• 1. GSM standarti
  • GSM, D-AMPS, JDS
  • Mobil aloqa kelejagi. Uchinchi avlod mobil aloka tizimlari. Xarakatdagi uyali aloka tizimining rakamli cdma standarti




    Download 113,86 Kb.
    Sana16.01.2024
    Hajmi113,86 Kb.
    #138961
    Bog'liq
    8 Mobil aloqa kelejagi


    Mobil aloqa kelejagi. Uchinchi avlod mobil aloka tizimlari. Xarakatdagi uyali aloka tizimining rakamli CDMA standarti.
    Reja:

        1. Mobil aloqa kelejagi

        2. Uchinchi avlod mobil aloka tizimlari.

        3. Xarakatdagi uyali aloka tizimining rakamli CDMA standarti

    Tayanchso‘z va iboralar:


    D-AMPS , MGs, tarmoq, uzatish, W-CDMA, standartlar,ikkinchi avlod.

    Uyali aloqa tizimlari ikkinchi avlod standartlarda kanallar har bir tashuvchi chastotada hosil qilingan vaqt intervallari bo‘yicha hosil qilinadi. Uyali aloqa tizimlari 2-avlodiga tegishli bo‘lgan eng ko‘p tarqalgan standartlar quyidagilar:


    1. GSM standarti. GSM 900 va GSM 1800 turlaridan iborat. Birinchi standart 900 MGs, ikkinchi standart esa 1800 MGs chastotada ishlash uchun mo‘jjallangan.
    2. D-AMPS standarti. U 824-840 MGs va 869-894 MGs chastotalarda ishlash uchun mo‘jjallangan.
    3. JDS standarti. Yaponiya standarti bo‘lib, 810-826 MGs, 840-856 MGs, 1429-1441 MGs, 1447-1489 MGs, 1453-1465 MGs, 1501-1513 MGs chastotalarda ishlash uchun mo‘jjallangan.
    Radiosignalni modulyatsiya qilish uchun minimal chastota surilishli gauss chastotali manipulyatsiyasi (GMSK) yoki kvadratura faza manipulyatsiyasi (QPSK) ishlatiladi.

    Ikkinchi avlod uyali aloqa tizimlari quyidagi kamchiliklarga ega:



