MAVZU:
XOTIRA SHAJARASI VA OPERATIV XOTIRA
Reja:
1. Xotira shajarasi
2. Magnitli disklar
3. Operativ va
kesh xotira
Tayanch iboralar: Xotira, registr, xotira adresi, operativ xotira, kesh xotira,
CD, DVD, CD-R, CD-RW, DVD, razryad.
1.Xotira shajarasi.
Qurilma
xotirasi deb dasturlar, kiritilayotgan ma’lumotlar, oraliq natijalar va
olinayotgan madumotlami saqlash uchun mo‘ljallangan qurilmalar majmuiga
aytiladi.
Katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash muammosini hal qilishning ananaviy
yo‘li, xotirani
ierarxik ko‘rinishda tashkil etish bilan amalga oshiriladi (1-rasm).
Protsessorning ichki registrlari ierarxiyaning eng yuqori qismida joylashgan.
Ularga
murojaat qilish tezligi, boshqa xil xotiralarga nisbatan ancha yuqoridir.
Keyingi qatorda hozirgi paytda xajmi 32 Kbaytdan bir necha megabaytgacha
bo‘lishi mumkin bo‘lgan kesh-xotira joylashgan.
Ierarxiyaning uchinchi
pog‘onasida, hajmi bir necha o‘n gigabaytlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan asosiy
xotira joylashgan. Keyingi qatorlarda magnitli disklar va lentalar,
hamda optik
disklar asosida yordamida ishlaydigan xotira qurilmalari joylashgan.
1-rasm. Xotirani besh sathli ko‘rinishda tashkil etish.
Ierarxiya bo‘ylab yuqoridan pastga qarab, uchta ko‘rsatgichni o‘zgarib
borishini ko‘rishimiz mumkin. Birinchidan - xotiraga
murojaat qilish vaqti
kattalashib boradi. Registrlarda bu vaqt - bir necha nanasekundni,
kesh-xotirada
bundan salgina ko‘proqni, asosiy xotirada esa bir necha o‘n nanosekundlarni tashkil
qiladi. Keyingi qatorlardagi farqlar yana ham kattalashadi - disklarga murojaat
qilish vaqti kamida 10 mks larga, optik disklar va magnit lentalarda
esa bundan ham
katta qiymatlarga ega bo‘ladi, hamda sekundlarda o‘lchanadi. Ikkinchidan xotira
xajmi o‘sib boradi, bu haqida yuqorida aytib o‘tildi. Uchinchidan ma’lum qiymatga
(masalan - 1 dollarga) to‘g‘ri
keladigan xotira hajmi ham, oshib boradi. Ushbu
paragrafda biz asosan magnitli va optik disklarga taalluqli ma’lumotlar
bilan
tanishib chiqamiz.