Toshkent axborot texnologiyalari qarshi filiali kompyuterni tashkil etilishi fanidan




Download 289,64 Kb.
bet3/4
Sana11.06.2024
Hajmi289,64 Kb.
#262443
1   2   3   4
Bog'liq
MiO6dYu9VC7TMUis dusqUnRRugcXtap

Linux tizimi.
Unix erkin (bepul) tarqatiladigan operatsion tizim bo'lib, ko'pgina kompyuter tarmoqlarida foydalaniladi. Tizimlar ichida u o'z zamonaviyligi va xatosiz ishlashi bilan ajralib turadi. Windows kabi tizimlarda foydalanuvchidan butunlay yashirin o'tadigan tizim jarayonlari Unixda ancha ochiq holda bo'ladi va foydalanuvchi bevosita o'zi ham buni boshqarish imkoniyatiga ega bo'ladi. Qisqasini aytganda dasturchi uchun haqiqiy muhit yaratilgan. Unix ishonchli tizim bo'lib, undan katta-katta serverlarda, bundan tashqari qo'l kompyuterlaridan boshlab super kompyuterlargacha foydalaniladi. Oxirgi paytlarda bunday kuchli tizimlar qatoriga Linux ham qo'shilib bormoqda. Linuxni o'zini oladigan bo'lsak, u ham Unix tizimining bir turkumi bo'lib, Unixsimonlar oilasiga kiradi.
Unix tizimi ishlab chiqarilganidan beri ko'p vaqt o'tdi va bu vaqt davomida u bir necha turkumlarga bo'linib ketgan. AIX, BSD, NextSTEP, HP-UX, Linux, MINIX, OSF/1, SCO UNIX, System V, Solaris, XEMIX va boshqa ko'pgina turkumlar shular jumlasidandir. O'z navbatida bu turkumlar ham yana o'zining qism turkumlariga bo'linadi. Masalan, Linux tizimi yana Slackware, Debian, Fedora, Red Hat, Cent OS, Suse, Mandriva, Arch Linux, Ubuntu, Linux Mint va Android kabi turkumlarga bo'linadi. Unixning bunday turlari ko'p bo'lishiga sabab uning ochiq manba ekanligidir, ya'ni tizim dasturlari yashirin emas va xohlagan dasturchi uni o'ziga moslab olishi mumkin. Unix tarixiga nazar solsak, 50­ 60-yillarda AQSHning Massachusetts Texnologiya Instituti tomonidan yaratilgan CTSS tizimi o'sha davr nazarida mukammal edi va katta shov-shuvga sabab bo'ldi. Shundan so'ng Massachusetts texnologlari Bell Labs labaratoriyasi va General Electronic1 korxonasi bilan hamkorlik qilishni boshlaydi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad esa MULTICS (Multiplexet Information and Computing Service - ko'p qirrali axborot va hisob xizmati) nomli tizimining ikkinchi avlodini ishlab chiqish edi. Lekin ba'zi sabablarga ko'ra Bell Labs laboratoriyasi hamkorlikdan bosh tortib loyihadan chiqadi. Shunga qaramay Ken Tompson, Bell Labs laboratoriyasi xodimi, o'z izlanishlarini davom ettiraveradi va natijada o'zi assembler tilida MULTICS tizimini yozadi. Shu tariqa Tompson izlanishlarini davom ettirib yanada mukammalroq va yangilangan MULTICS turkumlari chiqariladi. Uning hamkasbi Brain Kernigan bu tizimga UNICS (Uniplexed Information and Computing Service – Sodda axborot va hisob xizmati) deb nom beradi.
Keyinchalik esa bu tizimni osonroq qilib UNIX deb atashgan. Linux ancha keyinroq 1991-yilda fin talabasi Linus Torvalds tomonidan yaratiladi. 1994-yilda esa Linuxning yangi turkumi chiqariladi. Bu tizim 165000 qator dastur kodidan2 iborat bo'lib o'z ichga yangi fayllar tizimini va TCP/IP soketlari bilan tarmoqli dasturlar ta'minotini jamlagan edi. Bundan tashqari bir qancha yangi qurilmalarni boshqaruvchi dasturlar3 ham shular jumlasidandir. Navbatdagi 2.0 Linux turkumi 1996-yilda dunyo yuzini ko'radi. Bu tizimning 470000 qatori C dasturlash tilida va 8000 qatori assemblerda yozilgan edi. Hozirgi kunda ham Linux ustida minglab dasturchilar ishlamoqda. Tarmoqli dasturlar, X WINDOW oyna tizimi va Unix dasturiy ta'minotining katta qismi Linuxga o'girilgani shunga misoldir.
