Mashinasozlik materiallari 11-Mavzu: Kukun metallurgiyasi asoslari




Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana31.01.2024
Hajmi1,15 Mb.
#149148
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Engineering materials - lecture 11

Metallokeramik qotishmalar (kesuvchi asboblar, burgilar, shtamplar va boshqa 
tayyorlash uchun ishlati-ladigan krtishmalar)dan yasalgan as-boblarning kesish 
xossalari 1000° da ham saqlanib qoladi. Metallokeramik qotishmalar tarkibiga 
volfram kar-bidi, titan karbidi va kobalt kiradi. 
Quyish yoʻli bilan hosil qilib boʻlmaydigan qotishmalarni ham Kukun 
metallurgiyasi usullaridan foydalanib olish mumkin. Boʻlarga gʻovak antifriksion 
kukun qotishmalari kiradi. Ular qora va rangli metallar kukunlaridan tayyorlanishi 
mumkin. Bu qotishmalardan avtomobil dvigatellarining porshen halqalari, oʻz-
oʻzidan moylanadigan podshipniklar va mashivalarning ishqalanuvchi boshqa 
detallari tayyorlanadi. 
Kukun metallurgiyasi usullari qiyin suyuqlanuvchi (suyuqlanish temperaturasi 
yuqori) volfram, molibden, tantal, titan, niobiy va boshqa olishga ham imkon 
beradi. Buning uchun shu metallarning oksidlari vodorod oqimida qaytarilib, 
kukun holidagi toza metallar olinadi va presslanib, briket qilinadi, ular maʼlum 
temperaturagacha qizdirilib qovushtiriladi. Qovushtirilgan metall ikki elektrod 
orasiga oʻrnatilib, elektr toki bilan qizdiriladi, bolgʻalanadi yoki prokatlanadi.
Fizik-kimyoviy usullar bilan olingan kukunlar mayda dispersli va toza hisoblanadi. 
Zarralari o‘lchamiga ko‘ra kukunlar granulometrik tarkibi bo’yicha 0,5 mkm gacha 
o‘lchamli ultra mayda, 0,5-10 mkm o‘lchamli juda mayda, 10-40 mkm o‘lchamli 
mayda, 40-150 mk o‘lchamli o‘rtacha mayda va 150-500 mkm o‘lchamli yirik 
xillarga bo‘linadi. 
To‘kilish massasi, oquvchanlik, presslanuvchanlik va pishuvchanlik kukunlarning 
asosiy 
texnologik xarakteristikalari 
hisoblanadi. 
To‘kilish massasi erkin to‘kilgan 1 sm kukunning grammlarda o‘lchangan 
massasidir. Agar kukun o‘zgarmas to‘kilish massasiga ega bo‘lsa, pishirilganda 
uning o‘zgarmas kirishuvchanligi ta’minlanadi. Olinish usuliga qarab, bitta 


kukunning to‘kilish massasi turlicha bo‘lishi mumkin. G’ovakligi yuqori bo‘lgan 
buyum tayyorlash uchun to‘kilish massasi kichik bo‘lgan kukundan, asbob va 
mashinalarning turli detallarini tayyorlashda esa to‘kilish massasi katta 
kukunlardan foydalanish lozim. 
Oquvchanlik-kukunning qolipni to‘ldira olish qobiliyatidir. U ma’lum diametrli 
teshik orqali kukunning o‘tish tezligi bilan xarakterlanadi. Kukun zarralarining 
o‘lchami kamayishi bilan uning oquvchanligi yomonlashadi. 
Kukunning qolipni bir tekis to’ldirishi va presslashda zichlanish tezligi ko‘p 
jihatdan oquvchanlikka bog’liq. 

Download 1,15 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mashinasozlik materiallari 11-Mavzu: Kukun metallurgiyasi asoslari

Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish