Toshkent axborot texnologiyalari qarshi filiali kompyuterni tashkil etilishi fanidan




Download 289,64 Kb.
bet2/4
Sana11.06.2024
Hajmi289,64 Kb.
#262443
1   2   3   4
Bog'liq
MiO6dYu9VC7TMUis dusqUnRRugcXtap

Operatsion tizim nima?
Har bir kompyuter bir qacha bo'laklardan iborat bo'lgan asosiy dastur to'plamiga ega. Bu dastur to'plami operatsion tizim deb yuritiladi. Operatsion tizimning kompyuterni ishga soladigan muhim ahamiyat kasb etuvchi bo'lagi o'zak deb ataladi. Kompyuter ishga tushirilganda birinchi navbatda operatsion tizim xotiraga yuklanadi va u keyinchalik bo'ladigan ish jarayonini ta'minlaydi. Operatsion tizim kompyuterning risoladagidek ishlashini ta'minlaydigan eng zarur amallarni o'z ichiga oladi. Operatsion tizim asosan quyidagi vazifalarni bajaradi:
● Kompyuterning asosiy qurilmalarini (xotira, o'quv/yozuv moslamalari, markaziy protsessor va boshqalar1 ) boshqarish.
● Foydalanuvchi dasturlariga ishlash muhitini yaratib berish. Foydalanuvchi dasturi deganda operatsion tizimning ishlashiga kerak bo'lmagan, faqatgina foydalanuvchi uchun tuzilgan dastur nazarda tutiladi. Masalan, kompyuter qurilmasini boshqaruvchi dastur foydalanuvchi dasturi emas, chunki u operatsion tizim bo'lagi hisoblanadi. Foydalanuvchi dasturlariga Microsoft Office, Adobe Reader, iTunes Music Player, Mozilla Firefox Web Browser va boshqalarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Zamonaviy operatsion tizim quyidagi muhim xususiyatlarga ega bo'lishi lozim:
● bir vaqtning o'zida bir nechta foydalanuvchilarga xizmat ko'rsata olishi, har bir foydalanuvchi o'z maxfiy so'ziga ega bo'lib, uning kompyuterdagi ma'lumotlari boshqa foydalanuvchilardan himoyalangan bo'lishi kerak;
● barcha foydalanuvchi dasturlari markaziy protsessorda jarayon sifatida bajarilishi kerak. Jarayon ancha mavhum tushuncha bo'lib, u markaziy protsessorda bajarilayotgan buyruqlar ketma-ketligini (dasturni) bildiradi;
● operatsion tizim dasturlari bir butun emas, balki alohida bo'laklardan tashkil topgan bo'lishi kerak. Ushbu dastur bo'laklari asosiy xotiraga lozim paytda yuklanib, zaruriyat bo'lmaganda qattiq diskda turaveradi.
● axborotlarni saqlash uchun ishonchli fayl tizimini taqdim etishi kerak. Fayl axborot saqlaydigan asosiy obyekt bo'lib, odatda ikki xil turda uchraydi: oddiy fayl va direktoriya. Barcha fayllar direktoriyalarda saqlanadi, shu jumladan, boshqa direktoriyalar ham. Hozirgi kunga kelib, bir qancha tashkilotlar va firmalar operatsion tizim ishlab chiqarish bilan shug'ullanishadi. Quyidagi mavzularda shularning eng taniqlilari haqida qisqacha so'z yuritiladi.

Download 289,64 Kb.
1   2   3   4




Download 289,64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent axborot texnologiyalari qarshi filiali kompyuterni tashkil etilishi fanidan

Download 289,64 Kb.