|
Mustaqil ish 1
|
bet | 1/9 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 228,87 Kb. | | #261117 |
Bog'liq MUSTAQIL ISH 1
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI “TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI"FAKULTETI
TT-11-21 GURUH 3-BOSQICH TALABASI
“SIMSIZ TARMOQLAR” fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISH - 1
BAJARDI: JAVLIYEV J
TEKSHIRDI: TUYCHIYEV. B
Qarshi-2024
Mavzu: Simsiz tarmoqlarda ma’lumotlami uzatish asoslari. Aloqa kanallari bo’yicha ma’lumotlami uzatish uchun signallaming turlari.
Reja:
Analog modulyatsiyalash turlari, ulaming o‘zga xos xususiyatlari.
Raqamli modulyatsiyalash turlari, ulaming o‘zga xos xususiyatlari.
Simsiz aloqa tizimlarida ishlatiladigan raqamli modulyatsiyalash turlari.
Bugungi kunda dunyo miqyosida simsiz texnologiyalarni rivojlantirishga bog'liq bo'lgangan an'ana bo'lib o'tmoqda. Gap insonlarning masofadan turib ishlashga bo'lgan istagi tobora ortib borayotgani haqida ketmoqda, ko'pchilik yo'lga vaqt sarflamasdan uyda ishlashni afzal ko'radi, shuningdek 15% insonlar doimiy harakatda bo'lishni xohlaydi.
Bugungi kunda butun dunyoda O'zbekistonda ommalashib borayotgan simsiz aloqa texnologiyalari lokal tarmoqlar va Internetga tezkor mobil ulanishni o'rnatishga imkon beradi, bu nafaqat harakat erkinligini, balki an'anaviy aloqa simlarini tortish maqsadga muvofiq bo'lmagan yoki mumkin bo'lmaganda so'nggi millar masalasini yechilishini ta'minlaydi. Ta'kidlash kerakki, simsiz yechimlar statsionar ishlatilishida ham o'ziga tortadi, chunki bu holda tarmoqlami joylashtirish, qurish va yangilash jarayonlari kabellar, tarqatish panellari va markazlari bilan ishlarni bajarmasdan tezkor amalga oshiriladi.
Simsiz aloqa kanallari ko'plab yillar davomida lokal tamoqlarda ma'lumotlarni uzatish uchun ishlatilmoqda va mos qurilmalarning takomillashishi va arzonlashishi bilan simsiz tarmoqlaming ommaviyligi oshishi tabiiy.
Simsiz tarmoqni kabelli tarmoqqa qaraganda ancha qisqa vaqtlar ichida qurish va ishga tushirish mumkin. Simsiz tarmoq xodimlarining
ish joylari tarmoq rozetkalari bilan bog'lanmagan va agar zarurat bo'lsa, butun tarmoqni boshqa binoga osongina ko'chirish mumkin. Bundan tashqari, ish joylari va yangi tashqi qurilmalarning paydo bo'lishi bilan simsiz tarmoqni kengaytirish juda oson. Simsiz yechimlarning afzalliklari, ayniqsa, vaqtinchalik tarmoqlarni yaratishda, masalan, ko'rgazmalar, seminarlar va boshqa shunga o'xshash tadbirlamida yaqqol namoyon bo'ladi.
Albatta, simsiz tarmoqlaming kamchiliklari ham bor, ulaming eng sezilarlisi simsiz tarmoqlarning yuqori zaifligi (kabelli tarmoqlarga taqqoslaganda) hisoblanadi. Hozirgi vaqtda simsiz tarmoqlami ruxsat etilmagan ulanish va uzatiladigan ma'lumotlarni qo'lga kiritilishidan himoya qilishni ta'minlash uchun maxsus texnologiyalar, birinchi navbatda har xil shifrlash turlari qo'llaniladi.
Ma'lumotlarni uzatish (ma'lumotlami almashlash, raqamli uzatish, raqamli aloqa) ma'lumotlarga keyinchalik ishlov berish uchun ma'lumotlarni uzatish kanali bo'yicha telekommunikatsiya vositalari orqali ma'lumotlarni (raqamli bitlar oqimini) signallar ko'rinishida bir nuqtadan boshqa nuqtaga yoki bir nuqtadan bir nechta nuqtalarga fizik uzatish hisoblanadi. Bunday kanallarga misollar mis simlar, optik tolali aloqa liniyalari, ma'lumotlar simsiz uzatish kanallari yoki xotirada saqlash qurilmalari bo'lishi mumkin.
