Toshkent axborot texnologiyalari qarshi filiali kompyuterni tashkil etilishi fanidan




Download 289,64 Kb.
bet1/4
Sana11.06.2024
Hajmi289,64 Kb.
#262443
  1   2   3   4
Bog'liq
MiO6dYu9VC7TMUis dusqUnRRugcXtap


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI QARSHI FILIALI


Kompyuterni tashkil etilishi fanidan

10-Amaliy ish


Bajardi: Omanov.H

Tekshirdi; Xujaqulov.N

Mavzu: Assembler tilida dasturlash.

Assembler tili dasturlashda alohida o'ringa ega. Assembler tilidagi dastur to'g'ridan-to'g'ri markaziy protsessor buyruqlaridan foydalangan holda tuziladi. Bu esa dasturchiga protsessor imkoniyatlarini chinakam bilishga yordam beradi. Yuqorida ta'kidlanganidek, Assembler tilidan asosan kompyuter qurilmalari bilan to'g'ridan-to'g'ri ishlaydigan va ularni boshqaradigan dasturlar (drayverlar) tuzishda foydalaniladi. Masalan, mashina ishlab chiqaradigan korxonalardagi avtomatlashgan robotlardan boshlab elektron meditsina asboblarigacha barchasi uchun yoziladigan boshqaradigan dasturlar shular jumlasidandir.


