|
Mavzu: elektr-shlak payvandlash rejimini hisoblash
|
bet | 1/2 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 131,99 Kb. | | #240230 |
Bog'liq 13-amaliy mashg\'ulot PAU
13-AMALIY MASHG‘ULOT
MAVZU: ELEKTR-SHLAK PAYVANDLASH REJIMINI HISOBLASH
Ishdan maqsad: Elektr-shlak payvandlash rejimini hisoblashni o‘rganish va ko‘nikma hosil qilish.
Elektr-shlak payvandlash – bu eritib payvandlash usuli bo‘lib, bunda chokni qizdirish uchun issiqlik, erigan shlak orqali o‘tayotgan elektr tok yordamida taominlanadi.
Elektr-shlak payvandlash usuli XX asrning 50-yillarida Ukraina fanlar akademiyasining elektr payvandlash institutida ishlab chiqildi. 1949-yilda G.Z. Voloshkevich birinchilardan elektrod simlari bilan elektr-shlak payvandlashni amalga oshirdi. 1955-yilda Novokramator mashinasozlik zavodida sanoat sharoitida yassi elektrodlar bilan elektr-shlak payvandlashni birinchi bo‘lib Y.A. Sterenbogen amalga oshira oldi.
Elektr-shlak jarayon, shlak vannasining 35–60 mm chuqurligida turg‘indir, bu uchun esa chok o‘zagining joylashishi tik holatda bo‘lishi kerak. Chok yuzasini majburiy sovitish uchun misdan yasalgan qurilma yordamidan foydalaniladi. Bu qurilma qizib ketmasligi uchun undan suv o‘tib turadi. Elektr-shlak payvandlashda elektr quvvatning barchasi shlak vannasiga o‘tadi undan esa elektrodga va payvandlanayotgan qirralarga o‘tadi. Jarayon turg‘un kechishi uchun shlak vannasida doimiy harorat 1900–2000°C bo‘lishi kerak. Payvandlanayotgan metallar qalinlik oralig‘i 20–3000 mm.
1 – s qalinlikdagi payvandlanayotgan detal; 2 – elektrod uzatish uchun mundshtuk; 3 – elektrod; 4 – shlak vannasining h chuqurligi; 5 – metall vannasining hm chuqurligi; 6 – qoliplaydigan polzun. Detallar bpay oraliqda tanlangan; lpay – elektrod chiqishi
1-rasm. Elektr-shlak payvandlash sxemasi
Elektr-shlak payvandlashda elektr toki shlakli vannadan o‘tayotib asosiy va qo‘shimcha metallni eritadi va eritmaning yuqori haroratini ushlab turadi.
Metallurgik jarayonlarning jadalligi elektr-shlak payvandlash rejimiga bog‘liq. Elektr-shlak payvandlashda payvandlash rejimiga quyidagilar qiradi: payvandlash vannasi va elektrod hududidagi kuchlanish Upay, elektrod simini uzatish tezligi ve, payvandlash toki Ipay, payvandlash tezligi vpay, shlak vannasining chuqurligi hs, elektrod simini quruq chiqish (mundshtukdan shlak vannasigacha bo‘lgan oraliq) uzunligi ls, elektrodlar soni n, qirralar orasidagi tirqish b, payvandlanayotgan metall qalinligi s.
Elektr-shlak payvandlashning parametrlarini to‘g‘ri tanlash va qo‘yilgan darajada ushlab turish sifatli payvand birikmani hosil qilishni ta’minlaydi. Payvandlash toki A qiymatini, quyidagi ifoda bo‘yicha taxminiy hisoblash mumkin:
bunda vu – plastina uzatish tezligi, cm/s; bp va p – eni va qalinligi cm. Ushbu ifoda sim elektrodlar bilan payvandlashda (ikkinchi qo‘shilayotgan son nolga aylanadi, chunki plastinalar yo‘q) qo‘l keladi va plastinali elektrodlar bilan payvandlashda ham (birinchi qo‘shilayotgan son nolga aylanadi, chunki sim elektrod yo‘q) qo‘l keladi.
Elektrod simini uzatish tezligi quyidagicha aniqlanadi:
bunda
Tajriba shuni ko‘rsatdiki, shlak vannasining chuqurligi hs va elektrod simining quruq chiqishi ls kabi rejim elementlari metall qalinligiga bog‘liq emas va quyidagi qiymatga egadir:
hs=40–50 mm, ls=80–90 mm.
Yuqoridagi ifodalardan xulosa qilib elektr-shlak payvandlashning parametrlarini to‘g‘ri tanlashda detallarning qalinligi yoki uzunligi shlak vannasining chuqurligiga hamda elektrod simini quruq chiqishiga bog‘liq emasligini ko‘rishimiz mumkin. Ushbu usulda sifatli payvand birikmani hosil qilish uchun payvandlash tezligi, toki va detallar qalinligiga bog‘liq hisoblanadi.
Nazorat savollari:
1. Elektr-shlak payvandlash tarixini bilasizmi?
2. Elektr-shlak payvandlash mohiyatini tushuntiring?
3. Elektr-shlak payvandlash rejimini hisoblashda qanday kattaliklarga etibor qaratilinadi?
4. Elektr-shlak payvandlash kamchiliklarini bilasizmi?
5. Ushbu payvandlash turida qanday qalinlikdagi detallar payvandlanadi?
|
| |