Kesh xotira (CACHE) – o‘ta tezkor operativ xotira (hajmi 1
dan 8 Mbgacha yetadi). Katta hajmli kesh xotira multimediya-
li ilova-dasturlar, o‘yin dasturlarini ishlatishda ahamiyatga ega.
Tezkor xotira. Hozirgi kunda asosan katta hajmdagi dasturlar,
o‘yinlar bilan kompyuterni band qilganda, kompyuterga tusha-
yotgan yuklama asosan tezkor xotira (RAM – Random Access
Memo ry, ОЗУ – оперативное запоминающее устройство) deb
ataluvchi xotira turiga tushadi. Bu xotiraning o‘lchami dastur va
o‘yinlarning ishlash tezligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu xotira tu-
ri o‘zi nima? Bu xotira turi vaqtinchalik axborotni o‘zida saqlay-
di. Dastur yuklanganda dastlab operativ xotiraga yuklanadi va u
yerdan ishga tushadi.
Tezkor xotira 2 ta asosiy xarakteristikaga ega va bu xotirani
sotib olishda shu xarakteristikalarga qaraladi. Tezkor xotira hajmi
va shu xotira ishlaydigan chastota miqdori. Agar hajm to‘lib qolsa,
birinchi yuklangan ma’lumotlar o‘chiriladi. Operativ xotira chas-
totasi ishlash tezligini aniqlab beradi. Chastota bu vaqt birligida-
gi jarayondir. Operativ xotira ko‘rinishi va plataga (материнская
плата, motherboard) ulanishi bo‘yicha bir necha turlarga bo‘li-
nadi. Masalan, hozirgi zamon tezkor xotiralar DDR2, DDR3 tur-
larga bo‘linadi. DDR3 zamonaviy, yangi chiqqan operativ xotira
turi hisoblanadi. Maksimal ishlash chastotasi 1800 MGHz gacha.
Registrlar. Registrlar deb, raqamli axborotni qabul qilish, xotira-
da saqlash, uni uzatish va axborot kodini o‘zgartiradigan quril maga
aytiladi. Registrlar trigerlardan yig‘iladi va ularning soni raqamli
kodga, razryadlar soniga teng bo‘ladi. Umumiy foyda lanuvchiga
mo‘ljallangan registrlari 32 bitlik registrlar deb ham ataladi.
Video xotira. Monitorning ishini maxsus plata boshqarib, uni
videoadapter yoki videokarta deb ataladi. Birinchi kompyuter-
larda videokarta bo‘lmagan. Tezkor xotirada ekran uchun xoti-
radan joy ajratilib, unga protsessor tasvir haqida ma’lumot kirit-
gan. Monoxrom monitorlardan rangli monitorga o‘tgandan va
ekran imkoniyatlari ortgandan so‘ng grafik ma’lumotlarga video-
xotiradan joy yetmay qoladi, protsessor esa tasvirlarni qayta ish-
lashga ulgurmadi. Ekranni boshqarishga taalluqli barcha operat-
siyalar alohida bir blokka o‘tkaziladi – bu videoadapterdir.
Videoadapter alohida plata ko‘rinishida bo‘lib, sistema plata-
ning ma’lum bir slotiga o‘rnatiladi (hozirgi zamon kompyuterlari
uchun bu AGP slotidir). Videoadapter videokontrolyor, videoprot-
sessor va videoxotira funksiyalarini bajaradi.
Kompyuterlar paydo bo‘lgandan boshlab videoadapterlar
o‘zgarib bordi:
• MDA (Monochrom Display Adapter) – monoxrom,
• CGA (Color Graphics Adapter) – 4 xil rangli,
• EGA (Enchanced Graphics Adapter) – 16 xil rangli,
• VGA (Video Graphics Array) – 256 xil rangli,
• SVGA (Super VGA) – 16,7 mln xil ranggacha.
Hozirgi kunda IBM PC kompyuterlari asosan SVGA moni-
torlari bilan, NOTEBOOKlar esa suyuqkristalli monitorlar bilan
ta’minlangan.
Nazorat savollari:
1. Sistema bloki nimalardan tashkil topgan?
2. Sistema platasi nima? Unda shaxsiy kompyuterning qanday
komponentlari joylashgan?
3. Mikroprotsessor qanday vazifani bajaradi?
4. Xotira turlari va ularning vazifalari.
5. Tezkor xotira doimiy xotiradan nimasi bilan farq qiladi?
6. Videoxotira. Kesh xotira.
7. Qattiq diskda o‘qish va yozish operatsiyasi qanday amalga
oshiriladi?
|