|
Bulung‘ur tuman 2-son kasb-hunar maktabi mustaqil ish mavzu
|
Sana | 03.02.2024 | Hajmi | 132,38 Kb. | | #151001 |
Bog'liq Kiyimdagi nuqsonlar turlari
BULUNG‘UR TUMAN 2-SON KASB-HUNAR MAKTABI
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Yangi turdagi matolarga ishlov berish hususiyatlari. Yangi turdagi matolardan tikiladigan kiyim qirqimlariga ishov berish usullarini takomillashtirish.
Fan nomi:
|
Ayollar kiyimi tikish texnologiyasi
|
Guruh:
|
102
|
Bajardi:
|
Sayfiyeva Dildora
|
Tekshirdi:
|
Narboyeva Muqaddas
|
Yangi turdagi matolarga ishlov berish hususiyatlari. Yangi turdagi matolardan tikiladigan kiyim qirqimlariga ishov berish usullarini takomillashtirish.
Reja:
1. Matolarga ishlov berishda bajariladigan ishlar va ularning bosqichlari
2. Matolarga texnik tayyorlash texnologik jarayoni.
3. Matolarga tajriba sexida ishlov berish usullari.
4. Ustki kiyimlardagi vitochka qirqimlariga ishlov berish.
6. Oldi va orqa bo`lak koketkalariga ishlov berish usullari.
1. Matolarga ishlov berishda bajariladigan ishlar va ularning bosqichlari. Kiyim turlari doimo va uzluksiz yangilanib turadi. Har yili yengil sanoatda bichig‘i va fasoni xilma-xil bo‘lgan yangi modellar ishlab chiqarishga joriy qilinadi. Kiyimning asosiy boshlang‘ich materiali bo‘lgan gazlamalar faqat struktura, tashqi ko‘rinish va rangbaranglik jihatidangina emas, balki xususiyat va tola jihatidan ham to‘xtovsiz o‘zgarib turadi. Kiyim ishlab chiqarish bir nechta bosqichlarda amalga oshiriladi: 1. Model yaratish va konstruksiyasini tuzish (tikuv korxonasining tajriba sexida amalga oshiriladi). 2. Gazlamalarni bichishga tayyorlash (tayyorlov sexida amalga oshiriladi). 3. Gazlamalarni bichish (bichish sexida bajariladi). 4. Buyum tikish (tikuv sexida tikiladi). 5. Buyumni pardozlash (pardozlash yoki tikuv sexida bajariladi).
2. Matolarga texnik tayyorlash texnologik jarayoni. Ishlab chiqarishni tashkiliytexnik jihatdan tayyorlashning dastlabki bosqichi kiyimlar modelini yaratish hisoblanadi. Model — tayyorlanadigan kiyimning fasoni hamda shakl namunasidir. Kiyimning yangi modeli modalar uyida hamda malakali rassommodelchi yoki modeler-konstruktorlarga ega bo‘lgan tikuvchilik korxonalarida yaratiladi. Model yaratish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: gazlama ustida ishlash va model eskizini ishlab chiqish; gazlama va qo‘shimcha bezak materiallarni tanlash; model eskizini korxona bosh muhandisi boshchiligidagi muhandis-texnik xodimlardan iborat badiiy-texnik kengashda tasdiqlash; eskiz bo‘yicha buyumni rassom-modelchi va texnologik laborantlar hamkorligida mulyaj uslubi bilan bichish va tikish; yangi modeldagi kiyimni badiiy-texnik kengashda ko‘rib chiqish va katta badiiy-texnik kengashga tavsiya etish. Katta badiiy-texnik kengash tarkibiga tikuvchilik sanoati, modalar uyi va savdo tashkilotlari xodimlari kiradi. Katta badiiy-texnik kengashdan o‘tgan modellar ommaviy ishlab chiqarishga tavsiya etiladi. Modellarni ishlab chiqarishni texnik tayyorlash tikuvchilik korxonasining tajriba sexida amalga oshiriladi.
