• Mualliflik patenti - № NAP 00147, 22.02.2017 y. Porloq-2
  • Biotexnologik navlar




    Download 1,51 Mb.
    bet1/3
    Sana13.06.2024
    Hajmi1,51 Mb.
    #263203
      1   2   3
    Bog'liq
    Biotexnologik navlar


    Biotexnologik navlar
    Markaz olimlari tomonidan RNK-interferensiyasi texnologiyasi asosida yaratilgan tola sifati va hosildorligi yuqori bo‘lgan, turli biotik va obiotik stersslarga chidamli "Porloq" seriyasidagi yangi g‘o‘za navlari yaratilgan.
    Ushbu yangi navlar o‘zining ko‘plab ijobiy hususiyatlari bilan boshqa g‘o‘za navlardan ajralib turadi. "Porloq" navini Respublikaning barcha hududlarida ekib, ulardan yuqori hosil olish imkoni mavjud.
    Ayniqsa, hozirgi kunda Respublikamizning Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxora, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari hududlarida "Porloq" g‘o‘za navini yetishtirish uchun eng maqbul hududlar hisoblanadi. 
    "Porloq" g‘o‘za navlari Respublika hududidagi keskin o‘zgaruvchan, turli xil noqulay iqlim sharoitlarga chidamliligi bilan boshqa navlardan ajralib turadi. Bundan tashqari, boshqa g‘o‘za navlariga nisbatan hosil elementlarining ko‘pligi sababli, 18-20 % yuqori hosildorlikka ega. Tola sifati dunyo buyicha o‘rta tolali g'o'za navlari orasida eng yuqori bo‘lib, II va III tipga ega tola beradi.
    Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida iyun va iyul oylarida ob-havo keskin isib ketishi natijasida ko‘plab g‘o‘za maydonlarida nihollarning hosil elementlarini to'kib yuborishi kuzatiladi. Bunday holatlarda "Porloq" g'o'za navlarida o‘z vaqtida agrotexnek tadbirlar bajarilisa shona va gullarini tashlash xolati kuzatilmaydi. "Porloq" navlarida hosilga kirish intensiv holatda bo‘lib, 30-40 tagacha hosil elementlari to‘playdi. 
    Porloq-1 g‘o‘za navi RNK- interferensiya usuli yordamida olingan Koker-312 liniyasi bilan AN-Boyovut-2 navini o‘zaro chatishtirish natijasida olingan liniyalar orasidan ko‘p martalik tanlash yo‘li bilan yaratilgan. Porloq-1 g‘o‘za navi poyasining balandligi 110-120 sm, shakli konussimon, poyasining tuklanganligi o‘rtacha tuklangan. Barglari o‘rtacha kattalikda, 3-5 bo‘lakli, rangi to‘q yashil, barglar qalinligi o‘rtacha. Gullari och sari
    Mualliflik patenti - № NAP 00147, 22.02.2017 y.

    Porloq-2 g‘o‘za navi RNK-interferensiya usuli yordamida olingan Koker-312 liniyasi bilan C-6524 g‘o‘za navini o‘zaro chatishtirish natijasida olingan liniyalar orasidan ko‘p martalik tanlash yo‘li bilan yaratilgan. Porloq-2 navi poyasining balandligi 100-110 sm, shakli silindrsimon, poyasining tuklanganligi kam tuklangan. Barglari o‘rtacha kattalikda, 3-5 bo‘lakli, rangi to‘q yashil, barglar qalinligi o‘rtacha. Gullari och sariq. Ko‘saklari yirik, ovolsimon uchli, chanoqlar soni 5 ta. Ildiz sistemasi kuchli rivojlangan.

    Download 1,51 Mb.
      1   2   3




    Download 1,51 Mb.