|
G sotali aloqa tizimlari konsepsiyasi
|
bet | 7/9 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 228,87 Kb. | | #261117 |
Bog'liq MUSTAQIL ISH 14G sotali aloqa tizimlari konsepsiyasi. 4G oilasiga sotali tarmoqlarda ma’lumotlarni 100 Mbit/sekdan ortiq tezliklarda uzatilishiga imkon beradigan texnologiyalar kiradi. Keng tushunishda 4G bu paketli kommutatsiyalash, ko‘p darajali modulyasiyalash, adaptiv modulyasiyalash va kodlash, tarmoqning abonentlari orasida chastota-vaqt resurslarini dinamik taqsimlash, IP-interfeyslar, qabullash va uzatishda ko‘p antennali ajratish, bog‘lanishning berilgan sifatini kafolatli ta’minlash va boshqalar kabi mobil aloqaning prinsipial yangi konsepsiyalarini jamlaydigan sotali aloqa tizimlarining nomlanishi hisoblanadi. To‘rtinchi avlod aloqa tizimlarida ma’lumotlarni uzatish asosiy servis turi hisoblandi, ovozni uzatish esa ma’lumotlarni uzatish kanalida IP-telefoniya prinsipi bo‘yicha ishlatiladi.
Xalqaro telekommunikatsiyalar ittifoqi 4G texnologiyani manba yoki qabullagich harakatlanadigan sharoitlarda 1Gbit/sgacha va ikkita mobil qurilmalar orasida ma’lumotlarni almashlashda 100 Mbit/sgacha ma’lumotlarni uzatilishi tezliklarini ta’minlaydigan simsiz kommunikatsiya texnologiyasi sifatida aniqlaydi. 4G texnologiyada ma’lumotlarni qayta uzatish Ipv6 bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu tarmoqlarning ishlashini, ayniqsa, agar ular har turlarda bo‘lsa engillashtiradi. Zarur tezlikni ta’minlash uchun 40 va 60 GHz chastotalar ishlatiladi.
4G uchun qabullash-uzatish qurilmalarini yaratuvchilar raqamli uzatish sinalgan usul – OFDM chastotalarni ortogonal ajratishli multiplekslash usuli qo‘llanildi. Signalni bunday manipulyasiyalash uslubi o‘zaro halaqitlarsiz va buzilishlarsiz ma’lumotlarni sezilarli zichlashtirishga imkon beradi. Bunda ortogonallikka rioya qilinadigan chastotalar bo‘yicha bo‘lish bo‘lib o‘tadi. Har bir tashuvchi to‘lqin maksimumi qo‘shnilari nolga teng bo‘lgan momentda keladi. Bu bilan ularning o‘zaro ta’sirlashishini oldi olinadi, shuningdek chastotalar spektri samaraliroq ishlatiladi, “interferensiyaga qarshi” himoya polosalari kerak bo‘lmaydi.
OFDMA texnologiyalari. OFDM modulyasiyalashni OFDMA - Orthogonal Frequency Devision Multiple Access ulanish prinsipi – kanallar ortogonal chastota bo‘yicha ajratiladigan ko‘p tomonlama ulanish aniqlaydi. Uning ma’nosi shundan iboratki, operatorning ishlashi uchun ajratilgan butun chastota-vaqt maydoni ham chastota bo‘yicha (15 kGs), ham vaqt bo‘yicha (0,5 ms) uncha katta bo‘lmagan bloklarga bo‘linadi. Tarmoq bu bloklarni abonentlar orasida ularning ehtiyojlari va tarmoqning imkoniyatlariga bog‘liq ravishda taqsimlaydi. SHunday qilib, resurslardan maksimal samarali foydalanish ta’minlanadi.
OFDMAda foydalanuvchilar chastotalar nimtashuvchilarini va vaqt slotlarini birgalikda ishlatadi. Bunday yondashish multifoydalanishlik ajratilishini oshiradi, kanallarni foydalanuvchilarga biriktirilishini rejalashtirishda erkinlikni va bir necha boshqa, lekin ishlatilishidagi muhim avzalliklarini oshiradi. OFDMAning ishlatilishi har ikkala yo‘nalisharda sarlavhani uzatish kabi ayrim qo‘shimcha sarflarni talab qiladi, chunki qabullagich ham foydalanuvchiga qaysi chastoatlar nimtashuvchilari biriktirilganligini bilishi kerak.
OFDMAning avzalliklari. OFDMAda foydalanuvchilarga turli vaqt slotlaridagi chastotalar nimtashuvchilari tayinlanadi (TDMA), ya’ni u ma’nosi bo‘yicha FDMA va TDMAlarning aralashmasi hisoblanadi. OFDMA avzalliklari ko‘p nurlilikni barqaror so‘ndirish va chastota bo‘yicha ajratish tufayli hatto yagona foydalanuvchi OFDM avzalliklaridan boshlanadi. Modomiki, ko‘p stansiyali ulanish raqamli ko‘rinishda bajarilgan ekan (Fure tez o‘zgartirishigacha – IFFT), chastotalar polosasi kengligini dinamik va samarali taqsimlash mumkin. Bu foydalanuvchilarga yaxshi xizmat ko‘rsatish uchun vaqt va chastota slotlarini tanlash algoritmlarini birlashtirishga imkon beradi.
OFDMAning OFDMga nisbatan yana bir sezilarli avzalligi uning uzatish quvvatini kamaytirishning potensial imkoniyatlari, shuningdek matematik kutishga (PAPR – Peak-to-Average Power Ratio) maksimum quvvatga nisban talablarni kamaytirilishi imkoniyati hisoblanadi. PAPR muammosi, ayniqsa, “yuqoriga” yo‘nalishda uzatishda o‘tkir turibdi, bu erda quvvat samaradorligi va quvvat amper soatlari narxi katta qiziqtirishga ega.
To‘liq chastotalar polosasi kengligini bitta yacheykada ko‘plab mobil stansiyalari (MS) orasida taqsimlashda har bir MS faqat uncha ktta bo‘lmagan nimtashuvchi chastotalar nimto‘plamini ishlatadi. SHuning uchun har bir MS pastroq PAPR nisbatli va agar bu to‘liq chastotalar polosalari kengligida uzatilganidagiga qaraganda pastroq to‘liq quvvatda uzatiladi. Pastroq ma’lumotlarni uzatish tezligi va keskin ortadigan ma’lumotlar OFDM, TDMA yoki CDMAdagiga qaraganda OFDMAda ancha samarali qayta ishlanadi. Maksimal yuqori quvvatda butun polosalar kengligi bo‘yicha OFDMA o‘sha bir bir quvvatni ishlatish bilan o‘sha tezlikda uzoq vaqt uzatishga imkon beradi.
Kanallar chastota bo‘yicha ajratiladigan ko‘p tomonlama ulanish (OFDMA) turli foydalanuvchilarga ularning o‘z nimtashuvchi chastotalar to‘plamlarini biriktirish yo‘li bilan OFDM tizimlarida muvaffaqiyatli ishlatilishi mumkin.
|
| |