Simsiz uzatish tizimlari insoniyat sivilizatsiyasining o'zi paydo bo'lganidan beri mavjud. Xabarchilar, o'qlar, signal olovlari, telegraf, uchqunli uzatkichlar, sun'iy yo'ldoshli aloqa tizimlari - bularning barchasi bitta zanjir bo'g'inlari hisoblanadi. Texnologiyalar o'zgardi, ammo uzatish tarmoqlarining mohiyati o'zgarmay qoldi, ma'lumotlar berilgan vaqtda simlarsiz bir nuqtadan ikkinchisiga uzatilishi uchun turli xil elementlaming o'zaro ta'sirlashishini tashkil qilish bo'lib qoldi. Biroq, uzoq vaqt rivojlanishiga qaramay, simsiz texnologiyalar so'nggi 15-20 yil ichida telekommunikatsiya sohasi rivojlanishining asosiy yo'nalishlaridan biriga aylanish bilan juda jadal rivojlanmoqda.
Zamonaviy ma'noda ma'lumotlarni uzatish simli va simsiz texnologiyalarga bo'lish XIX asr oxirida boshlangan. 20-asrning oxiriga kelib aloqa texnologiyasida yangi to'lqin - raqamli ishlov berish paydo bo'ldi. Tez orada, efir oldidan deyarli har qanday ma'lumotlar, xoh nutq, xoh televizion tasvir bo'lsin, nollar va birlar oqimiga aylantirila boshlandi. Raqamli ishlov berish tufayli paketli tarmoqlarning paydo bo'lishi bilan deyarli yaxlit birlashish uchun telefoniya va ma'lumotlar uzatish texnologiyalari parallel rivojlanishi bilan barchasi yanada uzviy bog'landi. Turli xil axborot texnologiyalarini (ovoz, audio/video, ma'lumotlami) yagona ishlov berish va uzatish texnologik muhitiga birlashtirishni bildiradigan ”Multimedia” atamasi paydo bo'ldi. Internetning keskin rivojlanishi zamonaviy sivilizatsiya uchun raqamli tarmoqlar magistrallar, quvurlar va elektr uzatish liniyalari singari zarur bo'lib qolganligini tasdiqladi.
Ma'lumotlami uzatish sohasidagi simsiz inqilob deyiladigan ma'lumotlami simsiz uzatish tarmoqlaming butun dunyoda jadal rivojlanishi quyidagi afzalliklar bilan bog'liq.
Arxitekturaning tez moslashuvchanligi, ya'ni mobil foydalanuvchilaming ulanishi, harakatlanishi va uzilishida sezilarli vaqt yo'qotmasdan tarmoq topologiyasini dinamik ravishda o'zgartirish imkoniyati.
Ma'lumotlami uzatishning yuqori tezligi (100 Mbit/s va undan yuqori).
Loyihalash vajoylashtirishning tezligi.
Ruxsat etilmagan ulanishdan yuqori himoya darajasi.
Qimmat turadigan yoki yotqizish yoki ijaraga olish har doim mumkin bo'lmaydigan optik-tolali yoki mis kabellardan voz kechish.
Simsiz lokal tarmoq joylashish o'midan qat'iy nazar, kompyuter qurilmalari orqali tarmoqqa kirishni ta'minlash uchun mo'ljallangan radioulanish tizimi hisoblanadi. Odatda u foydalanuvchilarga binoning yoki bino kompleksining har qanday nuqtasidan korporativ tarmoqning barcha resurslari va xizmatlariga simsiz ulanish imkoniyatini beradigan amaldagi lokal tarmoq va mijoz kompyuterlari guruhi orasidagi oxirgi oraliq hisoblanadi. Simsiz lokal tarmoqqa "efirdagi Ethernet" sifatida qarash mumkin, chunki u odatda simli lokal tarmoqning davomi sifatida ishlatiladi.