    1. Ma’lumotlar uzatish tezligi past;

    2. Asosan so‘zlashuvlar, ovozlar uchun mo‘jjallangan;

    3. Tarmoq mijozlari soni nisbatan oz;

    4. Tarmoqni rejalashtirish jarayoni murakkab;

    5. Turli xil keng o‘tkazish oralig‘iga ega bo‘lgan xizmatlarni ko‘rsata olmasligi.

    Ikkinchi avlod uyali aloqa tizimlari eng ko‘p tarqalgan standartlari GSM, D-AMPS, JDS ctandartlari hisoblanadi.
    Keyinchalik bu kamchiliklarni xisobga olinib uchinchi avlod uali aloqa tizimlari amalga oshirildi.
    Uchinchi avlod uyali aloqa tizimlari, ularning standartlari, bu standartlarning o‘ziga xosliklari, afzalliklari va kamchiliklarini, bu tizimlar asosida qurilgan tarmoqlarning tuzilish sxemasi, tizim elementlari, ularning tavsifi va vazifalarini o‘z ichiga olgan ko‘rgazmali qurollardan iborat bo‘lishi kerak.
    Ikkinchi avlod uyali aloqa tizimlari bir necha kamchiliklrga ega edi. Bu kamchiliklar eng asosan kanallarning tor oraliqli ekanligi(natijda spektri keng bo‘lgan signallarni o‘zatishdagi muammolar, mijozlar sonining nisbatan kamligi, yumshoq xendoverni hosil qilishdagi muammolar, global rouming imkoniyatining chegaralanganligi kabilarni keltirish mumkin. Bu esa bu kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llarini qidirish zaruriyatini yuzaga keltirardi.
    O‘tkazish oralig‘ining yuqoriligi (spektrni kengaytirish natijasida) sababli uchinchi avlod tarmog‘lari orqali nafaqat ovoz va ma’lumotlar, balki video ma’lumotlari va multimedia xabarlarini xam jo‘natish mumkin.
    Uchinchi avlod uyali aloqa tizimlari uchun ajratilgan chastota oralig‘i bir necha yuz Mgs dan 3 GGs gacha oraliqda bo‘ladi.
    Ikkinchi avlod uyali aloqa tizimlaridan uchinchi avlod uyali aloqa tizimlariga o‘tish ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi: evolyusion (yoki bosqichma-bosqich) va revolyusion (birdaniga). Ikkinchi avlodga tegishli bo‘lgan GSM va D-AMPS tarmoqlari o‘z tarmoqlarini evolyusion yo‘l bilan o‘zgartirish tarafdori bo‘ldilar. Natijada W-CDMA standartida vujudga keldi. W-CDMA standartida yuqori tezlikda (yuqori o‘tkazish oraliqda) ishlash imkoniyati mavjud: 3,84 Mchip/sdan 15, 36 Mchip/sgacha. Bu tizimda tashqi sinxronizsiya manbai talab qilinmaydi. W-CDMA standartida chastota setkasi qadami 200 kGs qilib olinadi, bu esa har bir kanal spektr kengligi 200 kGs bo‘lgan GSM standarti tashuvchi chastotalarini qulay ravishda o‘zgartirish imkonini beradi. W-CDMA standartida bitta tashuvchi chastota uchun spektr kengligi GSM standartiga qaragnd katta. Tashuvchi chastotaning spektr kengligi kengaytiradigan va skrembrlaydigan kodlar yordamida amalga oshiriladi.
    Revolyusion yo‘l bilan uchinchi avlod uyali aloqa standartlariga o‘tuvchilar CDMA standartini tanladi. CDMA standartida qo‘shni baza stansiyalar bitta tashuvchi chastotada ishlaydi. Bu esa chastotalarni rejalashtirishni osonlashtiradi va tarmoqni kelgusida osonlik bilan kengaytirish imkonini beradi. Bu tarmolarda har bir mijozga individual kodli ketma-ketlik biriktiriladi. Bu esa mijozlarning o‘ziga xos ximoyalashni taminlaydi. CDMA standartida tashqi sinxronizatsiya manbalari qo‘llaniladi. CDMA standartida spektrni kengaytirish ortogonal Uolsh kodlari yordamida amalga oshiriladi.



    6.1-jadval. Uchinchi avlod uyali aloqa tizimlari solishtirma jadvali


    CDMA standartida uch xil kodlar ishlatiladi:Uolsh kodlari, qisqa va uzun kodlar. Baza stansiyasidan bir vaqtda 64 ta kodlash asosida hosil qilingan kanallar uzatiladi. Barcha kanallarning signallari o‘zaro ortogonal bo‘lganligi uchun ular o‘zaro halaqit bermaydi. Barcha baza stansiyalar bir biriga o‘xshash bo‘lgan lekin turli xil siklik surilishga ega bo‘lgan qisqa kodlarni qo‘llaydi. Bu kodlar 64 ga karrali bo‘lishi kerak. Bu degani, bitta tarmoqda ko‘pi bilan 511 baza stansiyasi joylashadi demakdir. Ulanish kodlari mobil stansiyalarda ham qo‘llaniladi, lekin bu yerda kanallar hosil qilish maqsadida emas, balki ma’lumotlarni shovqinbardosh kodlash uchun ishlatiladi.
    Download 113,86 Kb.




    Download 113,86 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mobil aloqa kelejagi. Uchinchi avlod mobil aloka tizimlari. Xarakatdagi uyali aloka tizimining rakamli cdma standarti

    Download 113,86 Kb.