|
Ovozli ma’lumotlar haqida ma’lumot
|
bet | 1/2 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 0,85 Mb. | | #144661 |
Bog'liq ovozli ma\'lumotni qayta ishlash
Mavzu: Ovozli maʼlumotni qayta ishlash dasturlari bilan ishlash
O‘qituvchi:Shohjahon Shakirov
OVOZLI MA’LUMOTLAR HAQIDA
MA’LUMOT
Kundalik turmushda ovozli(audio) yoki video ma’lumotlardan keng foydalanamiz. Ya’ni musiqa eshitamiz, kino, kliplar va biror bir dasturni, yangiliklarni tomosha qilamiz. Bunday axborotlar aniq bir ssenariy asosida audio va video tahrirlagichlar yordamida yaratilgandir. Shu singari chet tillarini o’qitishda, o’rgatishda yoki o’qitish jarayonini samarali olib borishda ham ko’pincha bunday ma’lumotlarga murojaat qilamiz. Chunki audio va video uyg’unlashgan holda yaratilgan materiallarni qo’llash ya’ni elektron resurslardan foydalanish til o’rganish va til o’rgatishda, umuman darsni tashkil qilish sifatini oshiradi. Interaktiv vositalar axborotni taqdim qilishning turli xil vositalarini - tekst, statik va dinamik grafiklar, video va audio yozuvlarni bir butun majmuaga birlashtirish imkoniyatini yaratadi, bu esa ta’lim oluvchini o’quv jarayonida faol ishtirokchi bo’lishiga yo’l beradi, modomiki, axborotlarni taqdim qilish ta’lim oluvchining harakatiga muvofiq javob sifatida yuz beradi. Multimediadan foydalanish axborotni o’zlashtirishning o’ziga xos hususiyatlarini maksimal darajada hisobga olishga imkon beradi, bu pedagog tomonidan ta’lim oluvchiga kompyuter vositasida o’quv axborotlarini yetkazib berishda juda ham muhimdir. Yaratilayotgan ko’pchilik elektron ta’lim resurslari axborotlarning turli- tuman tiplari bilan ishlashga yo’naltirilgan. Ular fotosur’atlar, tovushli fragmentlar va albatta, animatsiya va video bo’lishi mumkin.
Audio fayllarga ishlov berish uchun dasturlarni tanlash imkoniyati keng. Shu kabi dasturlardan biri Sound Forge - ovoz tahrirlagichidir. Bu dasturdning imkoniyatlari juda keng bo’lib yaratilgan ovozli fayillarni yuqoridagi kengaytmalarning biriga keltirish mumkin bo’ladi. Hozirgi kunga kelib bu dastur ovozlar bilan ishlovchi ularni yaratuvchi dasturlar orasida yetakchi hisoblanadi.O’zining tarkibida ovozlarni qayta ishlash uchun hamma imkoniyatlarini mujassamlashtirgan. Quyida shu dastur bilan qisqacha tanishib chiqamiz: Videofayllar. Analogli va raqamli video Hozirgi kunda video ma’lumotlarning ikki tipi mavjud: analogli va raqamli. Analogli video videosignallarni uzatishning dastlabki usuli bo’lib, analogli usuldagi birinchi video formatlardan biri kompozit videosignal hisoblanadi. Kompozit analogli video barcha videokomponentlarni (yorqinlik, rang, sinxronlik va hk) bir signalga birlashtiradi.
Bu elementlarni bir signalga birlashtirish hisobiga kompozit video sifati mukammal bo’la olmaydi. Natijada biz aniq bo’lmagan ranglar uzatilishiga, tasvirning yetarli bo’lmagan aniqligiga va boshqa sifat yo’qotish faktorlariga ega bo’lamiz. Shu sababli kompozit video turli video komponentlari mustaqil signallar sifatida namoyon bo’luvchi komponentli videoga tezda yo’l bo’shatib berdi. Gap shundaki, inson ko’zi yuqori yori tilganlikda ham aktiv va tayanch ranglar (R, G, B) ni qabul qiluvchi yorug’lik sezuvchan elementlardan tashqari deyarli to’liq qorong’ulikda ham aktiv va yoritilgan obyektnigina qayd qiluvchi elementlarga ega. Buning natijasida ranglar xususiyatidan ko’ra obyekt yorqinlgi qabul qilish uchun muhimroq hisoblanadi. Bundan tashqari uzatilayotgan axborot hajmi ham qiymatga ega: hajm qancha kichik bo’lsa, uzatuvchi tizim ham shuncha arzon va sodda bo’ladi. Analogli video haqida qisqacha ma’lumot Analogli video - Televidenieda qo’llaniladigan video tipi. Ekrandagi tasvir lyuminofor material bilan qoplangan, ma’lum to’lqin uzunligida, ya’ni aniq bir rangda nur tarqatuvchi ekran bo’ylab elektron nurlarning harakati davomida hosil qilinadi. Bu jarayon skanerlash deb ataladi va qatorlar (gorizontaliga) hamda kadrlar (vertikaliga) bo’yicha o’tkaziladi. Harakatli video hosil bo’lishi uchun sekundiga bir nechta kadrni skanerlash zarur. Televizorlarda kadrlar sekundiga bir necha o’nlab chastotada almashadi.
Text Here
Text Here
Text Here
Ovozli ma'lumotni qayta ishlash uchun bir nechta dasturlar mavjud. Bu dasturlar ovozni qayta ishlash, tahrir qilish, va boshqa ovozli vazifalarni bajarish uchun mo'ljallangan. Quyidagi dasturlar sizning maqsadlaringizga mos ravishda ishlayadiganlardir:
- Audacity: Audacity ovozni qayta ishlash va tahrir qilish uchun bepul va ochiq manba dasturdir. Bu dastur orqali ovozni kesish, bir-biriga joylashtirish, efektlar qo'shish, va boshqa tahriratlar amalga oshirish mumkin.
Audacity sayti
- Adobe Audition: Agar professional darajada ovoz tahrir qilishni xohlaysiz, Adobe Audition bu maqsad uchun yaxshi dastur bo'lishi mumkin. Bu dastur ovozning tozalashini, equalizer va efektlarni qo'shishni ta'minlaydi.
|
| |