Simsiz texnologiyalar nimani ta'minlay olishini tushunish uchun ma'lumotlami simsiz va simli uzatish usullarini taqqoslash zarur. Ravshanki, simli texnologiyalar ma'lumotlami yuqoriroq uzatish tezliklarini ta'minlashi mumkin, ular yaxshi halaqitbardoshlikka ega. Boshqa tomondan, simli tarmoqlarga simsiz tarmoqlarning tez moslashuvchanligi yaqqol yetishmaydi, ularning masshtablanuvchanligi esa nisbatan past. Va nihoyat, eng asosiy omil bu simli tarmoqni joriy etishga katta narx hisoblanadi. Bitta muqobil tarmoqning kamchiliklari ikkinchi muqobil tarmoqlar uchun afzalliklar hisoblanadi. Simsiz statsionar radiotarmoqlaming kamchiliklari sifatida past almashlash tezligi va mos ravishda uzatiladigan ma'lumotlar past hajmi, loyihalashtirishning murakkabligi va sertifikatlashtirishning zarurligini kiritish mumkin.
Signallami manbadan ma'lumotlami qabul qilgichga uzatilishini ta'minlaydigan radioto'lqinlami tarqatish texnik vositalari va muhitlari to'plami radiokanal (radioaloqa kanali) deyiladi. Bitta azimutal yo'nalish bo'yicha radioaloqani ta'minlaydigan radiokanal radioliniya deyiladi. Qabul qilish uchida radioto'lqinlar qabul qiluvchi antennada (A) elektr yurituvchi kuchni hosil qiladi. Qabul qilgich (inglizcha receiver - radioqabul qilish qurilmasi) selektiv (tanlovchan) zanjirlar (SZ) yordamida signallarni halaqitlar va boshqa untkichlardan (inglizcha transmitter) filtrlaydi. Detektorda (D) modulyatsiyalashga teskari jarayon - modulyatsiyalangan tebranishlardan dastlabki elekfr signalini ajratib olish bo'lib o'tadi. Keyin o'zgartirgichda bu signal abonentga uzatiladigan xabarga o'zgartiriladi.
Ko'rib chiqilgan radioliniya sxemasi bir tomonlama radioaloqani ta'minlaydi, bunda xabarlami uzatishni qabul qilgich/uzatkichlardan (inglizcha transceiver) biri, ikkinchisi yoki boshqalari faqat qabul qilishni amalga oshiradi. Qabul qilgich/uzatkichda xabarlarni qabul qilish va uzatish amalga oshiriladigan ikki tomonlama radioaloqani tashkil qilish uchun har bir nuqtada uzatkich (Uz) va qabul qilgich (Qab) bo'lishi kerak. Agar bunda har bir qabul qilgich/uzatkichda uzatish va qabul qilish navbatma-navbat amalga oshirilsa, u holda bunday radioaloqa simpleks radioaloqa deyiladi
Radiotarmoqning ishlashi mazmuni quyidagicha. Asosiy qabul qilgich/uzatkich (AQU) deyiladigan bitta qabul qilgich/uzatkich ham bitta, ham bir nechta bo'ysunuvchi qabul qilgich/uzatkichlar uchun xabarlami uzatishi mumkin. AQU radiooperatori radiotarmoqdagi
tartibni kuzatib boradi va bo'ysunuvchi qabul qilgich/uzatkichlarga (BQU) uzatishga ishlash ketma-ketligini o'rnatadi. Bo'ysunuvchi transivYerlar tegishli ruxsat etish bo'lganda nafaqat AQU bilan, balki bir-birlari bilan ham xabarlami (ma'lumotlami) almashlashi mumkin.
Radioto'lqinlar fazoda yorug'lik tezligida (300 000 kndsek) tarqaladigan elektromagnit tebranishlar hisoblanadi. Darvoqe, yorug'lik ham radioto'lqinlardagiga o'xshash xossalarga (qaytish, sinish, so'nish va h.k.) ega bo'lgan elektromagnit to'lqinlar hisoblanadi [91.
Radioto'lqinlar elektromagnit tebranishlar generatori nurlantiradigan energiyani fazo orqali tashiydi. Ular elektr maydon o'zgarganida, masalan, ($tkazgichdan o'zgaruvchan tok oqib o'tganida yoki fazo orqali uchqunlar yog'ilganida, ya'ni bir-birlaridan keyin tez keladigan tok impulslari qatorida vujudga keladi. Radioaloqa radioto'lqinlar yordamida anłalga oshiriladigan telekommunikatsiya turi hisoblanadi. Yuqorida aytilganidek, radioto'lqinlar deganda sun'iy yo'naltiruvchi muhitlarsiz (liniyalarsiz) muhitda tarqaladigan chastotasi 30 kGsdan yuqori va 3000 GGsdan past bo'lgan elektromagnit to'lqinlarni tushunish qabul qilingan. Radioto'lqinlar tushunchasi bilan radiochastotalar, ya'ni radioto'lqinlar chastotasi tushunchasi chambarchas bog'liq.
