• Mini kompyuterlar
  • Shaxsiy kompyuterlar
  • Notebook kompyuterlar
  • Kompyuterning ishlash prinsipi va tashkil etuvchilari.
  • Katta kompyuterlar (Meynfreym)




    Download 102,53 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/5
    Sana10.12.2023
    Hajmi102,53 Kb.
    #115003
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    2-mavzu

    Katta kompyuterlar (Meynfreym) – fan va texnikaning tur-
    li sohalariga oid masalalarni yechishga mo‘ljallangan. Ularning 
    amal bajarish tezligi va xotira hajmi superkompyuterlarnikiga qa-
    raganda bir-ikki pog‘ona past. Misol sifatida AQSHning CRAY, 
    PENTIUM 390, 4300, PENTIUM ES G 9000, Fransiyaning 
    Borrous 6000, Yaponiyaning M1800 rusumlari.
    Mini kompyuterlar – hajmi va bajaradigan amallar tezligi ji-
    hatidan katta kompyuterlardan kamida bir pog‘ona pastdir. Shuni 
    aytish joizki, ularning o‘lchamlari tobora ixchamlashib, hatto 
    shaxsiy kompyuterlardek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoq-
    1
    FLOPS (Floating-point Operations Per Second) – sekundiga 1000 amalga 
    teng.


    da. Bu kompyuterlar avvallari asosan harbiy maqsadlar uchun 
    ishlatilgan va maxfiy hisoblangan.
    Shaxsiy kompyuterlar – hozirda korxonalar, muassasalar, oliy 
    o‘quv yurtlarida keng tarqalgan bo‘lib, ularning aksariyati IBM ru-
    sumiga mos kompyuterlardir.
    IBM rusumiga mos kompyuterlar deganda, ularni turli kom-
    paniyalar ishlab chiqarishiga qaramay ham texnik, ham dasturiy 
    ta’minoti mosligi, ya’ni bir-biriga to‘g‘ri kelishi nazarda tutiladi.
    Notebook kompyuterlar – ularning hajmi ancha ixcham, am-
    mo bajaradigan amallar soni, xotira hajmi shaxsiy kompyuterlar 
    darajasiga ko‘tarilib bormoqda. Ularning qulaylik tomonlaridan 
    biri ham elektr energiyasidan va ichiga o‘rnatilgan batareyalar-
    da ham uzluksiz (batareyani har safar almashtirmasdan) ishlashi 
    mumkinligidir. Bunda batareya quvvati energiyaga ulanishi bilan 
    o‘zi zaryad ola boshlaydi va u batareya bir necha yillarga mo‘ljal-
    langan bo‘ladi.
    Hozirda noutbuk kompyuterlaridan ham ixcham cho‘ntak 
    kompyuterlari ishlab chiqilmoqda.
    Kompyuterning ishlash prinsipi va tashkil etuvchilari.
    Kom pyuterning ishlash prinsipini birinchi ingliz olimi Charlz 
    Bebich va uning mukammallashgan ko‘rinishini Djon Fon Ney-
    man taklif qilgan. Uning prinsipi dastur asosida boshqariladigan 
    avtomatik ravishda ketma-ket ishlash g‘oyasidan iborat. Hozir-
    da ko‘p rusumli kompyuterlar shu g‘oya asosida ishlaydi. Lekin 
    keyingi paytlarda ko‘p protsessorli kompyuterlar, ya’ni bir vaqt-
    da dasturning bo‘laklarini ketma-ket emas, parallel bajaradigan 
    kompyuterlar ham yaratilganligini ko‘rsatib o‘tish joizdir. Shun-
    day qilib, kompyuter avvaldan tuzilgan dastur asosida ishlaydi. 
    O‘z navbatida, dastur qo‘yilgan masalani kompyuterda yechish 
    uchun qandaydir dasturlash tilida yozilgan buyruqlar (ope-
    ratorlar) ketma-ketligidir. Dasturlash tilida tuzilgan dasturlar 
    maxsus tarjimon dasturlar yordamida kompyuterlar tiliga o‘tka-
    ziladi. Kompyuter tili 0 va 1 lardan tashkil topgan, ma’lum qoi-


    dalar asosida yoziladigan ketma-ketliklardan iborat. Fon Ney-
    man prinsipi bo‘yicha avtomatik ravishda bajariladigan dastur 
    avval kompyuterning xotirasiga yuklanadi. Xotirada turgan das-
    tur asosida dasturni tashkil etuvchi har bir operator ishni ket-
    ma-ket bajaradi.
    Boshqaruv qurilmasi deb ataluvchi maxsus qurilma hozir qan-
    day operator bajarilishi va undan keyin qaysi operator bajarili-
    shi ustidan nazorat o‘rnatadi va uning bajarilishini ta’minlaydi. 
    Amal esa protsessor deb ataluvchi qurilmada bajariladi. Das-
    tur ishlash natijasi to‘g‘ridan to‘g‘ri ekranda yoki tashqi quril-
    ma (chop qiluvchi mexanizm, grafik chizuvchi qurilma, video 
    qurilma va boshqalar)da ko‘rilishi mumkin. Odatda kompyu-
    terlar ikki qismdan: hardware (kompyuterni tashkil etuvchilari) 
    kompyuterning qattiq qismlari va Software (kompyuterning 
    dastur ta’minoti) – kompyuterning yumshoq qismlaridan tashkil 
    topgan deyiladi.

    Download 102,53 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 102,53 Kb.
    Pdf ko'rish