bildiradi. Kompyuter protsessori asosan kompyuterda bo‘ladigan
jarayonlarni amalga oshirish va boshqarish vazifalarini bajara-
di. Asosiy o‘lchov birligi chastota hisoblanadi.
Protsessor chas-
totasi uning ma’lum vaqt ichida nechta amalni bajara olishini
ifodalaydi. Asosiy qismlari: arifmetik mantiqiy qurilma va bosh-
qarish qurilmasi. Arifmetik mantiqiy qurilmada axborot arifme-
tika va mantiq jihatidan qayta ishlanadi.
Boshqarish qurilmasi
xotiradagi axborotlarni chiqarish tartibini belgilaydi, boshqaruv-
chi signallarni ishlab chiqadi, mashinadagi qurilmalarning ishi-
ni uyg‘unlashtiradi, dasturni uzish signallarini qayta ishlaydi,
xotiradagi axborotlarni muhofazalaydi va boshqalar.
Protsessorni
doimiy ravishda sovitib turish kerak bo‘ladi. Doimiy sovitish ik-
ki xil usulda amalda oshiriladi. Birinchisi radiatorlar yordamida
bo‘lib, bu
passiv usul hisoblanadi. Ikkinchisi ventilyatorlar (kuler)
yordamida bo‘lib, bu
aktiv usul sanaladi.
«Intel» oilasiga kiruvchi Core i3/i5/i7 protsessorlarining xa-
rakteristikalariga alohida to‘xtalib o‘tamiz. Protsessor tanlayot-
ganda asosan quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
takt chastotasi,
yadrolari soni, kesh xotirasi.
Protsessor 1 sekundda bajaradigan amallarning soni protses-
sorning takt chastotasi deyiladi.
Takt – bajariladigan bitta amal. Protsessorning ishlash chas-
totasi megagers (
MGHz) va gegagerslarda (
GGHz) o‘lchanadi, takt
chastotasi qancha yuqori bo‘lsa, markaziy protsessor ham shun-
cha tez ishlaydi. 1 gers – 1 sekundda
bitta amal bajarilishini
bildiradi, 1 megagers – 1 sekundda 1 millionta amal, 1 gegagers
esa – 1 sekundda 1 milliard amal bajarilishini anglatadi.
Protsesorlar bir yadroli,
ikki yadroli, to‘rt yadroli bo‘ladi.
Bir yadroli protsessorlar ishlayotganida o‘zining barcha tarkibiy
qismlari – ichki elementlari ishga kirishadi. Agar qilinishi kerak
bo‘lgan ish kichikroq bo‘lsa ham, protsessor to‘lig‘icha ishlaydi.
Ikki yadroli protsessorlarda unday emas. Ular qilinadigan ishga
qarab o‘zining bir qismini ishga kiritadi.
Qolgan qismi esa boshqa
amalni bajarishga tayyor turadi. To‘rt yadroli protsessorlar ham
shu yo‘sinda ishlaydi. Bitta protsessorning alohida ishlay oladigan
yadrolarga bo‘linishi ishlash samaradorligi va tezligini oshiradi.
Quyida protsessor ishlab chiqaruvchilarning asosiylarini kel-
tirib o‘tamiz.
Bugungi
kunda Intel, AMD va IBM kompaniyalari protses-
sorlari keng tarqalgan.
Intel quyidagi nomlar ostida protsessorlar ishlab chiqaradi:
8086, i286, i386, i486, Pentium, Pentium II, Pentium III, Pen-
tium 4, Celeron (Pentiumning soddalashtirilgan varianti), Core 2
Quad, Core i7, Xeon (serverlar uchun protsessorlar seriyasi), Ita-
nium, Atom (qo‘shimcha o‘rnatiluvchi
texnikalar uchun protses-
sor) va boshqalar.
AMD protsessorlari x86 (80386 va 80486, K6 va K7 oilasi —
Athlon, Duron, Sempron) hamda x86-64 (Athlon 64, Athlon 64
X2, Phenom, Opteron va boshqalar)dan iborat.
IBM protsessorlari (POWER6, POWER7, Xenon, PowerPC)
superkompyuterlarda, yettinchi avlod video o‘yinlari, qo‘shimcha
o‘rnatiluvchi texnikalarda qo‘llaniladi.