‘yinni bir o‘quvchi bilan og‘zaki yoki ko‘pchilik o‘quvchilar bilan yozma ravishda o‘tkazish mumkin.

    Bunday o‘yinlar O‘quvchilar uchun juda qiziqarli bo‘lib. ularning mustaqil fikrlash darajasini aniqlashga yordam beradi va rivojlantiradi. "O‘yin - topishmoq" dan darsda yoki darsdan tashaqari mashg‘ulotlarda, ertaliklarda musobaqa tarzida foydalanish mumkin.

    1-variant:

    1-ta‘rif: Kichikina dono.

    Ichi to‘la ma‘no.

    2-ta‘rif: Ular birimizda bor.

    Usiz biz maktabga kelmaymiz.

    3-ta‘rif: Qat-qat qatlama.

    Aqling bo‘lsa tashlama. (Javob: "Kitob")

    2-variant:

    1 -ta‘rif: Tabiat hodisasi. Yog‘ maydi-yu. ammo tongda hamma joyni qoplab oladi.

    2-ta‘rif: Sovug‘i bor. yemas qor.

    Oppoq. hech kim demas qor.

    3-ta‘rif: Sovuq vaqtida tongda hamma joyni qoplaydi-yu,havo sal isishi bilan darrov yerib ketadi. (Javob: "Qirov")

    3-variant:

    1-ta‘rif: Aytishlaricha u shunaqa oq ko‘ngil ekanki,mabodo biror kishini chaqib xafa qilib qo‘ysa, o‘zi halok bo‘lar emish.

    2-ta‘rif: U hasharotning nomiga shirinlik nomi ham qatnashgan.

    3-ta‘rif: Guldan-gulga qo‘naru.

    sharbat yig‘ib jo‘nar u.

    Yig‘ib o‘zi yemaydi.

    Uyasiga to‘playdi.

    Hosili men-u senga.

    Kim nomin aytarmenga? (Javob: "Asalari")

    14. “Bu meniki”.

    O‘qituvchi harf yozilgan kartochkalarni o‘quvchilarga tarqatadi har bir kartochkada har xil harf yozilgan bo‘ladi. Shundan so‘ng o‘qituvchi so‘zlarni o‘qiy boshlaydi. O‘quvchilar qo‘laridagi kartochkalarda yozilgan harf bilan boshlanadigan so‘zni eshitishlari bilanoq “Bu meniki” deb javob berishlari shart. O‘qituvchi so‘zlarni tezroq o‘qiydi. shuning uchun o‘quvchilardan ziyraklik talab qilinadi.

    1-variant: Tarqatiladigan harflar: A. B. V. G. D.

    So‘zlar: Atlas, vagon. baho, gul. olma. anor. farzand, bahor...

    2-variant: Tarqatiladigan harflar. I. M. T. S.

    So‘zlar: Inobat. taom. soat. Mayinun, milon. ta‘rif. osmon, marka...

    3-variant: Tarqatiladigan liarflar: R. P. 0, L. V.

    So‘zlar: Rohat. Osiyo. Lola, vazir. rayhon. olcha. lagan, vertolyot...

    № 15. “Tez javob”

    O‘qituvchi yoki boshlovchi o‘quvchilar qator oralab yurib. O‘quvchilardan birini turg‘izadi va biror tur nomini aytadi. O‘quvchi shu turga kiruvchi so‘z topib aytishi lozim. Javob uchgacha sanaguncha aytilishi kerak. Javob berolmagan o‘quvchi o‘yindan chiqadi. O‘yin toki bitta O‘quvchi qolguncha davom ettiriladi. Bunday o‘yin davomida o‘quvchilarda hozirjavoblik mustaqil fikrlash malakasi rivojlanib, atrof-muhitni sinchkovlik bilan kuzatishga o‘rganadi, atrofdagi sodir bo‘ladigan voqea va hodisalarga qiziqishi ortadi. Bu O‘yindan dars davomida dam olish daqiqalarida foydalanish mumkin.

    1-variant: O‘qituvchi: “Hayvon”.

    O‘quvchi: “It”

    O‘qituvchi: “Kino”.

