• «Seksiya, o‘ngga (chapga, o‘rtaga) JIPSLAN (yugur, jipslan)»
  • «Seksiya, qadam BOS» («Shaxdam qadam BOS». «YUGUR»)
  • «Seksiya, TO ‘XTA»
  • Salomlashish




    Download 43,78 Kb.
    bet1/4
    Sana28.05.2024
    Hajmi43,78 Kb.
    #255861
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Chaqiriqqa qadar boshlangich tayyorgarlik. 11-sinf (2018, Sh.Ubaydullayev, B.Gafurov)




    Bosh kiyimsiz salomlashish. Harbiycha salom berish aniq, mardona, qadni rostlash va harakat qilish qoidalariga rioya qilgan holda bajariladi.
    Bosh kiyimsiz, safdan tashqarida va boshliq (unvoni katta kishi)dan uch- to ‘rt qadam narida turgan vaqtda harbiycha salom berish uchun qad rostlanadi, boshliq (unvoni katta)ning yuziga qarab, bosh u ketayotgan tomonga buriladi.
    Bosh kiyim kiyilganda salomlashish. Agar bosh kiyim kiyilgan bo‘lsa, o‘ng qoTni eng oson (qisqa) yoT bilan bosh kiyimga (chakkaga) shunday tekkizish kerakki, unda barmoqlar jips, kaft to ‘g‘ri boTadi, o ‘rta barmoq bosh kiyimning quyi qismiga (soyabon yoniga) (chakkaga) tegadi, tirsak esa yelka chizigT va balandligida boTadi (30-rasm), bosh boshliq (unvoni katta) tomon burilganda, qoTning bosh kiyim (chakkaning) yonidagi holati o‘zgarmaydi (31-rasm).
    Boshliq (lavozimi katta) harbiychasiga salom berayotgan harbiy xizmatchining yonidan o ‘tib ketayotganda, boshini to‘g‘ri tutib, shu vaqtning o ‘zida qo‘lni tushirishi kerak.
    Safdan tashqaridagi bosh kiyimsiz harakat chog‘ida harbiycha satom berish. Safdan tashqaridagi bosh kiyimsiz harakat chog‘ida harbiycha salom berish uchun boshliqqa uch-to‘rt qadam qolganda oyoqni yerga qo‘yish bilan bir vaqtda qo‘llar harakati to ‘xtatiladi, bosh boshliq (unvoni katta) tomon buriladi, uning yuziga qarab, harakat davom ettiriladi. Boshliq (unvoni katta)ning yonidan o‘tib bolgandan so‘ng, bosh to‘g‘ri tutilib, qo‘llar harakati davom ettiriladi.
    Safdan tashqaridagi bosh kiyim kiyilgan paytda hcirakat chog‘ida harbiycha salom berish. Safdan tashqaridagi bosh kiyim kiyilgan paytda oyoqni yerga qo‘yish bilan bir vaqtda o‘ng qo‘lning uchi bosh kiyimga (chakkaga) taqaladi, chap qo‘l esa yonboshga tekkizilib, harakatsiz ushlab turiladi; boshliq (unvoni katta)ning yonidan o‘tib bo‘lgach, bir vaqtning o ‘zida chap oyoq yerga tegishi bilan bosh to‘g‘ri tutilib, o‘ng qo‘l pastga tushiriladi.
    Safdan tashqaridagi boshliq (unvoni kattajni quvib o ‘tishga to‘g ‘ri kelib qolganda harbiycha salom berish. Boshliq (unvoni katta)ni quvib o ‘tishga to‘g‘ri kelib qolganda, undan bir qadam o ‘zish bilanoq, harbiycha salom beriladi. Ikki qadam o‘zgach, boshni to‘g‘ri tutib, o‘ng qo‘l pastga tushiriladi.
    Agar harbiy xizmatchining qo‘llari yuk bilan band bo‘lsa, boshni boshliq (unvoni katta) tomon burish bilan harbiycha salom beriladi.
    Seksiya tekislanayotganda yoyilish vaqtida belgilangan oraliq masofa (interval) saqlanib qoladi.
    Seksiyani yig'ish uchun turgan joyda «Seksiya, o‘ngga (chapga, o‘rtaga) JIPSLAN (yugur, jipslan)» komandasi beriladi. Darrov bajariladigan komanda berilganda, o ‘ziga qarab jipslanishi kerak bo‘lgan harbiy xizmatchidan boshqa harbiy xizmatchilar u tomonga buriladi, shundan so‘ng mayda qadam bilan tez yurib (yugurib) jipslanadigan saf uchun belgilangan intervalga yetib kelishadi, yetib kelgach, mustaqil ravishda to‘xtab, chapga (o‘ngga) burilishadi.
    Seksiya harakat qilishi uchun «Seksiya, qadam BOS» («Shaxdam qadam BOS». «YUGUR») komandalari beriladi. Zarur hollarda harakat yo‘nalishi va tekislanish tarafi aytiladi: masalan, «Seksiya, falon narsaga qarab, o ‘ngga (chapga) TEKISLAN», «Qadam BOS» («Shaxdam qadam BOS», «YUGUR»).
    «QADAM BOS» komandasi berilganda, barcha harbiy xizmatchilar tekislikni, interval va oraliq masofalami saqlagan holda birgalikda yura boshlaydi.
    Agar tekislanish tomoni aytilmagan bo‘lsa, boshni burmasdan o‘ng tomonga qarab, tekislanish amalga oshiriladi.
    Seksiyani harakatdan to ‘xtatish uchun «Seksiya, TO ‘XTA» deb komanda beriladi.
    Safda turgan vaqtda u yoki bu tomonga bir necha qadam siljish uchun

    Download 43,78 Kb.
      1   2   3   4




    Download 43,78 Kb.