Sun’iy yo‘ldoshli navigatsiya




Download 228,87 Kb.
bet3/9
Sana07.06.2024
Hajmi228,87 Kb.
#261117
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MUSTAQIL ISH 1

Sun’iy yo‘ldoshli navigatsiya
Sun’iy yo‘ldoshli radionavigatsion tizim deb ESY guruhi tayanch radinavigatsion nuqtalar rolini bajaradigan tizimga aytish qabul qilingan. Bunday tizimlarga NAVSTAR (AQSH) i "Glonass" (Rossiya). NAVSTAR (NAVigation System using Timing And Ranging) yoki GPS (Global Positioning System) tizimlari kiradi.
Bu tizimlar o‘zi aniqlaydigan passiv tizimlar toifasiga kiradi. Ularda faqat navigatsion ESYlar radiouzatkichga ega bo‘ladi, harakatdagi ob’ektda joylashtiriladigan apparatura esa faqat ESY signallari qabullagichi, signallarni qayta ishlash va ob’ektning koordinatalarini hisoblash qurilmasiga ega bo‘ladi. Bunday navigatsion tizimlarda ob’ektning koordinatalarini hisoblash natijasi faqat ob’ektning o‘zida bo‘ladi, ya’ni ob’ekt apparaturasining o‘zi o‘z koordinatalarini aniqlaydi.
1947 yilda Belllaboratories birinchi marta sotali aloqani qurish prinsipini taklif etdi. Uning ma’nosi shundan iboratki, R0 radiusli butun xizmat ko‘rsatiladigan zona (hudud) R radiusga ega bo‘lgan yacheykalarga shartli bo‘linadi. YAcheykaning ideal shakli aylana, lekin maydonlar va o‘zaro ta’sirlarni hisoblash oddiy bo‘lishi uchun asosga to‘g‘ri olti burchaklik olingan. Real jihatdan yacheyka joyning relefi, qurilishlar va boshqa omillarning ta’siri tufayli noto‘g‘ri aylana shakliga ega bo‘ladi.
Birinchi avlod (1G) analog SHATlarning to‘qqizta asosiy standartlari eng ma’lum hisoblanadi. O‘zRda ulardan NMT – 450 va AMPS ishlatilgan. Lekin analog SHATlar ko‘p soni kamchiliklari tufayli axborot texnologiyalarinin zamonaviy rivojlanishini qoniqtirmay qo‘ydi, bu kamchiliklardan asosiylari “standartlarning moslashuvchan emasligi”, cheklangan ishlash zonasi, past aloqa sifati, xabarlarni maxfiylashtirishni va ISDN xizmatlar integratsiyalanishi raqamli tizimlari bilan o‘zaro ta’sirlashishini va ma’lumotlarni paketli uzatilishini (PDN) yo‘qligi bo‘ldi.
80-yilllarda rivojlangan davlatlarda istiqbolli SHATlarni qurish prinsiplarini jadal o‘rganishga kirishildi va tarmoqlarning makrosotali topologiyasili va 35 kmgacha radiusli sotalarli bunday tizimlarning uchun uchta standartlari ishlab chiqildi.
- GSM – umumiy evropa standarti;
- ADS (D – AMPS) – amerika standarti;
- JDS – yapon standarti.
Raqamli SHATlarni 900 MGs diapazonda yaratilishini ko‘zda tutadigan dunyodagi ularga birinchi standart mikrosotali tuzilmali DCS – 1800 (1800 MGs diapazoni) SHAT sandarti asosiy hisoblanadigan va hozirgi vaqtda Evropada qabul qilingan GSM standarti hisoblanadi. GSM standarti hozirgi vaqtda SHimoliy Amerikada ham 1900 MGs (PCS – 1900) dipazonda ishlatilmoqda.
Yuqorida ko‘rsatilgan raqamli SHATlarga standartlar o‘z xarakteristikalari bilan farqlanadi, lekin ular yagona prinsiplar va konsepsiyalarda qurilgan va zamonaviy axborot texnologiyalari talablariga javob beradi. GSMda ishlab chiqilgan tizim va texnik echimlar barcha istiqbolli raqamli SHATlar uchun ishlatilishi mumkin.
SERT tavsiyalariga muvofiq 1980 yilda GSM standartidagi harakatdagi aloqa uchun 862 – 960 MGs diapazondagi chastotalar spektri ajratilgan. Binobarin, harakatdagi stansiyalar uzatkichlari uchun 890 – 915 MGs va bazaviy stansiyalar uzatkichlari uchun 935 – 960 MGs chastotalar spektri ajratilgan. GSM standartida tor polosali VAUU (NB TDMA) ishlatiladi. Kadrning tuzilmasida har bir 124 ta tashuvchilarda 8 ta vaqt pozitsiyalari mavjud bo‘ladi.
Axborot paketi uzatilishining halaqitbardoshligini oshirish uchun nabatlashtirishli blokli va o‘rama kodlash qo‘llaniladi. Harakatdagi stansiyalarning harakatlanishining past tezliklaridagi kodlash va navbatlash samaradorligi aloqa seansi jarayonida sekundiga 217 ta sakrashlar tezligida ishchi chastotalarni sekin qayta ulanishi (SFH) bilan ortadi. SHahar sharoitlarida radioto‘lqinlarning ko‘p nurli tarqalishi o‘z o‘rniga ega, ular qabul qilinadigan signallarning interferension so‘nishlariga olib keladi. Bu hodisa bilan kurashish uchun impulsli signallarni 16 mksgacha vaqt bo‘yicha kechiktirishni o‘rtacha kvadratik og‘ish bilan tekislaydigan ekvalayzerlar ishlatiladi.
Ishlatiladigan sinxronlashtirish tizimi signalni kechikishining 233 mksgacha absolyut vaqtini kompesatsiyalashga imkon beradi, bu 35 kmga teng sotaning maksimal radiusiga mos keladi.
GSM standartida minimal chastotaviy surilishli gauss chastotaviy manipulyasiyalash (GMSK) ishlatiladi. So‘zlashish signaliga ishlov berish nuqtni uzilishli uzatilishi yo‘li (DTX) bilan amalga oshiriladi, bunda uzatkich faqat signal bo‘lganida yoqiladi, so‘zlashuv pauzalari va yakunlanishida uzatkich o‘chiriladi. Buning uchun munazam impulsli qo‘zg‘atishli, uzoq vaqt oldindan aytishli va oldindan aytishli chiziqli kesimli kodlashli kodek (RPE/LTR –LTR – kodek) ishlatiladi. Nutq signalini o‘zgartirishning umumiy tezligi 13 kbit/sga teng.
GSM standartida aloqaning maxfiyligini ta’minlash uchun ochiq kalitli algoritm bo‘yicha shifrlash (RSA) qo‘llaniladi. Umumiy holda GSM standarti foydalanuvchilarga umumiy foydalanishdagi telefon tarmoqlariga (PSTN), ma’lumotlarni uzatish tarmoqlariga (PDN) va xizmatlar integratsiyalandigan raqamli tarmoqlarga (ISDN) ulanishli xizmatlarning keng diapazonini taqdim etadigan tarmoqni yaratishga imkon beradi. GSM standartining asosiy xarakteristikalari 8.1-jadvalda keltirilgan.

Download 228,87 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 228,87 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sun’iy yo‘ldoshli navigatsiya

Download 228,87 Kb.