• 1-BOB. TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOQLARI TUZILISHI 1. Telekommunikatsiya tarmoqlari GSM tizimlari va vazifalari.
  • Telekommunikatsiya tarmoqlarida raqamli gsm standarti gsm tarmog'ining qurilish arxitekturasi




    Download 1.06 Mb.
    bet1/11
    Sana07.03.2024
    Hajmi1.06 Mb.
    #168735
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Induvidual loyiha
    MIT Amaliyot, 1-ma\'ruza, birinchi sinfda miqdorni o`rgatish metodikasi, melissa2005, Dasturlash. 1-Amaliy ish, 9 sinf test javob, Eshitishda nuqsoni bo`lgan bolalar shaxsi va shaxslararomunosabatlar, Avesto, Task Template, 831 ustama baholash mezonlari, individal loyha, c6a03bfa-b1f1-4914-a740-8657c5a9a8ef, 2-mustaqil ish, 7-mavzu Freelance, zzz

    Induvidual loyiha’1
    Telekommunikatsiya tarmoqlarida raqamli GSM standarti GSM tarmog'ining qurilish arxitekturasi.
    Mundarija
    Kirish
    1-BOB. TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOQLARI TUZILISHI

    1. Telekommunikatsiya tarmoqlari GSM tizimlari va vazifalari. - 176

    2. Telekommunikatsiya tarmoqlarining qurish tamoyillari. - 178

    3. Telekommunikatsiya tarmoqlari tizimidagi standart interfeyslar - 182

    2-BOB. GSM TARMOQLARI VA STANDARTLARI.

    1. GSM standartini qurish tamoyillari va asosiy xarakteristikalari. 7

    2. GSM tarmog’ining arxitekturasi va asosiy tamoyillari. 18

    3. GSM tarmog’inig geografik zonalari 47

    1-BOB. TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOQLARI TUZILISHI
    1. Telekommunikatsiya tarmoqlari GSM tizimlari va vazifalari.
    GSM tizimida aloqa jarayonlarini boshqarish masalalari OMS (Operation and Maintenance Center) boshqarish va xizmat ko’rsatish markazi orqali yechiladi(1-rasm).

    1-rasm. GSM tizimida aloqa jarayonlarini boshqarish sxemasi.
    RP – nazorat nuqtalari (interfeyslar);
    q – OS, M va NE funksiyalar orasidagi nazorat nuqtalari sinfi;
    f – ishchi stansiya (GSM tarmoqlari abonentlari bilan) nazorat nuqtalari sinfi;
    d – ishchi stansiyadan foydalanuvchigacha nazorat nuqtalari sinfi (MMI);
    x – boshqa tarmoqlar, shu jumladan boshqa TMNlar bilan nazorat nuqtalari sinfi;
    t – nostandart ichki nazorat nuqtalari;
    t – boshqa tarmoqlar bilan aloqa uchun nazorat nuqtalari;
    FB – funksionalbloklar;
    WSF - ishchi stansiyanig funksional bloki;
    OSF –operasion tizimlar funksional bloki;
    MF –oraliq funksional blok;
    DCF –ma‘lumotlarni uzatishga bog’liq GSM aloqa tizimining funksiyalari;
    QAF - Q-interfeys adapteri funksiyalari;
    SEF – abonentni qo’llab-quvvatlash (ta‘minlash) funksiyalari;
    MEF – abonentlarga tenik izmat ko’ratish funksiyalari;
    NEF –tarmoq elementlari funksiyalari.
    OMSni qurish asosiga tarmoqni boshqarish tamoyillari qo’yilgan, ularga muvofiq. Tarmoqni boshqarish (GSM NM) tizimi uchun quyidagi loyihalash masalalari aniqlangan:
    1. GSM NM tizimi umumiy foydalanishdagi mavjud aloqa tizimlari bilan o’zaro ta‘sirlashishni ta‘minlashi va ularning tabiiy davomi bo’lishi kerak.
    2. GSM NM tizimi umumiy foydalanishdagi yer usti tizimlarining (PLMN), shuningdek tarmoqni boshqarish funksiyalari va xizmatlarining istiqbolli rivojlanishini ta‘minlash uchun yetarlicha tez moslashuvchan bo’lishi kerak.
    3. GSM NM tizimi mavjud PLMNlarda ishlatiladigan texnologiyalar uchun qanchalik mumkin bo’lsa, shunchalik shaffof bo’lishi kerak.
    4. GSM NM tizimi boshqarish amalga oshiriladigan tarmoqning o’lchamlariga bog’liq bo’lmasdan talab qilinadigan funksiyalarni ta‘minlash uchun modulli tuzilmaga ega bo’lishi kerak.
    5. GSM NM tizimi ishlab chiqaruvchiga bog’liq bo’lmasligi kerak, ya‘ni qurilmalarning o’zaro almashtiruvchanligi ko’zda tutilishi kerak.
    6. GSM NM tizimining tuzilmasi va funksiyalari operatorlar va ishlab chiqaruvchilarning faoliyati va tanlovini, shuningdek, masalan, xususiy lokal aloqa tarmoqlarini tashkil etish uchun individual foydalanish imkoniyatini cheklamasligi kerak.
    7. GSM NM tizimi rad etishlarga barqaror bo’lishi kerak, ya‘ni na qurilmalarning rad etishi, na inson omili aloqa tizimi yoki aloqa tarmog’ini yaroqsiz holatga olib kelmasligi kerak.
    Sanab o’tilgan masalalar GSM aloqa tarmoqlari uchun Xalqaro standartlar tashkilotining (ISO) ochiq tizimlar modelini (OSI) qabul qilish yo’li bilan, turli fizik bajarishlarni hisobga oladigan tarmoqni boshqarish tizimining funksional arxitekturasini tanlash bilan, xabarlarni uzatish standartlari va protokollarini uyg’unlashtirishni aniq aniqlash bilan yechilgan.

    Download 1.06 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 1.06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Telekommunikatsiya tarmoqlarida raqamli gsm standarti gsm tarmog'ining qurilish arxitekturasi

    Download 1.06 Mb.