Radioto'lqinlar tarqalishi jarayonida qator sabablarga bog'liq bo'ladigan kuchsizlanishga uchraydi. Uzatkichdan uzoqlashishi bilan energiya yanada katta hajmda tarqaladi, natijada, energiya oqimining zichligi kamayadi. Radioto'lqinlar tarqaladigan muhit ham ulaming kuchsizlanishini keltirib chiqaradi. Bu issiqliq yo'qotishlari tufayli energiyaning yutilishi va yer sharining qavariqligi yoki do'ngligi ko'rinishidagi to'siqlarda og'ishida to'lqin maydoni kuchlanganligining kamayishiga bog'liq. Elektromagnit to'lqin elektr va magnit maydonlardan tashkil topgan.
Radioto'lqinlarni tarqalishi quyidagi ma'lum qonunlarga bo'ysunadi:
Bir jinsli muhitda to'g'ri chiziqli tarqalish, ya'ni xossalari barcha nuqtalarida bir Xil bo'lgan muhitda tarqalishi.
Bilta muhitdan boshqasiga o 'tishda qaytish va sinish. Tushish burchagi qaytish burchagiga teng.
Difraksiya. O'z yo'lida tiniqmas jismga dech kelish bilan radioto'lqinlar undan aylanib o'tadi. Difraksiya to'siqning geometrik o'lchamlari va to'qin uzunliklari nisbatlariga bog'liq ravishda turli darajalarda namoyon bo'ladi.
Refraksiya. Xossalari nuqtadan-nuqtaga asta-sekin o'zgaradigan bir jinsli bo'lmagan muhitlarda radioto'lqinlar egri chiziqli trayektoriyalar bo'yicha tarqaladi. Muhitning xossasi qanchalik keskin o'zgarsa, trayektoriyaning egriligi shunchalik katta bo'ladi.
To 'liq ichki qaytish. Agar optik zichroq muhitdan kam zichlikli muhitga o'tishda tushish burchagi qandaydir chegaraviy qiymatdan oshsa, u holda nur ikkinchi muhitga o'tmaydi va muhitlarning chegarasidan to'liq qaytadi. Chegaraviy tushish burchagi to'liq ichki qaytish burchagi deyiladi.
Interferensiya. Bu hodisa fazoda bir qancha to'lqinlaming qo'shilishida kuzatiladi. Fazoning turli nuqtalarida qo'shiladigan to'lqinlaming fazalari nisbatiga bog'liq ravishda natijaviy to'lqin amplitudasining ortishi yoki kamayishi olinadi.
O‘zining kichik uzunligi tufayli UQT to‘lqinlar erning sferik sirti va erning yirik noitekisliklari yoki boshqa to‘siqlar atrofida yomon difraksiyalanadi. SHuning uchun UQT diapazonda antennalarni er sirtidan sezilarli balandlikda joylashtirishga uriniladi, chunki bunda birinchidan, to‘g‘ri ko‘rinish masofasi ortadi, ikkinchidan antennaning yaqinida joylashgan mahalliy predmetlarning ekranlashtiruvchi ta’siri kamayadi. SHunday qilib, UQT diapazonda antennaning joylashish balandligi to‘lqin uzunligidan ko‘p marttaga ortiq bo‘ladigan shart bajariladi va maydon kuchlanganligini hisoblashni interferension formulalar bo‘yicha o‘tkazish mumkin bo‘ladi.
UQT diapazonda er sirti ideal dielektrik sifatida qaralishi mumkin. SHuning uchun gruntning o‘tkazish xossalarining o‘zgarishi UQTni tarqalishiga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi.
SHu bilan birga, er sirtining uncha katta bo‘lmagan notekisliklari UQTni er sirtidan qaytishi shartini sezilarli o‘zgartiradi.
To‘g‘ri ko‘rinish chegarasida aniq kichik bo‘lgan uncha katta bo‘lmagan l < 0,2· l0 masofalarda UQT diapazonda erning sferikligini va troposferadagi radioto‘lqinlarning refraksiyasi ta’sirini hisobga olmaslik mumkin. Bunda UQTni tarqalishining xarakterli o‘ziga xos xususiyati katta barqarorlik va vaqt bo‘yicha signal sathining o‘zgarmasligi hisoblanadi.
|
| |