|
Yaxlit pedagogik jarayon reja
|
bet | 1/2 | Sana | 10.09.2024 | Hajmi | 198,83 Kb. | | #270842 |
Bog'liq Презентация1
YAXLIT PEDAGOGIK JARAYON Reja
Pedagogik jarayon tizim sifatida.
Yaxlit pedagogik jarayon haqida tushuncha. Pedagogik jarayon qonuniyatlari
Pedagogik jarayon bosqichlari.
Ta’lim va tarbiya ob’yekti va subyekti.
Yaxlit pedagogik jarayonni jadalashtirish
Yaxlit pedagogik jarayonni optimallashtirish.
Pedagogik jarayonni harakatlantiruvchi kuchlar.
Tayanch so’z va iboralar: Pedagogik jarayon, pedagogic tizim, tarbiya ob’ekti, jadallashtirish, optimallashtirish, tarbiyachi 1. Pedagogik jarayon tizim sifatida. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o’zaro tashkiliy hamkorlikda faoliyat ko’rsatuvchi barcha ko’rinishdagi maktabgacha tarbiya, o’rta umumiy ta’lim maktablari, o’rta maxsus o’quv yurtlari, oliy o’quv yurtlari, maktabdan tashqari tarbiya muassasalarining o’zaro uzviylikdagi tizimi pedagogik tizim deyiladi. Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) o’zaro bog`langan ko’plab elementlar (tarkibiy qismlar) o’rtasidagi mustahkam birlik va o’zaro yaxlitlikdir. Demak, ta’lim yaxlit tizim sifatida ko’plab o’zaro bog`liq quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi: ta’lim maqsadi, o’quv axborotlari, o’qituvchi va o’quvchilarning ta’limiy faoliyatlari, uning shakllari, pedagogik muloqot vositalari, shuningdek, ta’lim jarayonini boshqarish usullari.
Ta’lim jarayoni tuzilishining andozasi(modeli)
Ushbu tizim sharoitida ta’lim va tarbiya maqsadlarini amalga oshiruvchi jarayon pedagogik jarayon deyiladi. Pedagogik jarayonning rivojlanish dinamikasi uning ichki harakati, tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchi o’rtasidagi o’zaro munosabatlar xarakteriga, o’zaro ta’sir kuchiga bog`liq. Pedagogik jarayonni tashkil etishning o’ziga xosligi: tarbiya obhekti bir vaqtning o’zida tarbiya subhekti ham hisoblanadi. O’zaro faollikka asoslangan pedagog va tarbiyalanuvchi o’rtasidagi hamkorlik pedagogik o’zaro ta’sir tushunchasini to’laroq aks ettiradi. Subhekt bilan obhekt o’rtasida turli-tuman aloqalar mavjud: ..
Axborotxarakterida(o’zaroaxborotlaralmashinibturish).
Tashkiliy faoliyat aloqalari(o’zaro birgalikdagi faoliyat).
Kommunikativ aloqalar (muomala, munosabat).
Boshqaruv va o’z-o’zini boshqaruv aloqalari.
Pedagogik jarayon — o‘qituvchi yoki tarbiyachi, o‘quvchi yoki tarbiyalanuvchi orasidagi bilim berish va bilim olish, o‘rgatish o‘rganish, tarbiyalash maylida kechadigan munosabatlar tizimi.
Pedagogik tamoyil (prinsiplar) — o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabat orqali beriladigan bilim turi, hajmi va mazmuni, shuningdek, o‘quv qurollari va tarbiyalanuvchilarning ruhiy xususiyatlari o‘rtasidagi zaruriy bog‘liqliklardan kelib chiqqan qonuniyatga amal qilish.
Pedagogik tajriba — ta’lim-tarbiya beruvchi tomonidan pedagogikaning tamoyillari va ta’lim-tarbiya berishning muayyan usul va uslublarini to‘liq o‘zlashtirib hamda ularni amalda qo‘llashdagi real shart-sharoitlarni, bolalar jamoasi va har bir bolaning o‘ziga xosligini hisobga olgan holda amaliyotda tatbiq etish5.
|
| |