• Kompyuter asboblari va qurilmalari.
  • 1-seminar mashg‘uloti. Mavzu: Kompyuter qurilmalarini diagnostika qilish




    Download 3,03 Mb.
    bet1/5
    Sana10.01.2024
    Hajmi3,03 Mb.
    #134389
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1-seminar Kompyuter qurilmalarini diagnostika qilish

    1-seminar mashg‘uloti.


    Mavzu: Kompyuter qurilmalarini diagnostika qilish.


    Ishning maqsadi:

    1. talabalarga shaxsiy kompyuterning qurilmalariga texnik xizmat ko’rsatish

    va asbob-uskunalar haqida ma’lumotlar berish.

    1. talabalarda kompyuterning qurilmalarni o’rnatish ko‘nikmasini hosil qilish.

    Керакли jihozlar: asbob-uskunalar, kompyuter, mavjud qo’shimcha qurilmalar va multimediali taqdimot.
    Nazariy qism:

    Kompyuter asboblari va qurilmalari.


    Kompyuter tizimlarini tamirlash va ularga xizmat ko`rsatish bo`yicha ishlaydigan har bir mutaxassis ixtiyorida elektr asboblari komplekti mavjud bo`ladi. Xizmat ko`rsatish ishlarining ko`pchiligini katta miqdordagi asboblarsiz amalga oshirib bo`lmaydi. Aynan shuning uchun ham elektr asboblari bozori rusum va modellarning rang-barangligi bo`yicha faqat kompyuter texnikasi bozori bilangina qiyoslanishi mumkin. elektr asbobining uzoq muddatga sotib olinishini, ulardan foydala-nish sharoitlari esa ekstremal holatlarga yaqinligini etiborga olsak, eng maqul keladigan modelni tanlash unchalik oson emasligi ma’lum bo`ladi.
    Bu ishda eng ko`p tarqalgan xato – asbobning ko`p vazifali bo`lishiga ortiqcha intilishdir. Ishlab chiqaruvchilarning aksariyati o`zlari chiqarayotgan elektr asbobning ko`p maqsadlarda qo`llanadigan gilib yaratishga harakat qiladilar. Odatda, bunday asbob o`zining asosiy vazifalaridan tashqari yana bir necha qo`shimcha vazifani bajara oladi. Bunda shuni ham nazarda tutish kerakki, mazkur vazifalarni asbobning boshqa turlarini qo`llab ham bajarish mumkin.
    Biroq, asbobning bir necha vazifani bajara olishi hali uning universalligini bildirmaydi. Zero, turli amallar turlicha quvvat sarflanishini talab etadi. Asbobdan uning imkoniyatlari chegarasida foydalanish yoki asbobga ortiqcha kuch berish esa uning tezda buzilishiga hamda ishlab chiqaruvchi va sotuvchi tashkilotdan mutlaqo asoslanmagan holda hafsalaning pir bo`lishiga olib keladi.
    Ikkinchi tomondan asbob tanlanayotgan paytda uning tuzilishiga xos muhim jihatlari etibordan chetda qoladi. Ko`pchilik hollarda bu xaridorlarda axborotning yetarli emasligi va sotuvchining malakasizligi tufayli sodir bo`ladi. Asbob sotib olinayotganda, avvalam bor uning tashqi ko`rinishi (korpusning ergonomik shakli, vaznining sizga mosligi, boshqaruv organlarining qulayligi, zarbaga bardoshliligi, elektr xavfsizligi, qo`shimcha tutgichlar hamda chuqurlikni ko`rsatuvchi belgilar borligi va boshqalar)ga ahamiyat berish lozim. So`ngra elektr asbobning konstruktiv xususiyatlari, bajariladigan vazifalar to`plami va tavsifini batafsil tahlil qilib, tanishib olish zarur. Chunki undan uzoq vaqt va samarali foydalanish aynan mana shularga bogliqdir.
    Quyida elektron jihozlar bilan ishlash uchun zarur asboblarning uncha katta bo`lmagan ro`yxati, shuningdek, ulardan namunalar va asboblarning mahsus vazifalari haqida malumotlar keltirilgan:

    1. Buragichlar (otvyortkalar) to`plami.

    2. Yassi jag`li omburlar va h.k.

    3. Yon tomonlarni kesuvchi (izolyatsiyani ko`chiruvchi) qaychilar.

    4. Qirquvchi omburlar.

    5. Elektr o`lchov asboblari.

    6. Siquvchi asbob.

    7. Kabel testeri.

    8. Izolyatsiyalovchi material.

    9. Shurup burovchi asbob.


    Download 3,03 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 3,03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-seminar mashg‘uloti. Mavzu: Kompyuter qurilmalarini diagnostika qilish

    Download 3,03 Mb.