3. Matolarga tajriba sexida ishlov berish usullari. Tajriba sexi ishlab chiqarishning asosiy sexlaridan biri bo‘lib, bu yerda quyidagi ishlar bajariladi, 1. Model yaratish va konstruksiyasini tuzish, 2. Model namunalarini tikish, 3. Andazalar tayyorlash, 4. Buyumga gazlama sarf normalarini aniqlash, 6. Gazlamalarning fizik-mexanik xususiyatlarini tekshirish. Bu ishlarni bajarish uchun sexda xodimlar quyidagi guruhlarga ajratilgan 1. Modelchi-konstruktorlar guruhi, 2. Texnologik guruh, 3. Normalovchilar guruhi, 4. Andazachilar guruhi, 5. Gazlamalarning fizik-mexanik xususiyatlarini aniqlash laboratoriyasi. Yangi modeldagi buyumning konstruksiyasini konstruktor tuzib chiqadi va konstruksiyani tekshirish maqsadida namuna tikiladi. Namuna tikish jarayonida konstruksiyaga o‘zgartirishlar kiritib boriladi. O‘zgartirish kiritilgan konstruksiya bo‘yicha yana ikkinchi namuna tikiladi va ushbu jarayonda konstruksiya bo‘yicha etalonandaza tasdiqlanadi. Etalonandaza o‘rtacha o‘lcham-bo‘yga yaratilganligi uchun texnikkonstruktor ushbu model tavsiya etilgan boshqa o‘lcham-bo‘ylarga ko‘paytiradi. Agar model modalar uyida yaratilgan bo‘lsa, unda tikuv korxonaning tajriba sexiga modelning namunasi, tavsiya etilgan hamma o‘lchambo‘ydagi andazalar hamda modelning texnik hujjati keltiriladi. Bunda konstruktor namuna va andazalarni texnik hujjatga solishtiradi. Andazalar qanchalik to‘g‘ri qilinganligini aniqlash maqsadida model namunasi tikiladi. Tajriba sexi konstruktorlari etalon-andaza qanchalik to‘g‘ri qilinganligini aniqlab chiqib, shu sexdagi andaza tayyorlash guruhiga beradi. U yerda uch xil andaza tayyorlanadi a) ishchi andazalar detallarni bichish, bo‘rlamalar tayyorlash uchun ishlatiladi, b) yordamchi andazalar vitachka, cho‘ntak, tugma, izma joylari va h.k.ni belgilash uchun ishlatiladi, d) qo‘shimcha andazalar kiyim detallarini tekislab qirqish uchun ishlatiladi. Ishchi andazalar 5 ta komplektda tayyorlanadi. Ulardan ikkitasi tajriba sexida gazlama sarflash normasini aniqlash uchun, bittasi tayyorlov sexida bo‘rlama tayyorlash uchun, ikkitasi bichish sexiga nuqsonli gazlamalarni bichish va bo‘rlamalarda, o‘chib ketgan joylarini bo‘rlash uchun ishlatiladi. Andazalar 0,9—1,2 mmli qattiq kartondan tayyorlanadi. Qo‘shimcha andazalar qirqimiga tunuka-mag‘iz qoplanadi. Ko‘p ishlatiladigan andazalar duralumin yoki boshqa metall tunukalardan tayyorlanishi mumkin.
4. Ustki kiyimlardagi vitochka qirqimlariga ishlov berish. Ust kiyimdagi vitachkalar asosan qirqma bo‘ladi. Bunday vitachkalarni tikish uchun old bo‘lak o‘ngini ichkariga qilib qo‘yiladi, qirqimlari tekislanib, belgilangan chiziq bo‘ylab biriktirib tikiladi. Vitachka choki to yo‘q bo‘lguncha toraytirib boriladi va vitachka qirqimi oxiridan 1-1,5 sm o‘tkazib tugatiladi. Qirqma vitachkalar uchlari tagiga uzunligi 5-6 sm bo‘lgan jun, ip gazlama bo‘laklari qo‘yib tikiladi. Vitachkalarni maxsus yostiqlari bor pressda yoki dazmolda yorib dazmollanadi. Yaxlit vitachkalarni, b) old bo‘lak teskarisiga uchta chiziq-o‘rta chiziq, konstruksiya chizig‘i va vitachka oxirini cheklab turadigan chiziq chizib belgilanadi. Vitachkalar o‘rta chiziq bo‘ylab buklanadi va konstruksiya chizig‘i bo‘ylab biriktirib tikiladi. Vitachkaning bittasini qirqimdan boshlab uchi tomon, ikkinchisini esa uchidan qirqim tomon biriktirib tikiladi. Vitachkaning qiya yo‘nalishdagi tomonini mashina platformasi tomondan qo‘yiladi. Biriktirib tikayotganda vitachkaning butun uzunligi bo‘ylab yoki uchining o‘ziga vitachka uzunligining cheklaydigan chiziqdan 1,5-2 sm o‘tkazib jun gazlamadan, jun zig‘irtola va ip gazlamadan yoki noto‘qima materiallardan parchalar qo‘yiladi. Vitachka yorib dazmollanadi. Vitachka uchida hosil bo‘lgan solqa kirishtirib dazmollanadi. Bel chizig‘idan boshlanadigan yaxlit vitachkalarni va ko‘krak vitachkalarni butun uzunasi bo‘ylab yon qirqim tomondan gazlama parchasi qo‘yib tikiladi.
