Tuproq suv rezkimi




Download 38,71 Kb.
Sana25.01.2024
Hajmi38,71 Kb.
#145148
Bog'liq
Uychi tumani11


Yer osti suvlari'l - Yer poʻstining yuqori qismidagi togʻ jinslari qatlamlarining gʻovak boʻshlikdarida joylashgan suyuq, qattiq (muz), bugʻsimon holatdagi suvlar. Ye.o.s. umumiy suv resurslarinkt bir qismi boʻlib , suv taʼminoti va sugʻorish manbai sifatida xalq xoʻjaligi uchun katta ahamiyatga ega. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ ahvoli grunt suvlarining holati bilan belgilanadi. Ye.o.s.ni gidrogeologiya fani oʻrganadi. Suv molekulyar kuchlar tutib turadigan bogʻlangan hamda ogʻirlik kuchi yoki bosim farqi taʼsirida harakatda boʻladigan gravitatsion yoki erkin holatda boʻlishi mumkin. Bogʻlanmagan suv bilan toʻyingan togʻ jinslari qatlamlari suvli gorizont deyiladi, ular suvli komp-lekslarni hosil qiladi. Ye.o.s. suv saqlovchi jinslarda tuplanish harakteriga koʻra gʻovak (yumshoq jinslarda), dara (tomir) — qattiq jinslarda va karst (gʻor) (darz-karst-yengil eriydigan karbonat va gipsli jinslarda) suvlariga boʻlinadi. Joylashish sharoitiga koʻra Ye.o.s. tuproq suvi (qarang Tuproq suv rezkimi), mavsumiy suvlar (yuza suvlar; aeratsiya zonasidagi suv saklovchi qatlamlar ustida yogʻinlar yoki sugʻorish suvlarining shimilishidan hosil boʻladi); grunt suvlari (yer yuzasiga eng yaqin birinchi suv oʻtkazmaydigan qatlam ustida toʻplanadi) va qatlamlararo (bosimsiz, bosimli, artezian, suv oʻtkazmaydigan qatlamlar oʻrtasida joylashgan suvli qatlamlar) suvlarga boʻlinadi.
Kelib chiqishiga koʻra Ye.o.s. atmosfera yogʻinlari, daryo va sugʻorish suvlarining shimilishi natijasida hosil boʻluvchi infiltratsion; togʻ jinslari qatlamlarida suv bugʻlarining quyuqlashuvidan hosil boʻluvchi kondensatsion; choʻkindi togʻ jinslari paydo boʻlish jarayonida dengiz suvlarining koʻmilib qolishi natijasida hosil boʻlgan sedimentatsion va magma soviganda yoki Yer mantiyasidan chiqadigan yuvinil suvlariga boʻlinadi. Ye.o.s. ning yer yuziga tabiiy chiqishi bulok, (chashma) deyiladi va oqib chiquvchi va qaynab chiquvchi (qaynar buloq)larga boʻlinadi.
E.o.s. tabiiy eritmalar boʻlib, tarkibida deyarli barcha maʼlum kimyoviy elementlar uchraydi. Minerallashuvi (suvda erigan moddalarning umumiy miqdori, g/l) boʻyicha Ye.o.s. chuchuk (1,0 gacha), shoʻrtam (1,0—10,0), shoʻr (10,0—50,0) va namakob (50 dan koʻp) turlariga boʻlinadi. Harorati boʻyicha esa sovigan (4° gacha), sovuq (4—20°), iliq (20—37°), issiq (37-42°), qaynoq (42—100°) va oʻta qaynoq (100° dan yuqori) Ye.o.s. ga boʻlinadi.
Infiltratsion suv tabiatda keng tarqalgan, qolganlari sof holda juda kam uchraydi. Aholi, sanoat va yaylovlarni suv bilan taʼminlashda, yerlarni sugʻorishda, tibbiyotda (mineral suvlar), issiqlik bilan taʼminlashda (issiq suvlar), har xil tuz va kimyoviy elementlar (yod, bor, brom va b.) olishda Ye.o.s. dan foydalaniladi. Ye.o.s. yerlarning botqoqlanishi va shoʻrlanishiga sabab boʻladi. Bunga qarshi kurashish uchun ochiq va yopiq gorizontam drenajlar va burgʻi quduqlari kavlanadi. Choʻllarda Ye.o.sdan keng foydalanildi. Qoraqum, Qizilqum va Ustyurt yaylovlari asosan Ye.o.s. bilan taʼminlangan.
U rta Osiyo hududida 150 dan ortiq yirik Ye.o.s. konlari anikdangan. Ularning har yili tiklanib turadigan ekspluatatsion zaxirasi 1500 m3/s dan ortiq, chuchuk suvlar hissasi 1000 m3/s yaqin, qolgan qismi esa turli darajada (2—3 dan 15 g/l gacha) minerallashgan. Oʻrta Osiyoda 40 mingdan ortiq foydalaniladigan burgʻi quduqlari mavjud, ulardan 5 mingga yaqini suvi otilib chiqadigan artezian quduqlaridir; ularning koʻpchiligidan ekinlarni sugʻorishda foydalaniladi 
Uychi tumani 1935-yil iyun oyida tashkil topgan. Tumanning umumiy maydoni 309,8 kv km. Aholisi 184 ming 47 nafar. Tuman markazi Uychi shaharchasi boʻlib, u Namangan-Uchqoʻrgʻon avtomagistral yoʻlida joylashgan.
