• Kompyuter viruslari haqida umumiy tushunchalar Virus nima
  • Kompyuter viruslari qanday hosil bo`ladi
  • Mavzu: Antivirus dasturlari va ular bilan ishlash Reja




    Download 39.49 Kb.
    bet1/7
    Sana22.05.2023
    Hajmi39.49 Kb.
    #62893
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    ma\'ruza 1
    1 amalyot galustik babichka

    Mavzu:Antivirus dasturlari va ular bilan ishlash
    Reja:
    1. Kompyuter viruslari haqida umumiy tushunchalar
    2. Kompyuter viruslaridan himoyalanish usullari
    3. Antivirus dasturlari
    1. Xulosa



    2. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



    Kompyuter viruslari haqida umumiy tushunchalar

    Virus nima?
    Virus dasturi kompyuterdagi ma'lumotlar butunligini buzishga yoki ularni o'chirishga mo'ljallangan bo'ladi. Ilk bor virus dasturlari AQShda ishlab chiqarilgan, chunki aynan bu davlatda shaxsiy kompyuterlar keng tarqalgan edi. Ilk bor ishlab chiqarilgan virus dasturlari foydalanuvchini hotirjamligini buzishga va asabiga tegishga qaratilgan edi. Lekin keyinchalik ular zarar yetkazishni o'zining maqsadi sifatida qabul qilib oldi. Hozirgi paytda butun dunyo buyicha 200000 dan ortiq virus dasturlari mavjud. Ular kompyuter viruslari bo'lib, kompyuterdagi ma'lumotlarga zarar yetkazadi yoki kompyuterning ishlash samaradorligini tushirib yuboradi.
    Mashxur «doktor» lardan biri D.N.Lozinskiy virusni kotibaga o`xshatadi.
    Tartibli kotibani faraz qilsak, u ishga keladi va stolidagi bir kunda qilishi kerak bo`lgan ishlarni – qog`ozlar xatlarni ko`radi. U bir varog`ni ko’paytirib bir nusxasini o`ziga ikkinchisini keyingi qo`shni stolga qo`yadi. Keyingi stoldagi kotiba ham kamida ikki nusxada ko’paytirib, yana bir kotibaga o`tkazadi. Natijada kontoradagi birinchi nusxa bir necha nusxalarga aylanadi. Ba’zi nusxalar yana ko’payib boshqa stollarga ham o`tishi mumkin.
    Kompyuter viruslari taxminan shunday ishlaydi, faqat qog`ozlar o`rnida endi dasturlar, kotiba bu - kompyuter. Birinchi buyruq «ko`chirish-nusxa olish» bo`lsa, kompyuter buni bajaradi va virus boshqa dasturlarga o`tib oladi. Agar kompyuter biror zararlangan dasturni ishga tushirsa virus boshqa dasturlarga tarqalib borib butun kompyuterni egallashi mumkin.
    Agar bir dona virusning ko’payishiga 30 sekund vaqt ketsa, bir soatdan keyin bu 1000000000 dan ortib ketishi mumkin. Aniqrogi kompyuter xotirasidagi bo`sh joylarni band qilishi mumkin.
    Xuddi shunday voqea 1988 yili Amerikada sodir bo`lgan. Global set orqali uzatilayotgan informastiya orqali virus bir kompyuterdan boshqasiga o`tib yurgan. Bu virus Morris virusi deb atalgan.
    Ma’lumotlarni virus qanday yuk qilishi mumkin degan savolga shunday javob berish mumkin:
    1. Virus nusxalari boshqa dasturlarga tez ko’payib o`tib oladi;
    2. Kalendar bo`yicha 13-sana juma kunga tug`ri kelsa
    hamma hujjatlarni yo`q qiladi (uchiradi).
    Buni hammaga ma’lum «Jerusalem» («Time» virusi ham deb ataladi) virusi juda «yaxshi» amalga oshiradi.
    Ko’p hollarda bilib bo`lmaydi, virus qayerdan paydo bo`ldi.

    Kompyuter viruslari - ko’payuvchi, dasturlarni {|Ц||ga ko`chib olishi, yomon oqibatlar keltirib chiqaruvchi dasturlardir. Lekin ular qat’iy bir ko`rinishda bo`lishi belgilab qo`yilmagan.
    Virusni Aniqlanishi shundaki, u kompyuter sistemasida joylashib va ko’payib borishiga bog`liq. Misol uchun, nazariy jihatdan operativ sistemada virus davolab bo`lmaydi. Bajaruvchi kodning soxasini tuzish va o`zgartirish ta’qiqlangan sistema misol bo`lishi mumkin.
    Virus hosil bo`lishi uchun bajariluvchi kodlar ketma-ketligi ma’lum bir sharoitda shakllanishi kerak. Kompyuter virusining xossalaridan biri o`z nusxalarini kompyuter tarmoqlari orqali bajariluvchi ob’ektlarga ko`chiradi. Bu nusxalar xam o`z-o`zidan ko’payish imkoniyatiga ega.
    Kompyuter viruslari qanday hosil bo`ladi?
    Biologik viruslardan farqli ularoq, kompyuter viruslarini inson tomonidan tuziladi. Viruslar kompyuter foydalanuvchilariga katta
    zarar yetkazadi. Ular kompyuter ishini to`xtatadi yoki qattiq diskdagi ma’lumotlarni uchiradi. Virus sistemaga bir necha yo`llar bilan tushishi mumkin: disketalar, dastur ta’minot yuklangan CD-ROM, tarmoq interfeysi yoki modemli bog`lanish, global Internet tarmog`idagi elektron pochta.
    Disketa virusdan zararlanishi oson. Zararlangan kompyuterga disketni solib o`qitilganda diskning bosh sektoriga virus tushadi.
    Internet ma’lumotlar almashinishiga katta imkoniyat yaratadi. Lekin, kompyuter viruslari va zararli dasturlar tarqalishi uchun yaxshi muhit yaratadi. Albatta Internetdan olingan barcha ma’lumotlarda virus bor deb bo`lmaydi. Kompyuterda ishlovchi ko’pchilik mutaxassislar va operatorlar qabul qilinadigan ma’lumotlarni viruslardan tekshirishni doimo bajaradi. Internetda ishlayotgan har bir kishi uchun yaxshi antivirus ximoya zarur. «Kasperskiy laboratoriyasi» texnik ta’minot xizmati statistikasiga ko`ra, viruslardan zararlangan holatlarning 85% i elektron pochta orqali sodir bo`lgan. 1999 yilga nisbatan xozirgi kunda bu ko`rsatkich 70 % tashkil etadi. «Kasperskiy laboratoriyasi» elektron pochtalarga yaxshi antivirus ximoyasi kerakligini ta’kidlaydi.
    Virus tuzuvchilarga elektron pochta juda qulay. Amaliyot shuni ko`rsatadiki, ommabop dasturlar, operastion sistemalar, ma’lumotlarni uzatish texnologiyalari uchun viruslar ko’plab tuzilmoqda. Xozirda elektron pochta biznes va boshqa soxalarda muloqot uchun asosiy vosita bo’lib qolmoqda. Shuning uchun virus tuzuvchilari elektron pochtaga diqqatini
    qaratmoqda.