Ammo hozirgi mavjud barcha qurilmalar uchun boshqaruvchi dasturlar yozilgan-ku, endi Assemblerni o'rganish nimaga kerak degan savol tug'ilishi mumkin. To'g'ri, lekin hayot hozirda mavjud kompyuter imkoniyatlari bilan to'xtab qolmaydi. Kundan-kunga yangi qurilmalar ishlab chiqilayapti va ularni boshqaruvchi dasturlarni tuzish uchun Assembler dasturchilari kerak bo'ladi.
1­-rasm.
Bundan tashqari dasturchiga Assemblerda dasturlash ehtiyoji bo'lmaganda ham uni bilib qo'yishning yana bir ustunlik jihati bor. Gap shundaki, kodi yashirin bo'lgan mavjud dasturlarning kodini faqat Assembler tilida qayta tiklash mumkin. Assemblerni bilish esa tiklangan kodni o'rganishga va o'zgartirish kiritishga yordam beradi. Assemblerning yana bir yutug'i shundaki, unda yozilgan dastur boshqa tillardagiga qaraganda juda tez ishlaydi. Shunday ekan, Assemblerdan faqat kompyuter qurilmalarini 11 boshqaradigan dasturlar emas, balki umumiy masalalarni yechadigan dasturlarni tuzishda ham foydalansa bo'ladi.
Demak, ko'pincha quyidagi holatlarda dastur assemblerda yoziladi:
● Kompyuter qurilmalarini boshqaruvchi dastur kerak bo'lganda.
● Tez ishlashi kerak bo'lgan dastur qismini yozishda.
● Operatsion tizimning qurilmalar bilan ishlaydigan qismlarini yozishda.
Kompyuter viruslarini tuzishda, ularni o'rganishda va ularga qarshi antiviruslarni yozishda. 1-rasmda Assembler va boshqa dasturlash tillarining qayerlarda ishlatilishi tasvirlangan.
Xulosa qilib aytsak, dasturlash nuqtai nazaridan Assembler ham boshqa dasturash tillari kabi o'z ahamiyatiga egadir.
Har qanday operatsion tizim bir necha yuz, balki undan ham ko'proq dasturlar birlashmasidan tashkil topgan bo'ladi. Dastur esa o'z navbatida ma'lum bir dasturlash tilda yozilgan buyruqlar ketma-ketligidir. Hozirgi kunga kelib, dunyoda 400 ga yaqin dasturlash tillari mavjud bo'lib, ulardan dastur tuzishda foydalaniladi. Bu tillar inson tushuna oladigan va ularni boshqara oladigan darajada osonlashtirilib foydalanishga joriy etilgan. Ammo bu tillarning birortasini, shu jumladan, Assemblerni ham mashina tushuna olmaydi. Mashina uchun esa alohida mashina tili mavjud bo'lib, u faqat ikkilik sanoq tizimidagi (faqat 0 va 1 dan tuziladigan sonlar tizimi) sonlar oqrali ifodalanadigan buyruqlar ketma-ketligi ko'rinishida bo'ladi va juda ham sodda, ammo yodda saqlash murakkabdir. Unda to'g'ridan-to'g'ri dasturlash juda qiyin. Shu sababli inson uchun mo'ljallangan dasturlash tilida yozilgan dasturni mashina tiliga o'girib beradigan vosita kerak bo'ladi. Bu vosita dasturlashda kompilyator deyiladi. Demak, har bir til o'zining kompilyatoriga ega. Assembler tili uchun ham bir qator kompilyatorlar mavjud. Har bir qurilma (mikroprotsessorga ega istalgan moslama) o'z Assembler tiliga ega va o'sha qurilmada ishlaydigan operatsion tizimlar (agar qurilma operatsion tizimga ega bo'lsa, albatta) qurilmaga mo'ljallangan Assembler tilida dasturlash imkoniyatini beradi1 . Masalan, Intel protsessorlarida ishlaydigan Windows, Linux, Mac OS X va boshqalar shu protsessor uchun mo'ljallangan Assemblerni taqdim etishadi. Intel protsessorlari juda ham mashhur bo'lganligi sababli, ko'pgina dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchi firmalar Intel Assembleri qoidalariga mo'ljallangan o'z kompilyatorlarini ishlab chiqishgan. Assembler dasturi protsessordan tashqari qaysi kompilyatorga mo'ljallab yozilayotgani ham hisobga olinadi. Chunki bir kompilyator uchun yozilgan dastur ikkinchisiga to'g'ri kelmasligi mumkin. Farq juda katta bo'lmasada, qoidalar bir oz farq qiladi.
Yuqorida aytganimizdek, kitobda NASM kompilyatoriga asoslangan Intel assembleri o'rganiladi. NASM (Netwide Assembler ­ Butun Tarmoq Assembleri) Assembler kompilyatori dunyoda keng foydalanishda bo'lib, uni tanlashdan maqsad undagi Assembler qoidalari ancha osonlashtirilgan, ya'ni bosh qotirishi kerak bo'lmagan har xil sozlashlar dasturchi zimmasidan olib tashlangan va kompilyator tomonidan o'z-o'zidan bajariladi, qolaversa, NASM Assembleri tushunishga juda oson. Ushbu xususiyatlar, ayniqsa, o'rganish maqsadlarida qo'l keladi. Bundan tashqari NASM barcha operatsion tizimlarda ishlaydi. NASM kompilyatori LGPL(Lesser General Public License) guvohnomasi bilan chiqariladi, ya'ni dastur kodini ochiq holda erkin (to'lovsiz) tarqatiladi. Mahsulotni olib o'zgartirish va qayta tarqatish mumkin (Batafsil ma'lumot uchun NASM rasmiy guvohnomasiga qarang). 1 Operatsion tizimsiz ishlaydigan qurilmalar ham mavjud bo'lib, ularga mashina tiliga o'girilgan kod to'g'ridan-to'g'ri yuklanadi. 12 NASM dan tashqari yana bir qancha kompilyatorlar mavjud va ularni qisqacha ko'rib chiqamiz:
● MASM (Microsoft Assembler) Assembleri dasturlarining tuzilish uslubi birmuncha chalkash va protsessor buyruqlaridan ham ko'ra ko'proq o'zining ichki atamalarini yozishga to'g'ri keladi. Buning ustiga yana pulli mahsulotdir.
● TASM (Borland Assembler) kompilyatori birmuncha yaxshiroq, ammo MASM ga qarab yaratilgan va unga juda o'xshaydi. TASM ham pulli mahsulot.
● GAS (GNU Assembler) Assembleri qoidalari juda «dahshatli» va u inson dasturlashiga mo'ljallanmagan. GAS Assembleri asosan boshqa dasturlar tomonidan ishlatiladi. Ushbu mahsulot bepul va Windows, Linuxda ishlaydi.
● AS Assembleri faqat Linux va MINIXda ishlaydi.
● FASM kompilyatori NASMning yaqin «og'aynisi» bo'lib, NASM uchun mo'ljallab yozilgan dasturlarni tushunadi va NASM kabi oson dasturlash qoidalarga ega. NASMni operatsion tizimda o'rnatish bo'yicha ma'lumot uchun kitob so'ngidagi «NASMni o'rnatish» ilovasiga murojaat qiling.

Download 289,64 Kb.
  1   2   3   4




Download 289,64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent axborot texnologiyalari qarshi filiali kompyuterni tashkil etilishi fanidan

Download 289,64 Kb.