• 11.8-rasm. Tezkesar po’lat P6M5 bo’lgan matritsa
  • -rasm.  Matritsa diametri 184 mm bo’lgan tezkesar po’lat P6M5-po‘lat




    Download 1,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/13
    Sana31.01.2024
    Hajmi1,15 Mb.
    #149148
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    Engineering materials - lecture 11

    11.6-rasm. 
    Matritsa diametri 184 mm bo’lgan tezkesar po’lat P6M5-po‘lat 
    40XHM kompozitsiyasi
     
    Tezkesar po‘latdan tayyorlangan qo‘yilma P6M5 laboratoriya sharoitida atseton va 
    kaustik soda bilan tozalanadi, ishlab chiqarish sharoitida ultratovushli vannada 8-
    10 daqiqa davomida ushlab turiladi. Keyin 8-10 daqiqa davomida emulgator 
    qo‘shilgan xolatda tutib turiladi va quritiladi. Matritsani olishda oraliq qatlam 
    sifatida mis va nikel simlari ishlatiladi. Mis va nikel simlari diametri (0,1-0,6) mm 
    ni tashkil etadi. Qo‘yilmalar press-qolipga o‘rnatilishdan oldin mis va nikel 
    simlaridan tayyorlangan belbog‘ o‘rnatildi. 
    Press-qolip alyuminiy qotishmasidan tayyorlandi (11.7-rasm). Press-qolip 
    shakli va o‘lchamli bo‘lajak quyma mos ravishda ishlanadi. Press-qolipni 
    loyihalashda quyma krisstallanishi va sovushi jarayonida kirishishi hamda 
    mexanik ishlov uchun qo‘shimcha o‘lchamlar hisobga olinadi. Press-qolipni 
    loyihalashda qo‘yilmani aniq o‘rnatish uchun bo‘rtiqlari hisobga olinadi. 


     
    11.7-rasm. Penomodel uchun press-qolip 
    Quyma modeli dastlabki ishlov berilgan granula shaklidagi polistirol ishlatiladi. 
    Polistirol markasi ПСВЛ-0,315(0,5) markali polistirol qaynoq suvda yoki bug‘li 
    vannada dastlabki ishlov beriladi, keyin issiq havo (30...40
    O
    C) oqimida 4...6 
    daqiqa quritiladi. 
    11.8-rasm. Tezkesar po’lat P6M5 bo’lgan matritsa 


    Ishlov berilgan granula shaklidagi polistirol press-qolipga yuklanadi va oxirgi 
    ishlov avtoklavda berilib tayyor model olindi.Tayyor model press-qolipdan 
    chiqarilgandan so‘ng issiq havo (30...40
    O
    C) oqimida 4...6 daqiqa quritiladi va 
    kuyishga qarshi maxsus qoplama-buyoq bilan qoplanadi. Model issiq havo 
    (30...40
    O
    C) oqimida 1 soat davomida quriladi. 
    Tayyor modellar kollektorga biriktirilib, stoyakga (11.9-rasm) yig‘iladi. Stoykaga 
    yig‘ilgan modellar quymakorlik qolipga o‘rnatilib kvarts qumi bilan to‘ldirildi va 
    titrash ta’sirida jipslanadi. Quyish tizimi elementlari (ta’minlagich, shlak tutgich
    stoyag kanali diametri quyim va b) ko‘ndalang kesimi o‘lchamlari po‘lat quymalar 
    uchun adabiyotlarda o‘rnatilgan tartib asosida hisoblanadi. Modelga suyuq metall 
    sifon usulida yuboriladi. 
    Eritilgan po‘lat 1600-1650
    O
    C quyish tizimi orqali qolipga quyiladi. Po‘latni eritish 
    ИCT-0,16 induksion pechda amalga oshirladi. Qolipdan quymalar to‘liq 
    sovigandan keyin ajratib olinadi. Quymalarni tozalash drobli kamerada amalga 
    oshiriladi. Mexanik ishlov orqali matritsalar talab etilgan o‘lcham va yuza 
    tozaligiga keltiriladi. 

    Download 1,15 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 1,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm.  Matritsa diametri 184 mm bo’lgan tezkesar po’lat P6M5-po‘lat

    Download 1,15 Mb.
    Pdf ko'rish