Tashkiliy texnika vositalari bilan ishlash
Kompyuter – inglizcha so‘z bo‘lib, u hisoblovchi demakdir. U
hozirda faqat hisoblovchi bo‘lmasdan, matnlar, tovush, video va
boshqa ma’lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Uning asosiy va-
zifasi turli ma’lumotlarni qayta ishlashdan iboratdir. Avvalo shuni
aytish lozimki, ko‘pchilikning tushunchasida go‘yoki
biz har kuni
foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor, xolos. Bunga, albatta,
sabablar ko‘p. Shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy kom pyuterlari,
ilgarigi universal deb hisoblangan kompyuterlardan tez ligi va xoti-
ra hajmi jihatidan ancha oshib ketganligida bo‘lsa,
ikkinchi to-
mondan, ko‘p masalalarni yechish uchun bu kompyuterlar foyda-
lanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Kompyuterlarning amalda
turli xillari mavjud: raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli-analogli,
maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanili-
shi, bajaradigan amallarining universalligi, hisoblash amallari-
ning aniqligi va boshqa ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgani
uchun ular
ko‘proq foydalanilmoqda. Amalda esa hozir rivojlangan mamlakat-
da komp yuterlarning besh guruhi keng qo‘llanilmoqda.
Kompyuterlar xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan
amallar tezligi, ma’lumotlarning razryad to‘rida (yacheykalarda)
tasvirlanishiga qarab besh guruhga bo‘lish mumkin:
•
super kompyuterlar (
Super Computer);
• katta kompyuterlar (
Manframe Computer);
• mini kompyuterlar (
Minicomputer);
• shaxsiy kompyuterlar (
PC – Personal Computer);
• bloknot kompyuterlar (
Notebook).
Super kompyuterlar – juda katta tezlikni talab qiladigan va
katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan bo‘la-
di. Bunday masalalar sifatida ob-havoning global prognoziga oid
masalalarni, uch o‘lchovli fazoda turli
oqimlarning kechishini
o‘rganish masalalari, global informatsion tizimlar va hokazolarni
keltirish mumkin. Bu kompyuterlar bir sekundda 10 trilliardlab
amal bajaradi. Super kompyuterlarning ma’lum yo‘nalish
masala-
larini yechishga qaratilgan turlari ham mavjud.
1996-yilning dekabr oyida Intel firmasi tomonidan San-
dia super kompyuteri dunyoda birinchi bo‘lib teraflop (1000
MFlops) tezlikka erishgan super kompyuter hisoblanadi. Super
kom pyuterning MP Linpack testi bo‘yicha 1060 MFlops tezlik-
ka erish gan
konfiguratsiyasining tarkibida, 200 MGs taktli chas-
totaga ega bo‘lgan 7000 ta Pentium Pro protsessorlari va 454
Gbayt hajmli tezkor hotira qurilmasidan iborat bo‘lib, ular joy-
lashtirilgan qutilar soni 57 ta edi. Super kompyuterlarning tezli-
gi FLOPS
1
da o‘lchanadi.
Superkompyuterlar bahsida AQSH
energetika vazirligining
Sandia laboratoriyasida o‘rnatilgan 9472 protsessorli Intel AS-
CI Red kompyuter sistemasi karvonboshilik qilmoqda. Uning
tezligi kompyuterlar tezligini o‘lchovchi Linpacr parallel testi-
da 1 TFLOPS 1 TFLOPS (1 TFLOPS – 1000 GFLOPS teng,
1GFLOPS esa 1000000 FLOPS, 1FLOPS – sekundiga 1000
amalga teng). Xususan, bu kompyuter
yadro sinovlarini va es-
kirayotgan yadro qurollarini modellashtirishda qo‘llaniladi.