Tabiati. Relyefi, asosan, tekislik. Shimoli-sharqiy qismi adirlardan iborat. Iklimi kontinental. Yanvarning oʻrtacha harorati — 2,3°, eng past temperatura — 26°. Iyul oyining oʻrtacha temperaturasi 26,3°, eng yuqori temperatura 42°. Yillik yogʻin 188 mm, vegetatsiya davri 280—290 kun. Tuman hududidan Norin daryosi, Shimoliy Fargʻona va Katta Namangan kanallari oqib oʻtadi. Tuproklari, asosan, och tusli boʻz va allyuvial tuproqlar. Yovvoyi oʻsimliklardan qamish, ajriq, pechak, shoʻra, adirlarda shuvoq oʻsadi. Qushlardan qaldirgʻoch, bulbul, bedana, gʻurrak, qargʻa, sassiqpopishak; sudraluvchilardan kaltakesak, toshbaqa, ilon, kemiruvchilardan yumronqoziq, kalamush, sichqon va boshqa bor.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar; qisman, tojik, rus, tatar, qirgʻiz va boshqa millat vakillari yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 555 kishi.
Xoʻjaligining asosiy tarmogʻi qishloq xoʻjaligidir. Paxtachilik, gʻallachilik yetakchi oʻrinda. Sanoat korxonalaridan „Ipakchi“, „Yigiruvtoʻquv“, „Notoʻqima mato“ korxonalari, paxta tozalash zavodi, „AlJahon“ Oʻzbekiston—Xitoy choy qadoqlash qoʻshma korxonasi mavjud. 900 dan ziyod kichik korxona bor. Tumanda irrigatsiya oʻrmon xoʻjaligi, davlat oʻrmon xoʻjaligi, Bogʻdorchilik, tokchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituta filiali, koʻchat yetishtirish xoʻjaligi mavjud. Tuman hududidagi 256 km yoʻldan 78 km viloyat va respublika ahamiyatiga ega boʻlgan transport yoʻllaridir. Toshkent—Andijon temir yoʻl ham tuman hududidan oʻtgan.
Tumanda 13 shirkat, 203 fermer, 1 tajriba xoʻjaligi, burdoqichilik bazasi, parrandachilik fabrikasi fermasi, viloyat naslchilik korxonasi faoliyat koʻrsatadi.
Qishloq xoʻjaligida sugʻoriladigan yerlar 20,7 ming ga, ekinzorlar 14,9 ming ga, shu jumladan, 8,1 ming ga yerga paxta, 5,5 ming ga yerga gʻalla, shuningdek, kartoshka, sabzavot va poliz hamda turli xil ekinlar ekiladi. Tuman jamoa va xususiy xoʻjaliklarvda qoramol, koʻy, parranda boqiladi.
46 umumiy taʼlim maktabi, 1 maxsus maktabinternatda 42,4 ming oʻquvchi, 4 kasb xunar kollejida 2,6 ming talaba taʼlim oladi. 34 jamoat kutubxonasi, 46 maktab kutubxonasi, 4 kasbxunar kollejlari kutubxonasi boʻlib, ularda 545,5 ming kitob bor. Madaniyat saroyi, 14 qishloq madaniyat uyi, Xalq muzeyi, 6 Xotira va kadrlash uyi, 1 madaniyat va istiroxdt bogʻi mavjud. Tumanda sportning 14 turi boʻyicha mashgʻulotlar olib boriladi. Sport majmuasi, „Sogʻlom avlod“ sport markazi, bir qancha stadion, sport maydonchalari bor.
Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, 4 qishloq uchastka kasalxonasi, 13 qishloq vrachlik punkta, bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi, sil kasalligiga qarshi dispanseri, 4 vrachlik ambulatoriyasi ishlab turibdi. Statsionarda oʻrinlar soni 910. Ularda 262 vrach, 1436 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Har 10 ming aholiga 15,4 vrach toʻgʻri keladi. Tuman hududida qad. Devonabobo ziyoratgohi joylashgan. 1935-yil 20-martdan „Uychinoma“ tuman gaz. chiqadi.
Murodilla Haidarov, Hamidullo Mirzaahmedov. Uychi tumani maxsus internat maktabi binosi.
Tuman geografik joylashishi boʻyicha sharqdan Uchqoʻrgʻon tumani bilan, janubdan Norin va Namangan tumanlari bilan, gʻarbdan Namangan shahri bilan, shimoldan Chortoq tumani bilan hamda shimoliy-sharq tomondan 14,2 km masofada Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaralanadi. Tuman xududida 7 ta qishloq 3 ta shaharcha boʻlib, qishloqlarda 130,6 ming, shaharchalarda esa 53,4 ming kishi yashab kelmoqda. Aholining asosiy qismini oʻzbeklar tashkil etadi. 1 kv. kmga 572 kishi toʻgʻri kelmoqda, oʻzbeklar 182,4 ming kishi, Qirgʻizlar 1,3 ming kishi, ruslar 57 kishi, tatarlar 112 kishi, tojiklar 38 kishi, qrim tatarlar 61 kishi, ukrainlar 5 kishi, moldavanlar 4 kishi, qozoqlar 7 kishi va boshqa millatlar 22 kishini tashkil etadi. Aholi soni jihatidan Uychi tumani, viloyatda tumanlar oʻrtasida ikkinchi oʻrinda turadi. Tumandagi 5 ta asosiy sanoat korxonalari mavjud boʻlib, ular tomonidan asosan ipak, bʼyaz, paxta tolasi, notoʻqimamato, temir beton buyumlari va har hil turdagi xalq isteʼmol mollari ishlab chiqariladi. 2007-yilda tumanda fermer xoʻjaliklari soni 686 taga yetdi. Bundan tashqari tumanda 1 ta parrandachilikka ixtisoslashtirilgan xissadorlik jamiyati mavjud.[2]
Download 38,71 Kb.




Download 38,71 Kb.