|
Salomlashish
|
bet | 2/4 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 43,78 Kb. | | #255861 |
Bog'liq Chaqiriqqa qadar boshlangich tayyorgarlik. 11-sinf (2018, Sh.Ubaydullayev, B.Gafurov)«Seksiya, o ‘ng-GA (chapga)», saf burilganda keyin esa «Falon qadam olg‘a qadam BOS» deb komanda beriladi. Harbiy xizmatchilar aytilgancha qadam bosgach, «Seksiya, chap-GA (o‘ngga)» komandasiga ko‘ra dastlabki holatga buriladi.
Oldinga yoki orqaga bir necha qadam yurish uchun «Ddd qadam olg‘a (ortga) qadam BOS» komandasi beriladi. Komanda berilgach, ikki qadam olg‘a (ortga) bosiladi va oyoqlar juftlanadi. 0 ‘ngga, chapga va ortga qadam bosganda, qo‘llar harakatlantirilmaydi. Zarur hollarda erkin yurish uchun
«ERKIN» komandasi beriladi. Yelkani burish bilan harakat yo‘nalishini o ‘zgartirish «Seksiya, chap (o‘ng) yelka OLDINGA» (harakat chog'ida esa
«YUR») deb komanda beriladi.
Ushbu komanda berilganda, seksiya chap (o‘ng) yelkani oldinga chiqara boshlaydi:
oldinga chiqadigan qanotda turgan kishi boshini old tomon burib, to ‘liq qadam tashlaydi, harakat chog‘ida joyidan qimirlamaydigan qanotda turganlarni siqib qo‘ymaydigan usulda yuradi;
qimirlamaydigan qanotda turgan kishi joyida qadam tashlab, oldinga chiqayotgan qanotdagilarga mos ravishda asta-sekin chapga (o‘ngga) burila boshlaydi;
qolganlar oldga chiqib, burilayotgan tomonga boshni burmasdan qaragan holda old tekislikni saqlaydi, yurmayotgan qanotda turgan qo‘shnisiga tirsagi tegib turadi, o ‘sha qanotga qancha yaqin turgan bo‘lsa, shuncha kichik qadam tashlaydi.
Seksiya yetarli darajada burilgandan keyin «TO‘G‘RIGA» yoki «Seksiya — TO ‘XTA» komandasi beriladi.
Seksiyani bir sherengadan ikki sherengaga qayta tizish uchun «Seksiya, bir-ikki deb SANA» komandasi bo‘yicha oldindan hisob-kitob qilinadi.
Ushbu komanda bo‘yicha har bir harbiy xizmatchi o‘ng qanotdan boshlab tezda navbati bilan chap yonida turgan harbiy xizmatchi tomon boshini burib, o ‘z raqamini aytadi va zudlik bilan boshini to ‘g‘ri tutadi; chap qanotda turgan harbiy xizmatchi boshini burmaydi.
Umumiy sanash ham xuddi shu tartibda o‘tkaziladi, buning uchun
|
| |