|
LCD proektorlarining asosiy ko’rsatkichlari
|
bet | 3/3 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 89,5 Kb. | | #151910 |
Bog'liq fax va videoproyektorLCD proektorlarining asosiy ko’rsatkichlari
LCD proektorlarining kerakli modelini to’g’ri tanlash uchun uning asosiy ko’rsatkichlarini bilish kerak. Proektorlarning asosiy texnik ko’rsatkichlari uning yorqinligi va ta`minlanadigan tasvir zichligi hisoblanadi. Kontrastligi va hajmi ham muhim ko’rsatkichlari hisoblanadi. Demak, tartib bilan. Zamonaviy proektorlarning yorqinligi 600 dan to 7700 ANSI - lyumen atrofida bo’ladi. Ba`zi bir ishlab chiqaruvchilar ikkta proektorlar yorug’lik oqimini birlashtirib 14000 ANSI-lyumenyorkinlikka erishadilar. Yorug’lik oqimi 600 ANSI-lyumen bo’lgan proektorlardan ekrani 100” diagonalli (kengligi 200 sm, balandligi 150 sm) qorong’u xonalarda foydalaniladi. Proektorlardan qorong’u bo’lmagan xonalarda foydalanish uchun ekran kattaligiga qarab yorqinligini hisoblash formulasi mavjud: agarda proektorning yorug’lik oqimi yaxshi ekranning yuzasidan 500 marta oshikrok bo’lsa, unda uning yorkinligi katta rangli televizor yorqinligiga teng bo’ladi.
Zamonaviy proektorlarga ko’plab qurilmalarni ulash mumkin, kompyuterni ham, (noutbukni ham) videomagnitofon, DVD-proigrivatel, videokamera (shu jumladan raqamlisi ham), televizor yoki TV-tyuner (rakamlisini xam), rakamli fotokamerani, o’yinlar qo’shimchasini ham ulash mumkin. Buning uchun proektorda quyidagi raz`yomlar bo’lishi mumkin:
-kompyuterni ulash uchun analogli RGB (15-pin Hd D-sub), raqamli RGB (DVI-D) audio (stereo mini-jack);
-videosignal manbaini ulash uchun –S-Video (mini din 4 pin) kompozit (RCA), komponentli (RCA), audio (RCA L va R kanallari uchun). Yuqori yorqinlikka ega professional modellarida tashkil etuvchi signallar bilan ishlashga katta e`tibor beriladi. Y, B-Y, R-Y asosiy turlaridan foydalanishdan tashqari Y,Cb, Cr, DVD yuqori sifatli proigrivatellarda qo’llaniladigan, Y-Rb-Pr (4:3 SDTY) standartli chiziq oralab va progressiv razvyortkali (DTV) raqamli televidenie va 1920x1080 elementgacha rastrli bo’linishli keng ekranli (16:9 HDTV) format tasviri signallari bilan ishlashi ham ko’zda tutilgan.
-analogli RGB tashqi uzatgich (15-ND D- sub). Bir vaqtning o’zida proektor va monitorni ulash uchun qulay.
-tovush uzatgichi-audio (stereo mini-jack), tashqi audiotizimini ulash uchun (har bir proektorda 2-3 Vattli kichik quvvatli dinamik o’rnatilgan, lekin odatda bu etarli bo’lmaydi).
-boshqaruv interfeysi- R S-232 (15-pin Hd D-sub) va yaqindan boshlab UZB.
|
| |