haraktlanayotgan kukun zarrachalari bir-biri bilan to‘qnashib, ultradisperss
zarrachalar bug‘-gaz oqimi ta’sirida filtrlarga o‘tadi. Qurilmada ikkita maxsulotni
bo‘shatish nuqtasi bor:
1) cho‘kish kamerasi, 2) filtrlar. Kukunning cho‘kish
kamerasi (5) va filtrda (6) to‘planishiga qarab u qabul qiluvchi idishlarga
bo‘shatiladi.
11.2-rasm.
Yangi
tipdagi
plazmokimyoviy
reaktor
:
1
-korpus,
2-
plazmagenerator, 3-koaksial tirqishlar, 4-soplo, 5,7-silindrlar, 6-teshik, 8-
kesik, 9-elektrokalorifer, 10-chiqish teshiklari
Reaktordagi plazma xolatidagi maxsulotning tiklanish jarayoni juda qisqa vaqtda
sodir bo‘ladi. Reaktordagi plazma xolatidagi maxsulot haroratining tez tushib
ketishi oqibatida ma’lum miqdordagi volfram kukunlari tiklanmay qoladi.Ushbu
xolatni to‘g‘rilash maqsadida quyidagi tuzilishga ega bo‘lgan,
yangi turdagi
reaktor taklif etilmoqda. 11.2-rasmda yangi turdagi
plazmakimyoviy reaktorning
ko‘ndalang kesimi bo‘yicha chizmasi keltirilgan.
Plazmagenerator molibden va zanglamas po‘latda tayyorlangan ikkita silindrlardan
tashkil topgan. Korpusning markaziy o‘qi bo‘ylab koksial o‘rnatilgan ikkita yarim
silindrlar (5) va (7) o‘rnatilgan. Markazda o‘rnatilgan (5) silindrda, uning butun
yuzasi bo‘ylab gazsimon rengentni uzatish uchun shaxmat tartibida joylashtirilgan
sopel vazifasini bajaruvchi tangensial teshik (6) lar o‘rnatilgan.
Silindrlar
oralig‘iga haydalayotgan vodorodni qizdirish uchun molibden simidan yasalgan
qizdirgich o‘rnatilgan.
Olingan kukunlarni tadqiq qilish shuni ko‘rsatdiki, yangi turdagi reaktor bilan
jihozlangan qurilma cho‘kish kamerasida deyarli kukun topilmadi, bu volfram uch
oksidini qariyb to‘liq tiklanganligi va volframning UDKlari fil’trlarga
tushganligidan dalolat beradi. Shunday qilib yangi
plazmokimyoviy reaktorda
o‘tkazilgan texnologik sinov tahlillaridan kelib chiqib quyidagi xulosalarni qilish
mumkin:
-xomashyoni qayta ishlash miqdori 95% ga ortadi;
-jarayonni boshqarish yaxshilanadi hamda volfram
UDK olindi;
-
granulometrik tarkibning bir xilligi ortdi;
-
tiklash jarayoni ketadigan vaqt qisqardi;
-to‘liq tiklangan plazma kukuni quyidagi tavsiflarga ega bo‘ldi: maxsulot
tarkibidagi kislorod miqdori 0,5 % va
Fisher bo‘yicha volfram donalarining
o‘lchami 0,07-0,09 mkm.
Maxsulot ishlab chiqarish jarayonida material
yoki yarim tayyor mahsulot,
xomashyo shakli, xossalari va holatini o‘zgartiradigan usullar majmuyiga