    O‘quvchi: “Abdullajon”...

    2-variait: O‘qituvchi: “O‘quv quroli”.

    O‘quvchi: “Daftar”

    O‘qituvchi: “qizlarismi”.

    O‘quvchi: “Noila”...

    3-variant: O‘qituvchi: “Sinfjihozi”.

    O‘quvchi: “Xattaxta”

    O‘qituvchi: “Ertaklar”.

    O‘quvchi: “Zumrad va Qimmat”

    № 16. Rebus”

    Rebus boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga juda sodda ko‘rinishda berilib, surat, belgilar asosida hal etiladigan boshqotirmadir.

    Rebuslarni hal etish uchun avvalambor suratda nima tasvirlanganini topish lozim bo‘ladi. shundan so‘ng shartli belgilar asosida yangi so‘z hosil qilinadi.

    SHu tariqa rebus hal etiladi va nima yozilganligi topiladi. Shartli belgilar quyidagicha bo‘lishi mumkin:

    1) Rasm yonidagi biror - bir harf o‘chirib yoniga boshqa bir harf yozib qo‘yilgan bo‘lsa. demak rasmda nima tasvirlangani topiladi va shu so‘zdagi o‘chirilgan harf o‘rniga boshqa harf qo‘yiladi.

    Masalan:

    5

    E O



    Rasmdan “besh” so‘zini o‘qiymiz. “E” harfi o‘chirilgan. uning oldida “O” harfi turibdi. Demak. Biz “besh” so‘zidagi “E” harfi o‘rniga “O” harfini qo‘yamiz va “bosh” so‘zini hosil qilamiz. 2) “ ‘ “ –bu belgi so‘zning birinchi harfini olib tashlash lozimligini bildiradi.

    Masalan:


    ‘[5] “besh” so‘zining birinchi harfini olib tashlaymiz va “esh” so‘zini hosil qilamiz.

    3) " ," – bu belgi esa so‘zning ohirgi harfini olib tashlash lozimligini bildiradi.

    [4] -’ “to‘rt” so‘zining oxirgi harfini olib tashlaymiz va “to‘r” so‘zini hosil qilamiz.

    T. G‘afforova boshchiligida ishlab chiqilgan 1- sinf o‘qish darsligida ham olingan bilimlarni mustahkamlash maqsadida bir qancha rebuslar berilgan bo‘lib. bunday qiziqarli topshiriqlar takrorlash darslarining o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lishini ta‘minlaydi.

    Bunday rebuslar T. G‘afforova , Sh.Nurullayeva va O.Haydarovalarning “Boshlang‘ich sinflar uchun ona tili va o‘qishdan didaktik materiallar”(Toshkent, 2004 y.) nomli qo‘llanmasida ham berilgan.

    Bunda o‘yinning har bir ishtirokchisi faol holatda bo‘ladi, sheriklari bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi, o‘z qarashlarini sheriklariniki bilan taqqoslaydi va shuning natijasida jamoa bilan munosabati orqali o‘zini o‘zi o‘rganadi.

    Hozirgi kunda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari oldida ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish dolzarb vazifa bo‘lib turibdi. Chunki boshlang‘ich ta’lim asosiy ta’limning poydevori hisoblanadi. Shuning uchun har bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘z darslarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilishi lozim.

    Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining savodxonligini o‘stirish, mantikiy fikrlashga, dunyoqarashini shakllantirish, bilimlarni tez qabul qilishlarini hal qilish sohasidagi qo‘nikmalarini aniqlash uchun ta’lim texnologiyasi asosida dars ishlanmalari ishlab chiqib, ular asosida darslar tashkil qildik va tajriba-sinov ishlari olib bordik. Sinovlarni Qarshi shahridagi 29 - maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga yangi pedagogik texnologiyalar asosida darslar tashkil etildi va uni an’anaviy darsdan farqi tadqiq etildi. Tadqiqotimizda 50 ta boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.

    Natija quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan:


    Download 98.6 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 98.6 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta’lim jarayonidagi o‘quvchining faolligi, didaktikaning asosiy tamoyillaridagi biri bo‘lib kelgan va

    Download 98.6 Kb.