Linuxda birqancha
1 O'sha davrlarda bu firma kompyuter ishlab chiqarish bilan shug'ullangan.
2 Dasturni tashkil etuvchi dasturlash tilidagi buyruqlar to'plami tushuniladi.
3 Kompyuter qurilmalarini (fleshka, monitor, modem) ilg'aydigan va boshqaradigan dastur. Ingliz tilida driver deb yuritiladi. 14 GUI (Graphical User Interface), ya'ni tasvirli ishlash muhitlari mavjud: Gnome, KDE, XFCE va LXDE. Umuman olganda, Unix muxlislari uchun Linux loyiq tizim bo'lib shakllandi. Birinchi navbatda shuni ta'kidlash lozimki, Linux yuz foiz viruslardan xoli tizimdir. Bundan tashqari Linuxning eng katta yutuqlaridan yana biri uning ochiq tizimligidir. Operatsion tizim kodi erkin tarqatiladi. Bu esa operatsion tizim qanday tuzilishini o'rganish uchun eng qulay imkoniyatdir. Chunki bir soha bo'yicha mutaxassis bo'lish uchun, o'sha soha haqida chuqur bilimga ega bo'lish kerak. Fikrimizning yaqqol isboti sifatida Linux asosida yaratilgan Doppix, UzMOT, EastLinux kabi O'zbek milliy operatsion tizimlarini keltirishimiz mumkin. Linux tizimidagi ba'zi tushunchalar haqida batafsil to'xtalamiz. Linuxda barcha fayl va direktoriyalar bitta umumiy direktoriyada saqlanadi. Bu direktoriya root, ya'ni «ildiz» deb ataladi va qiya chiziq (/) belgisi orqali belgilanadi. Ildiz deb atalishining sababi tizimdagi direktoriyalarini bir katta daraxtga o'xshatishimiz mumkin (rasmga qarang). Root direktoriyasi esa daraxt ildizida joylashgan bo'ladi.
Linux tizimida foydalanuvchilar asosan ikkiga bo'linadi. Bular oddiy va imkoniyati kengaytirilgan foydalanuvchilar.
Birinchi turdagi foydalanuvchining imkoniyatlari ancha cheklangan bo'lib, uning ishlashi uchun ma'lum bir direktoriya beriladi va bu direktoriya uning uy direktoriyasi hisoblanadi. Linuxda oddiy foydalanuvchilar uchun ko'pincha /home direktoriyasidan joy ajratiladi, masalan /home/Karim. Eslatma: /home/Karim uy direktoriyasining mutlaq yo'lidir. Ildiz direktoriyadan boshlab to fayl yoki direktoriyagacha bo'lgan barcha direktoriyalarning tartibli ro'yxati shu fayl yoki direktoriyagacha bo'lgan mutlaq yo'l deb ataladi. Mutlaq yo'l Linuxda doim qiya chiziq (/) belgisidan boshlanadi. Bu qiya chiziq direktoriya nomlarini bir-biridan ajratish uchun ham ular orasiga qo'yiladi. Bundan tashqari nisbiy yo'l ham mavjud bo'lib, bu yo'l o'zingiz ishlayotgan direktoriyaga nisbatan beriladi. Masalan, /home direktoriyasida turgan bo'lsangiz nisbiy yo'l quyidagicha beriladi: Karim/salom.asm. Oddiy foydalanuvchi uy direktoriyasidan tashqarida ishlash huquqiga ega bo'lmaydi. Tizim fayllariga o'zgartirish kirita olmaydi, tizimda dastur ham o'rnata olmaydi. Ikkinchi turdagi foydalanuvchining imkoniyatlari katta bo'lib, unga berilgan huquqlar deyarli barcha amallarni bajarishga imkoniyat yaratadi, jumladan tizimda dasturlar o'rnatishda ham. Imkoniyati kengaytirilgan foydalanuvchi Linuxda root1 nomini oladi. Tizimda barcha foydalanuvchilar maxfiy so'zlar bilan himoyalangan. Yanada ko'proq ma'lumot uchun «Buyruqlar qatorida ishlash» ilovasiga qarang. 1 Buni tizimdagi root direktoriyasi bilan chalkashtirmang. 15

Download 289,64 Kb.
1   2   3   4




Download 289,64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent axborot texnologiyalari qarshi filiali kompyuterni tashkil etilishi fanidan

Download 289,64 Kb.