|
97-a rusumli tikuv mashinasi va uning asosida yaratilgan mashinalar
|
bet | 4/6 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 295 Kb. | | #99285 |
Bog'liq 97-A rusumli tikuv mashinasi va uning asosida yaratilgan mashinalar97-B rusumli tikuv mashinasi
Bu mashina asosan sintetik tolali materiallarni tikishda ishlatiladi. 97-A rusumli mashinasidan asosiy farqi shundaki, u ignani sovitish mexanizmi qurilmasi bilan ta`minlangan. Sintetik tolali materiallarning erish temperaturasi past (160-2000 S) bo`lgani sababli ularni asosiy valning aylanish chastotasi 5000 ayl/min ga etganda tikish juda kiyinlashadi. Igna materiallar orasidan o`tganda u tolalarni erish temperaturasi yuqori darajagacha (4000 S gacha) kiziydi va tolalarni eritib yuboradi. Erigan zarrachalar igna sterjeniga, igna uchiga yopishib, ignaning harakatlanishiga xalakit beradi va uning uzilishiga olib keladi.
Xozirgi vaqtda vatanimiz va chet el tajribasida ignaning kizishini kamaytirish uchun bir necha usullar qo`llaniladi. Masalan, ignani xavo okimi, xavo-suv aralashmasi, igna uchi konfiguratsiyasini o`zgartirish va uning yuzasiga maxsus ishlov berish usullari bilan sovitiladi. Ignani havo-suv aralashmasi bilan sovitish eng samarali usul hisoblanadi.
|
37-rasm. Ignani havo-suv bilan sovitish qurilmasi.
| Ignani havo-suv bilan sovitish qurilmasi. Bu qurilma to`rtta uzeldan iborat: ignaning harakat zonasida joylashgan purkagich; igna materiallar tepasidaligida xavo yuborish uchun mashina platformasi tagida o`rnatilgan o`tkazish klapani; ish stoli ustiga joylashtirilgan mashinaning asosiy vali tuxtaganda purkagichga xavo o`tkazmaydigan klapan; manometr va xavo tozalaydigan filtrli redo`qtor. Ignani xavo-suv bilan sovitish qurilmasiga xavo pnevmotarmokdan yoki individual kompressordan yuboriladi.
Purkagich korpusi 3 (37-rasm) bilan kushib tayyorlangan halqa 7 igna yuritgich vtulkasi 6 ga presslangan.
Korpus 3 ichida konussimon soplo 4 bo`lib, uning kesimi maxsus igna yordamida o`zgartiriladi. Pedal bosilganda xavo-suv bilan ignani sovitish qurilmasi ishga tushadi.
Xavo shlang 8 orqali soploga utadi, soplo ichidagi xavo kamayadi, ta`minlagich 2 dan korpus 3 ga tushayotgan suv suriladi. Soplo 4 dan tomayotgan suv tomchilari xavo okimi bilan aralashib xavo-suv aralashmasini hosil qiladi va u igna 5 ga tushadi.
|
| |