V 292-185082 rusumli ikki ignali tikuv mashinasi




Download 295 Kb.
bet6/6
Sana15.11.2023
Hajmi295 Kb.
#99285
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
97-A rusumli tikuv mashinasi va uning asosida yaratilgan mashinalar

V 292-185082 rusumli ikki ignali tikuv mashinasi
Bu mashina turli qalinlikdagi yengil kuylaklik va kostyumbop materiallardan tiqiladigan buyum detallarini ikki ipli ikkita parallel moki bahyaqator yuritib tikishga mo`ljallangan. Asosiy valining aylanish chastotasi 4000 ayl/min. Bahyasining yirikligi 0 dan 6 mm gacha, parallel bahyaqatorlar oraligi 3,5/5, 0/6, 5 mm (igna tutgich, tepki, igna plastinasi va reykadan iborat almashtiriladigan qo`shimcha detallari bor).
Ikkita parallel bahyaqator turli buyumlar detallarini bezashda, masalan, bortga, yokaga, belbogga, xlyastikka va boshqa detallarga bezak bahyaqator yuritishda; taxlamalarni, tasmalarni, beykalarni, koketkalarni bostirib tikishda va boshqa ishlarda keng qo`llaniladi. Ikkita parallel bahyaqatorni bir ignali choklash mashinasida ham bajarish mumkin, lekin bunda, birinchidan, bu ish bir vaqtda bajarilmaydi, ikkinchidan esa, maxsus moslamalar qo`llaganda ham buni bajarish ancha kiyin bo`ladi. Qo`sh ignali mashinalar mehnat unumdorligini (50–80 foizga) oshiradi va tikilayotgan buyum sifatini yaxshilaydi.
Mutaxassislarning ma`lumotlariga kura ikki ignali tikuv mashinasini qo`llash natijasida buyum sifati yaxshilanibgina kolmay, balki mexnat unumdorligi ham ilgari ishlab chiqarilgan kush ignali mashinalarning ko`rsatkichlariga nisbatan 3,5 foizga oshgan.
«Dyurkopp» firmasi yana bir qator qo`sh ignali mashinalarni, ya`ni bahyaqatorlar oraligi 0 dan 12 mm gacha bo`lgan, barcha turdagi kiyimlarni tikishga mo`ljallangan mashinalarni ishlab chiqarmoqda.
Bu mashinada gazlama shikastlanmasligi uchun tepki sekin tushishi ta`minlangan. Ustki va ostki iplar tarangligini o`zgartiruvchi va nazorat kiluvchi qurilmalar o`rnatilgan. Mashinada teri va qalin materiallarni ham tikish imkoni yaratilgan.
Ip taqish. Ustki ipni bobina yoki galtakdan muayyan izchillikda chap igna 8 ga (39-rasm) taqiladi. Oldin ipni naychasimon ip yo`naltirgichning teshigidan o`tkaziladi, burchaklik 1 ning uchta teshigidan birin-ketin yuqori-dan pastga, pastdan yuqoriga va yana yuqoridan pastga tomon o`tkaziladi, asosiy taranglash rostlagichi 2 ning shaybalari orasidan, qo`shimcha taranglash rostlagichi 3 ning shaybalari orasidan aylantirib, ip tortish prujinasi tagidan olib utiladi, pastdan yuqoriga plastinasimon ip yo`naltirgich tagiga, o`ngdan chapga ip tortgich 4 ning yuqori quloqchasiga va yuqoridan pastga plastinali ip yo`naltirgich 5 tagiga o`tkaziladi. So`ngra ikkinchi plastina-simon ip yo`naltirgich 6 tagidan o`tkazib, yuqoridan pastga igna tutgich 7 dagi ip yo`naltirish teshigiga va o`ngdan chapga igna ko`zi 8 dan o`tkazib taqiladi.



39-rasm. V 292-185082 rusumli tikuv mashinasi.



Ustki ipni o`ng tomondagi igna 9 ga taqish uchun ipni galtakdan naychasimon ip yo`naltirgichning ikkita teshigidan o`tkazilib, o`ngdan chapga, chapdan o`ngga va yana o`ngdan chapga birin-ketin burchaklik 1 ning uchta teshigidan o`tkaziladi, asosiy taranglash rostlagichi 10 ning shaybalari orasidan, qo`shimcha taranglash rostlagichi 11 ning shaybalari orasidan aylantirib, ip tortish prujinasi tagiga olib kelinadi, pastdan yuqoriga plastinasimon ip yo`naltirgichning tagidan o`tkazilib, o`ngdan chapga ip tortgich 4 ning ostki teshigiga, yuqoridan pastga plastinasimon ip yo`naltirgich 6 ning tagidan o`tkaziladi va yuqoridan pastga igna 9 ning ko`ziga taqiladi.



40-rasm. B 292-185082 mashinasida ostki ipni taqish.
Ip taqishdan oldin maxovik g`ildirakni soat mili harakati yo`nalishida burib, ignalar 8 va 9 ni yuqori holatga qo`yiladi va tepkini ham ko`tarib qo`yish kerak bo`ladi. Bu paytda ip tortgich 4 skobaning tagida bo`ladi. Igna 8 ni igna tutgich 7 ga oxirigacha takab qo`yiladi, bunda uning qisqa ariqchasi tikuvchidan o`ng tomonga qarab turishi kerak. Igna 8 chapaqay vint yordamida igna tutgich 7 ga mahkamlangan. O`ng tomondagi igna 9 ni igna tutgichga oxirigacha taqab qo`yiladi, uning qisqa ariqchasi ham tikuvchidan o`ng tomonga kara-tib qo`yilishi lozim. Igna 9 ni vint yordamida igna tutgich 7 ga mahkamlanadi. Ostki iplarning ikkalasi ham bir xil taqiladi, shuning uchun faqat o`ng tomondagi moki qurilmasiga ip taqilishini kurib chiqilsa bo`ladi. Buning uchun ilgak 2 ni ochib (40-rasm), bush moki 1 chiqarib olinadi. So`ngra naycha tutgichning markaziy uqiga to`la naycha 1 kiydiriladi. Ipni naychadan yuqoridan pastga naycha tutgichning uyigi 3 ga o`tkaziladi, plastinasimon prujina tagidan o`tkazib, uning kesimi 4 dan tashqariga chiqarib qo`yiladi. Ostki ip tarangligini vint 5 yordamida plastinasimon prujinaning bosimini o`zgartirib rostlanadi.
Naychaga ip uraydigan avtomatik qurilma. Bu qurilma mashinaning tanasiga o`rnatilgan. Ipni galtakdan o`ngdan chapga ip yo`naltirgichning (39-rasm) ilgagiga kiritiladi, ip yo`naltiruvchi richag 12 teshigiga taqiladi. Bir necha marta aylantirib, o`ralgan ipli naycha 13 ni shpindel 14 ga kiydiriladi. Mashina ishga tushganda naychaga ip o`rala boshlaydi. Naychaga kerakli miqdorda ip o`ralgandan keyin, naycha cheklagich 15 ni bosadi va qurilma avtomatik tuxtaydi.
Download 295 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 295 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



V 292-185082 rusumli ikki ignali tikuv mashinasi

Download 295 Kb.