• Moki mexanizmi
  • 97-a rusumli tikuv mashinasi va uning asosida yaratilgan mashinalar




    Download 295 Kb.
    bet2/6
    Sana15.11.2023
    Hajmi295 Kb.
    #99285
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    97-A rusumli tikuv mashinasi va uning asosida yaratilgan mashinalar

    Ip tortgich mexanizmi. 97 rusumli tikuv mashinasida kulachokli aylanadigan ip tortgich 10 (31-rasm) ishlatiladi. Uning teshigi 7 krivoship 9 barmogining tsilindrik shrupi 8 kiydirilgan bo`lib, kistirma 2 ustidan vint 4 orqali krivoship 9 barmogining kuyma burtigiga mahkamlangan. Old devor vint 4 bilan gayka 3 yordamida pichoq 5 ga mahkamlangan bo`lib, bu pichoq ip uzilganda uni ip tortgich 10 ning kulachogi 6 ga o`ralib ketmasligi uchun ipni qirqib turadi.
    Ip tortgich ishi kuzatilsa, ip tortgich 10 ning kulachogi 6 krivoship barmogi harakat traektoriyasining yuqori, chap va past qismlari buylab harakatlangan paytida igna bilan mokiga ip uzatilishini kщэrish mumkin. Krivoship barmogi harakat traektoriyasining o`ng qismi buylab kulachok harakati boshlanishi bilan mokidan ip tortilib chiqa boshlaydi; harakat oxirida esa bahya tarang tortiladi.
    Ip o`z vaqtida uzatilishi yoki bahya uz vaqtida taranglanishi vintlar 1 ni bo`shatgandan keyin ip tortgich 10 ni bosh valga nisbatan burib rostlanadi; ip tortgich 10 ni soat mili harakati yo`nalishiga qarshi burganda bahya ilgarirok taranglanadi.
    Moki mexanizmi. Bu mashinada xuddi 1022 rusumli tikuv mashinasi-dagi kabi markaziy naychali aylanma moki ishlatiladi. Asosiy valga ikkita vint yordamida tishli baraban 1 (32-rasm) ostki baraban 4 mahkamlangan. Bara-banlar 1 bilan 4 ga rezinalangan tishli tasma 3 kiydirilgan bo`lib, bu tasma 3 ning baraban o`qi buylab siljishi prujinasimon halqalar 2 va 6 yordamida bartaraf etiladi. Taqsimlash vali 8 sharikli podshipnik 7 bilan vtulka 9 da aylanadi.






    32-rasm. 97-A rusumli tikuv mashinasi moki mexanizmi.


    Materiallarni surish mexanizmi. Materiallarni surish mexanizmi reykani vertikal surish, reykani gorizontal surish uzellaridan, bahya rostlagichi bilan bahya puxtalash qurilmasidan hamda tepki uzelidan iborat bo`ladi.



    33-rasm. Materialni surish mexanizmi.

    Reykani vertikal surish uzeli. Taqsimlash vali 50 ga ikkita vint 27 va 52 yordamida kushalok ekstsentrik 28 (33-rasm) mahkamlangan bo`lib, uning o`ng qismiga shatun 51 ning kallagi kiydirilgan. SHu kallak ichiga ignali podshipnik qo`yilgan. SHatun 51 ning old kallagi sharnirli vint yordamida koromislo 45 bilan biriktirilib, gayka yordamida mahkamlangan. Koromislo 45 vint 44 yordamida reykani ko`tarilish vali 43 ga mahkamlangan bo`lib, bu valni platforma kuyma burtigiga vintlar 42 va 46 yordamida mahkamlangan ikkita markaziy barmoqlar 41 va 47 tutib turadi. Koromislo 38 ko`tarish vali 43 bilan birga kushib yasalgan bo`lib, materiallarni surish mexanizmi richagi 2 ning vilkasiga qo`yilgan polzun 39 shu koromislo barmogi 40 ga kiydirilgan. Richag 2 ga ikkita vint 8 yordamida tishli reyka 1 mahkamlangan.
    Reykani gorizontal surish uzeli. Ekstsentrik 28 ning chap qismiga shatun 53 ning old kallagi kiydirilgan bo`lib, kallak ichiga ignali podship-nik kiritilgan. Vilkasimon yasalgan ostki kallak o`q 14 ga kiydirilgan bo`lib, u vint 33 yordamida biriktiruvchi zveno 32 ga mahkamlangan. Ikkinchi shatun 36 ning vilkasimon kallagi ham shu o`qka kiydirilgan. SHatun 36 ning ostki kallagi sharnirli vint yordamida koromislo 11 bilan biriktirilgan, vint-ning holati esa gayka bilan mahkamlangan. SHatun 36 ning ketingi kallagi bilan sharnirli vint ignali podshipnik yordamida tutashtirilgan. Koromislo 11 surish mexanizmining vali 10 ga vint 37 yordamida mahkamlangan. Val 10 ni platforma kuymasiga valllar 5 va 13 yordamida mahkamlangan ikkita markaziy barmoq 4 va 12 tutib turadi. Val 10 bilan ramka 7 birga kushib tayyorlangan bo`lib, uning vint 3 yordamida mahkamlangan ikkita markaziy barmoqlari 6 va 9 materiallarning surish mexanizmining richagi 2 ni tutib turadi.





    34-rasm. Tepki uzeli.


    Download 295 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 295 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    97-a rusumli tikuv mashinasi va uning asosida yaratilgan mashinalar

    Download 295 Kb.