VIDEOPROYEKTORLAR
“Multi” so’zi ko’pchilik deganini, media esa, video va audio bilan bog’liq jihatlarning hammasi, proektorning ma’nosi tushunarli, albatta, proektor – tasvirni proektsiya qilish (ko’rsatish) uchun qurilmani bildiradi. Zamonaviy videoproektor boshidan raqamli qurilma hisoblanadi, shuning uchun unga videomagnitofonni ham, DVD – pleer, videokamerani, televizor xamda kompyuterni ulash mumkin.
Tasvirni oddiy ekranda ham ko’rsatish mumkin, yorug’lik o’tkazuvchi ekranga ham (proektor ekran orqasida turgan holat) tushirish, proektorni ekranga burchak ostida (gorizontal ham, vertikal ham) qo’yish mumkin, shipga «oyog’ini osmondan» qilib osib qo’yish mumkin. Multimediaproektor bir aniq belgilangan fokus masofasiga emas, shuning uchun proektorni turli joylarda va har xil masofada qo’yish mumkin. Zamonaviy proektorlardan xonani qorong’u qilmasdan uni kun bo’yi ishlatish mumkin. Eng portativ proektor tasvirni diagonalli 8 metrgacha o’lchamda ko’rsatishi, eng kuchlisi esa – 36 metr diagonalgacha ko’rsatishi mumkin. Uning ana shu har tomonlama «imkoniyatlariga» qaramay, bu qurilma foydalanishda maxsus bilimlarni talab etmaydi, og’irligi 1,5-5 kg. va kitob hajmidan to diplomat hajmigacha kattalikka ega. Eng kuchli professional proektorlar 38 kg og’ir bo’lmaydi.
Proektordan turli joylarda ham foydalanish mumkin. Undan quyidagi sharoitlarda foydalanish mumkin:
- uy kinoteatri uchun;
- prezentatsiyalar uchun;
- ma’ruza (leksiya) mashg’ulotlari uchun;
- kontsert va tamoshalar uchun;
- restoran va kafelarda;
- stentdlarda ko’rgazma faoliyati uchun;
- va nihoyat kinoteatrlarda ham.
Bizda Toshkentda deyarli hamma kinoteatrlarda aynan raqamli multimediyaproektorlardan foydalanadilar. chet davlarlarda qimmat kinoteatrlarda eng yangi plyonkali kinoproektorlardan foydalanadilar, lekin ovoz raqamli hajmli bo’ladi. Shunday qilib bu ma`noda tarix aylana harakat bilan ilgari bormoqda.
Videoproektorlarni qo’llanilgan texnologiyasiga qarab, turlariga ajratish mumkin.
Har qanday proektorning asosida (odatda) yarimyorug’ slayd orqali yorug’lik o’tkazish (yoki aks ettirish) yo’li bilan tasvirni namoyon etish, paydo qilish yotadi.
-
Kinoproektorlarda kinoplyonka kadrlari (slaydlar) ma`lum tezlikda juda katta kuchga ega yorug’lik manbai oldidan tortib o’tkazilib, ekranda harakatlanuvchi suratni aks ettiradi. Zamonaviy proektorlarda slaydlar (plyonka) rolini turlicha qurilmalar bajarishi mumkin. Shuning uchun videoproektorlarni besh turga ajratish mumkin:
- CRT proektorlari – ular uchta nurlanish kineskopidan iborat bo’lib, R, G va B boshlang’ich ranglarda rangli plyuminofora Bilan katta bo’lmagan yorqin tasvirlar yaratadi. Bu tasvirlar uchta ob`ektiv bilan optik mustaqil (alohida) kanallarda ekranga tushiriladi, bu erda optik aniq moslashadilar va umumiy rangli tasvirni tashkil etadilar. Proektorlarning bu turi 60 yildan ortiq vaqt mavjud bo’lib, hamma proektorlar orasida eng yuqori sifatli kartinkaga egadir. Ammo CRT proektorlarining hamma ustunliklarni to’la ko’rish, yuqori sifatli, professional video yozuvli,yaxshilab qorong’ilatilgan xonada, diogonali 2 metrdan boshlab, ekranda tomosha qilingandagina mumkin bo’ladi. CRT proektorlari juda ham katta bo’ladi (hammasi ham odatda 60 kg dan og’ir) va malaka, ehtiyotkorlik bilan aniq ishlashni talab etadi. Har qanday joyini o’zgartirilgandan keyin ekranda uchta boshlang’ich tasvirlarni birlashtirish, moslashtirish uchun mutaxassis tomonidan sozlashni talab etadi. Ulardan boy klublar va katta tashkilotlarda foydalaniladi, chunki bu tashkilotlar eng yaxshi sharoit va rang uzatish imkoniyatlariga egadir. Kichik zallarda faqatgina statsionar qurilma sifatida foydalaniladi.
|