• Mac OS X tizimi
  • Toshkent axborot texnologiyalari qarshi filiali kompyuterni tashkil etilishi fanidan




    Download 289,64 Kb.
    bet4/4
    Sana11.06.2024
    Hajmi289,64 Kb.
    #262443
    1   2   3   4
    Bog'liq
    MiO6dYu9VC7TMUis dusqUnRRugcXtap

    Windows tizimi
    Windows operatsion tizimi AQSHning Washington shtatida joylashgan Microsoft korporatsiyasining mahsulotidir. Microsoft asosan operatsion tizim va ofis dasturlarini ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi. Birinchi Windows tizimi 1985-yilda chiqarilgan va oldingi MS-DOS tizimidan uning farqi tasvirli oynalar orqali ishlashi edi. Hozirda dunyoda Windows oddiy foydalanuvchilar ichida eng keng tarqalgan tizim bo'lib, u zamonaviy tizim talablariga javob beradi. Tizim dasturlari C, C#, C++ va Assembler dasturlash tillarida tuzilgan va ular ochiq holda tarqatilmaydi. Chunki Windows yopiq tizimdir va u pulli mahsulot. Windows ham ko'p foydalanuvchili tizim bo'lib, foydalanuvchilar bir-birlaridan ma'lum darajada himoyalangan. Foydalanuvchilarning uy direktoriyalari C:\Documents and Settings da saqlanadi. Yanada ko'proq ma'lumot uchun «Buyruqlar qatorida ishlash» ilovasiga qarang.
    Mac OS X tizimi
    Mac OS X operatsion tizimi jahonning nomdor firmalaridan biri bo'lmish Apple mahsulotidir. Apple faqat dasturiy ta'minot bilan emas, balki kompyuter qurilmarini ishlab chiqarish bilan ham shug'ullanadi. Shulardan Macintosh kompyuterlari, iPhone telefonlari va iPad kundalik rejalashtirgichlari kishilar orasida katta qiziqish uyg'otgan. Unix tizimlari turkumiga mansub Mac OS X (tizim o'zagi Darwin deb nomlanib, u BSD va NextSTEP asosida yaratilgan) o'zining foydalanishda osonligi, ishonchliligi va tashqi ko'rinishining o'ziga xosligi bilan boshqa tizimlardan ajralib turadi. Umuman olganda, Apple mahsulotlari barcha zamonlarda namunali hisoblangan va qolgan ishlab chiqaruvchilar undagi sifat darajasiga erishishga intilganlar. Mac OS X yarim yopiq va yarim ochiq operatsion tizim bo'lib, undagi dasturlar boshqa tizimlardagi dasturlarga nisbatan qimmatroq turadi.
    Download 289,64 Kb.
    1   2   3   4




    Download 289,64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent axborot texnologiyalari qarshi filiali kompyuterni tashkil etilishi fanidan

    Download 289,64 Kb.