|
-M rusumli kaytma ignali tikuv mashinasi
|
bet | 5/6 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 295 Kb. | | #99285 |
Bog'liq 97-A rusumli tikuv mashinasi va uning asosida yaratilgan mashinalar597-M rusumli kaytma ignali tikuv mashinasi
Ko`p tikuv mashinalarida tikilayotgan materiallar reyka va tepkining birgalikdagi harakati natijasida suriladi. Reyka yuqori ko`tarilayotganda ostki materialni suradi. Tepki ustki materialni ostki materialga bosib turgani uchun ikkala material o`rtasida vujudga kelgan ishkalanish ustki materialning surilishiga sabab bo`ladi. Tepkining tagi bilan ustki material o`rtasida ham ishkalanish kuchi paydo bo`lib, u ustki materialning surilishiga tuskinlik qiladi. Tepki tagining bo`qik qismi surilishga eng ko`p qarshilik ko`rsatadi. Natijada ostki material ustki materialga nisbatan ko`prok surilib, ostki materialda solkilik hosil bo`ladi. Solkining kamayishi ostki material surilishini cheklab turishga va tikuvchining tajribasiga bog`liq.
597-M rusumli tikuv mashinasida ostki material solkisi materiallarning reyka va igna bilan bir vaqtda surilishi natijasida kamayadi; igna materiallar surilayotgan bir paytda mashina platformasining ko`ndalangiga orkaga tomon qaytadi va reyka pastga tushayotganda materialdan chiqadi.
Bu mashina fakat tabiiy tolali, shuningdek, tabiiy tola bilan sintetik tola aralashgan gazlamalardan bitta moki bahyaqator yuritib buyum detallarini tikishga mo`ljallangan.
2.7. «DYURKOPP» (GERMANIYA) FIRMASINING MOKI BAHYALI TIKUV MASHINALARI
«Dyurkopp» firmasida juda ko`p turdagi moki bahyali bir va ikki ignali tikuv mashinalari ishlab chiqariladi. Bu mashinlarda qo`llanilgan qo`shimcha mexanizm va qurilmalar kiyimning yuqori sifatli tiqilishini ta`minlaydi. Xozirgi paytda «Dyurkopp» va «Adler» firmalari birlashib, jaxon andozalariga javob beradigan tikuv mashinalarini ishlab chiqarmokda. «Dyurkopp» firmasining sanoatda keng qo`llaniladigan tikuv mashinalari turlari 5-jadvalda keltirilgan.
5-jadval.
Jadvaldagi · belgisi mashinada rasmda ko`rsatilgan ishchi organlar joylashish va ishchi qulochining uzunligini anglatadi.
L – yengil material, M – o`rta og`irlikdagi material, S – og`ir material, MS – o`rta og`irlikdagi va qalin materillar, LM – yengil va o`rta og`irlikdagi materillar.
|
| |