• 397-M rusumli tikuv mashinasi
  • 97-a rusumli tikuv mashinasi va uning asosida yaratilgan mashinalar




    Download 295 Kb.
    bet3/6
    Sana15.11.2023
    Hajmi295 Kb.
    #99285
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    97-A rusumli tikuv mashinasi va uning asosida yaratilgan mashinalar

    Tepki uzeli. SHarnirli tepki 20 vtulka 17 ichida harakatlanadigan sterjen 18 ga (34-rasm) vint 19 yordamida mahkamlangan. Vtulka 17 mashina old qismining teshigiga presslab kiritilgan bo`lib, uning yuqori uchiga barmog`i mashina pazining ichiga kiritilgan kronshteyn 16 erkin kiydirilgan, sterjen 18 ga vint 26 yordamida mufta 3 mahkamlangan. Uning barmogi ham mashina paziga kiritilgan bo`lib, bu tepki 20 ning uz o`qi atrofida aylanib ketishidan saklab turadi. Ustki tomondan sterjen 18 ning chuqurchasiga sharcha 12 qo`yilgan bo`lib, vint 28 kiydirilgan plastinasimon prujina 11 sharchani bosib turadi. Prujina 11 ga tepki 20 ni materiallarni bosib turishini ta`minlaydigan rostlash vinti 7 tiralgan. Barmoq 21 ga mahkamlangan richag 23 ni kronshteyn 16 ning barmogiga bosib turadigan kulachok 22 ni soat mili yo`nalishi harakati buyicha burib, tepki 20 ni kul bilan ko`tarish ham mumkin.
    Tepki uzelida tizza bilan tepkini ko`taradigan qurilma ishlatiladi. Tepki 20 ning materialga bosimini vint 7 yordamida rostlanadi.
    397-M rusumli tikuv mashinasi
    «Orsha» (Belorussiya) yengil mashinasozlik firmasi ishlab chiqaradigan bu mashina kostyumbop va paltobop matolardan tayyorlanadigan buyum detallarini tikishga mo`ljallangan bo`lib, bitta moki bahyaqator yuritib tikish bilan bir vaqtda ularning chetlarini bahyaqatorga parallel qilib qirqishga ham mo`ljalangan. Asosiy valining aylanish chastotasi 4000 ayl/min gacha, bahyasining yirikligi 0 dan 4,5 mm gacha rostlanadi. Bahyaqatordan qirqish chizigiga kadar bo`lgan oraliq 3,5 dan 6,5 mm gacha rostlanadi. Tiqiladigan gazlamalarning tepki tagida kisilgan holatdagi qalinligi ko`pi bilan 5 mm. Ignalar 0203 № 90-120.
    397 rusumli tikuv mashinasida sharnir-sterjenli ip tortgich ishlatiladi, uning quloqchasi old qism devori uyigining chap tomonidan chiqib turadi. Mashina tanasiga naychaga avtomotik ip uraydigan qurilma montaj kilingan bo`lib, u ham xuddi 1022 rusumli tikuv mashinasidagi printsipda ishlaydi. Asosiy rostlashlar 97-A mashinasi-dek bajariladi. Pichoq mexanizmining tuzi-lishidagi asosiy farq shundaki, bunda chok kengligini o`zgartirishda ostki pichoqning uzi mahkamlab qo`yilgan plastinaga nisbatan sursa bo`ladi. Ustki ipning moki qurilmasidan chiqayotgan paytida tarangligini kamaytirish uchun naycha tutgich chetlatgichi mexanizmi ishlatiladi (35-rasm).



    35-rasm. Pichoq mexanizmi.










    Download 295 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 295 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    97-a rusumli tikuv mashinasi va uning asosida yaratilgan mashinalar

    Download 295 Kb.