|
Faks apparati uchta asosiy qismdan tuzilgan
|
bet | 1/3 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 89,5 Kb. | | #151910 |
Bog'liq fax va videoproyektor
Fakslar
Faks apparati uchta asosiy qismdan tuzilgan:
• qog’oz varag’idagi xabarni o’qish va uni apparatning yelektron qismiga kiritishni ta’minlaydigan skaner;
• xabarni oluvchiga uzatish va boshqa abonentdan xabarni qabul qilishni ta’minlaydigan uzatuvchi-qabul qiluvchi qism (odatda modem);
• qabul qilingan xabarni rulonli yoki oddiy qog’oz varag’iga chop etuvchi printer.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan faksimil apparatlar tasvirlarni ifodalash turi, yoyish turi va ajratish qobiliyati bilan farqlanadi.
Tasvirlarni ifodalash turi bo’yicha faksimal apparatlar quyidagilarga bo’linadi:
• termografik (Xerox 7235, Canon Fax-T20, Panasonic KX-F130B);
• ingichka oqimli (Panafax UF-305, Panafax UF-321);
• lazerli (Panafax UF-755, Canon Fax 850, Xerox 7041);
• elektrografik (Panasonic KX-F1000B, Panasonic KX-F1100B);
• fotografik (Neva);
• elektrokimyoviy (Beryozka);
• elektromexanik (SHtrix).
Ko’pchilik zamonaviy faksimil apparatlar termografik tipdagidir: ular qimmat yemas va etarli yaxshi tavsiflarga yega: ajratish qobiliyati mm da 7—10 ta nuqta, 16—32 darajali qo’l rangni uzatishi mumkin, ko’pincha 9600 bit/s li modem bilan jixozlanadi; lekin ularda vaqt o’tishi bilan sarg’ayib ketadigan maxsus qimmat turadigan termoqogoz ishlatiladi.
Zamonaviy faksimil apparati
Kuchsiz va kuchliroq yelektr signallari ko’rinishida bo’lib, termoqog’oz bilan kontaktda bo’lgan qizdiruvchi yelementlar chizg’ichiga beriladi. Yanada kuchli signalni olgan termoyelementlar qiziydi va u bilan kontaktda turgan qog’oz uchastkalarining qorayishiga olib keladi. Termoelementlar
sovigandan keyin termoqog’oz bir qadam oldinga suriladi va tasvirni keyingi qatorda shakllanishi amalga oshiriladi. Bunday cikl bir necha millisekund davom yetadi, bu yesa yuqori tezlik bilan chop yetishni ta’minlaydi.
Faksimil apparatlarning servis imkoniyatlari:
• hujjatlarni nusholash rejimi borligi; ko’pchilik telefakslar hujjatlarni nusholashni yuqori tezlik bilan bajaradi — minutiga 10 tagacha nusxa (aslini olganda, bu chop yetuvchi qurilmaning ish tezligi bilan aniqlanadi);
• telefon trubkasi va tovushli aloqa rejimiga qayta ulanish imkoniyatining borligi, ba’zida yesa bir vaqtning o’zida faksni uzatish bilan bir qatorda so’zlashuvni olib borishga imkon beruvchi qo’shimcha telefon kanalining borligi;
• avtojavob beruvchining borligi, u liniyaga oldindan yozib quyilgan nutqli xabarni yuborish imkonini beradi, olingan xabarni qabul qilish va keyinchalik yeshitib ko’rish uchun saqlab turishga imkon beradi;
• «baland tovushli aloqa» — trubkani ko’tarmasdan nomer terish va abonent bilan gaplashishni yoki uni faqat yeshitishni amalga oshirish imkoniyati (birinchi holatda baland tovushli aloqa ikki tomonlama, ikkinchisida yesa bir tomonlama); bu rejimni amalga oshirish uchun spikerfon — dupleksli baland ovozli dinamik va mikrofon bo’lishi kerak;
• kerakmas chiqaruvlarni qabul qilmaslik imkoniyati — siz xoxlamayotgan abonentlardan kelayotgan chiqaruvlarni inkor qilish;
• faksimil apparatni kompyuterga ulash imkoniyati;
• bir necha Mbayt tezkor xotirani va o’nlab bayt tashqi xotiraning borligi;
• «nomerlar xotirasi» — muhim abonentlarning nomerini tezkor terishda ishlatish uchun telefaks xotirasida saqlanadigan telefon nomerlari soni;
• «varaqlar xotirasi» — qog’oz yo’qligida va kutilmaganda tugaganda yoki keyinchalik uzatish uchun telefaks tezkor xotirasiga yozilishi mumkin bo’lgan hujjatlar varag’i soni;
• abonentlarning nomerlarini va adreslarini yelektron telefon ma’lumotnomasining borligi;
• suyuq kristalli raqam-harfli qayd yetuvchining (displeyning) borligi, unda telefaksning joriy ishlash rejimlari, shu jumladan terilayotgan telefon nomeri, ma’lumot almashish tezligi, aloqa o’rnatilgan abonent nomi va nomeri va b. aks yettiriladi;
• xabarni ushlab turib uzatish («kechiktirilgan uzatish») va tashqi so’rov bo’yicha uzatish imkoni;
• kechiktirilgan uzatish imkoni, bu oldindan uzatishga tayyorlangan hujjatni abonentlarga berilgan vaqtda avtomatik uzatish, masalan, kechqurun, shaharlararo va xalqaro so’zlashuvlarga tariflar birmuncha past bo’lganda uzatish;
• poling imkoniyati — faksimil axborotni avtomatik uzatishga kerakli stanciyani suroqlash va taklif qilish; parol bilan himoyalangan suroqlash, siz faks olishni xoxlagan faks-apparatni himoyalangan kod nomerini bilishni talab yetadi;
• fakslarni sir tutiladigan pochta qutilari bo’yicha saralash imkoniyati;
• hujjatlarni va qog’ozni avtouzatish imkoniyatining borligi;
• rulonli qog’ozni avtokesishning borligi va b.
|
| |