    Virus paydo bo`lish belgilari.
    Zararlangan kompyuterda eng muximi virusni aniqlash. Buning uchun virusni asosiy belgilarini bilish kerak:
    1. Funksional dasturlarni ishini to`xtatish yoki noto’g`ri ishlashi;
    2. Kompyuterni sekin ishlashi;
    3. OS ni yuklanmasligi;
    4. Fayl va kataloglarni yo`qolishi yoki ulardagi ma’lumotlarni buzilishi;
    5. Fayllar modifikasiyasining sana va vaqktining o`zgarishi;
    6. Fayl hajmining o`zgarishi;
    7. Diskdagi fayllar miqdorining keskin ko’payishi;
    8. Bo`sh operativ xotira hajmining keskin kamayishi;
    9. Kutilmagan ma’lumotlar va tasvirlarning ekranga chiqishi;
    10.Kutilmagan tovushlarning paydo bo`lishi;
    11 .Kompyuterning tez-tez osilib qolishi.
    Yuqoridagi belgilar boshqa sabablarga ko`ra xam bo`lishi mumkinligini eslatib o`tamiz.


    Qisqacha tarix.
    80-yillarda IBM-PC bilan ishlagan kishilar bo`lsa 1987-89 yillardagi viruslarni tarqalishini unutishganicha yo`q. Ekrandagi harflar har xil
    ko`rinishda buzilgan va foydalanuvchilar ommasi mutaxassislarga displeylarini olib kela boshlashgan. Keyinchalik kompyuter «Yankee Doodle» deb nomlangan o`zgayerlik virusini chalishni boshlagan. Lekin, buni tuzatishni xech kim tashlamadi, juda tez hal bo`ldi. Bu o`nlab viruslar to`plami edi.
    Shunday qilib, viruslar fayllarni zararlay boshladi. «Brain» va ekranda shariklar paydo qiluvchi «Pingpong» viruslari Boot-sektor ustidan ham g`olib chiqishdi. Bu hammasi IBM-PC dan foydalanuvchilarga unchalik yoqmadi va antiviruslar paydo bo`ldi. Birinchi antiviruslardan biri ANTI-KOT: afsonaviy Oleg Kotik o`zining antivirusining birinchi versiyasi dunyo yuzini ko`rdi. U 4 ta virusni yo`k qildi. Afsuski, ANTI-KOT MSDOS kombinastiyasidan foydalanib fayl oxirida «Time» virusini Aniqlandi. Boshqa antiviruslar esa .som va .exe kengaytmali fayllarning har bir harfigacha zanjirlaydi.
    Vaqt o`tishi bilan viruslar ko’payib bormoqda. Bularning hammasi bir-biriga o`xshash, xotiraga o`rnashadi, sektor va fayllarga bog`lanadi, fayllarni, disket va vinchesterlarni yo`k qiladi. Birinchilardan bo’lib, «Frodo.4096» virusi ommabop bo’lib chiqdi. Bu virus INT2Ih ni egallab, DOS ga murojaat etilganda zararlangan fayl xuddi xech narsa bo’lmaganday xolda ko`rinish bergan. Ammo, bu MSDOS ustidan o`rnashib hukmini o`tkazgan. Bir yil ham o`tmasdanoq «elektr suvaraklar» DOS yadrosiga o`rnashib olishgan. Ko`rinmas virus «Deast.512» deb atalgan. Ko`rinmaslik fikri ko’payib rivojlanib
    bordi: 1991 yil yozida kompyuter o`lati - virus «Dir_n» paydo bo`ldi. Biroq ko`rinmaslarga qarshi kurash sodda: RAM ni davolab xotirjam bo`lish mumkin.
    Shunday viruslar xam kelib chiqdiki, ular o`zlarini shifrlab olish imkoniyatiga ega bo`lishdi. Bu viruslarni davolash va yo`q qilish uchun maxsus kiem dasturlar yaratish kerak bo`lgan. Lekin bunga xech kim e’tibor bermadi, toki bu viruslarning yangi avlodlari kelib chiqmaguncha.

    Download 39.49 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 39.49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Antivirus dasturlari va ular bilan ishlash Reja

    Download 39.49 Kb.