Qirqma (a) va yahlit (b) vitochkalarni qo`shimcha gazlama qo`yib tikish
5. Oldi va orqa bo`lak koketkalariga ishlov berish usullari. Old bo‘lak koketkalari ko‘rinishining tuzilishiga ko‘ra to‘g‘ri, ovalsimon, shakldor, alohida bichilgan va asosiy detal bilan yaxlit bichilgan bo‘lishi mumkin. Koketkalar asosiy detalga biriktirma, bostirma, qo‘yma yoki bo‘rtma chok bilan ulanadi. Koketkani asosiy detalga biriktirishdan oldin asosiy detalda taxlamalar, bo‘rtma choklar, vitachkalar tikib olinadi yoki burmalar hosil qilinadi. Òo‘g‘ri va ovalsimon shakldagi koketkalar biriktirma chok bilan ulanganda koketka asosiy detalga o‘ngini o‘ngiga qilib, qirqimlarini to‘g‘rilab koketka tomondan 1,0 sm kenglikdagi chok bilan biriktiriladi. Chok koketka tomonga yotqizib dazmollanadi. Modelga muvofiq bezak baxyaqator mo‘ljallangan bo‘lsa, dazmollangandan keyin ma’lum kenglikda baxyaqator yuritiladi. Koketka asosiy detalga bostirma chok bilan ulanadigan bo‘lsa, koketkaning teskarisi tomonga yordamchi andaza bilan pastki ziy bukish chizig‘i, asosiy detalga esa koketkaning ziy chizig‘i chiziladi. Koketkaning pastki qirqimi qolip yordamida falspressda yoki dazmolda bukib dazmollanadi. Koketkaning pastki ziyini oldin maxsus mashinada yoki qo‘lda bukib, ko‘klab olinadi. Koketkani uning o‘ngini yuqoriga qilib, pastki ziyi asosiy detal o‘ngi ustiga qo‘yib bukilgan ziyini asosiy detaldagi belgilangan chiziqqa to‘g‘ri keltirib qo‘yiladi va koketka ziyidan modelga muvofiq kenglikda bostirib tikiladi.
6. Kiyimni orqa bo`lagidagi kesimni ishlash usullari. O‘rta chokda yoki yon choklarda ajratib qirqib hosil qilingan joy kesim deyiladi. Kesim hosil qilish uchun bichiqda tikish haqi qoldiriladi. Kesimlar kiyim bezagi yoki kiyishda qulay bo‘lish vazifasini bajaradi. Kesimlarning uzunligi kiyim uzunligiga va modelga bog‘liq. Ort bo‘lak chap va o‘ng qismlarining teskari tomoniga andaza qo‘yib, kesimning ziylari belgilab olinadi. Kesim ziylari barqaror bo‘lishi uchun uning teskari tomoniga yelimli qotirma materialdan yoki ip gazlamalardan (kolenkor, bo‘z) bo‘ylamalar va yelim uqa belgilangan chiziqlar bo‘ylab qo‘yiladi. Bunda qotirmani belgi chiziqdan 0,5 sm narida, uqani esa belgi chiziqning o‘ziga to‘g‘rilab qo‘yiladi. Qotirma va uqa etakning bukilish chizig‘ida tugashi kerak. Ort bo‘lak o‘ng qismida pastki burchagining biriktirib tikish chizig‘i qo‘shimcha bo‘rlanadi va 0,5-0,7 sm chok haqi qoldirib, ortiqcha gazlama kesib tashlanadi. Kesim pastki burchak qirqimlari tekislanib, belgilangan chiziq bo‘ylab 0,5-0,7 sm kenglikda biriktirib tikiladi. Chok yorib dazmollanadi va o‘ngiga ag‘dariladi. Ort bo‘lak chap qismining pastki qirqimi etakdagi belgilangan chiziq bo‘ylab o‘ngi tomonga bukiladi. Kesim qirqimi bo‘ylab uqadan 0,1-0,2 sm oraliqda ag‘darma chok tikiladi. Chok yorib dazmollanadi va kesim burchagi o‘ngiga ag‘dariladi, shu bilan birga, kesim qirqimi maxsus mashinada ko‘klab bukiladi.
Ort bo‘lak chokining kengligi 1,0 sm bo‘lib, uning baxyaqatori kesimga chiqarilgan joyning yuqori qirqimidan 1,0 sm narigacha o‘tadi. Ort bo‘lak o‘rta chokiga bezak baxyaqator yuritiladigan bo‘lsa, unda o‘rta chok 1,0 sm emas, balki bezak chok kengligidan 0,5 sm enliroq bo‘ladi. Bunda ort bo‘lak choki chap tomondan 0,5 sm qoldirib qirqib tashlanadi. Kesim yuqorisida chokni kertib, uni yotqizib yoki yorib dazmollanadi. Ayni vaqtda kesim ziylari dazmollanadi. Ort bo‘lak kesimining yuqori tomonini belgilangan qiya chiziq bo‘ylab mashinada baxyaqator yuritib puxtalanadi. Bezak baxyasiz modellarda ort bo‘lak chap qismida ham, o‘ng qismida ham kesimga chiqarilgan joyga belgilangan chiziq bo‘ylab, yelim plyonka qo‘yiladi yoki maxsus mashinada yashirin bezak baxyaqator yuritiladi.
Ort bo`lak kesimini puhtalash.
|
| |