Mustaqil ish 1




Download 228,87 Kb.
bet2/9
Sana07.06.2024
Hajmi228,87 Kb.
#261117
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MUSTAQIL ISH 1

0,2l0 < l < 0,8· l0 chegaralarda yotadigan sezilarli masofalarda erning sferikligini hisobga olish zarur bo‘ladi. Bir vaqtda refraksiyaning ta’sirini erning ekvivalent radiusidan foydalanish yo‘li bilan hisobga olish kerak bo‘ladi.
Bunday masofalarda UQTni tarqalishi uchun metrologik sharoitlar ta’sir qiladi. Troposferaning sindirish koeffitsientining o‘zgarishi bilan to‘lqin traektoriyasining egriligi o‘zgaradi, binobarin, to‘g‘ri va er sirtidan qaytgan nurlar uchun bu o‘zgarishlar turlicha bo‘lishi mumkin. Natijada to‘g‘ri va qaytgan nurlar orasidagi fazalar farqi o‘zgaradi, buning natijasida radioto‘lqinlar maydonlari sathi o‘zgaradi, signalning so‘nishi bo‘lib o‘tadi. Masofaning ortishi bilan so‘nishlarning halaqit qiluvchi ta’siri ortadi
Antenna deb elektromagnit to'lqinlami nurlantirish yoki qabul qilish uchun mo'ljallangan qurilmaga aytiladi. Antenna istalgan radiouzatish va radioqabul qilish qurilmasining zarur elementi hisoblanadi. Uzatkich antennasi yoki uzatish antennasi yuqori chastotali tokni elektromagnit to'lqinlar energiyasiga o'zgartirish uchun mo'ljallangan. Qabul qilish antennasi yoki qabul qilgich antennasi elektromagnit to'lqinlarni qabul qiladi va ulami yuqori chastotali tebranishlar energiyasiga o'zgartiradi.
Uzatish antennasi, tarqalish trakti va qabul qilish antennasidan iborat radiokanalni passiv chiziqli to s rt qutbli hisoblash mumkin. Agar bunday to'rt qutblida EYuK manbai va yuklamaning joylari almashtirilsa, ya'ni qabul qilish antennasini uzatish antennasi, uzatish antennasini qabul qilish antennasiga o'zgartirilsa, u holda tizimning parametrlari o'zgarmaydi. Passiv chiziqli to'rt qutblilaming bu xususiyati o žaro almashuvchanlik prinsipi deyiladi, undan qabul qilish va uzatish jarayonlarining qaytuvchanligi kuzatiladi. Antennalarning qaytuvchanligi bir vaqtning o'zida o'sha bir antennani uzatish va qabul qilish antennasi sifatida ishlatishga imkon beradi, bu simsiz aloqa tizimlarining, ayniqsa, uzatish va qabul qilish qurilmalari uzatish va qabul qilish uchun umumiy antennaga ega bo'lgan mobil aloqa tizimlarining texnik va iqtisodiy ko'rsatkichlarini sezilarli darajada oshiradi.
Barcha antennalarni ikkita katta guruhlarga - nurlantiruvchi simlar va nurlantiruvchi yuzalar guruhlariga bo'lish mumkin. I gigagersgacha bo'lgan chastotalarda ishlaydigan radioaloqa tizimlarida antennalar sifatida nurlantiruvchi simlar, yuqoriroq chastotalarda esa nurlantiruvchi yuzalar ishlatiladi.
Nurlantiruvchi simlarga asoslangan antennalaming ishlash prinsipi quyidagicha: agar uzun liniya bo'lgan ikkita yaqin va parallel joylashtirilgan simlarga yuqori chastotali tebranishlar generatori ulangan bo'lsa, u holda qiymati bo'yicha bir xil, lekin qarama-qarshi yo'nalgan ikkita toklarning maydonlari o'zaro kompensatsiyalanadi va energiyaning atrof-muhitga tarqalishi bo'lib o'tmaydi.
Nurlantirish quvvati (Rn) - antenna orqali ochiq fazoga nurlantiriladigan elektromagnit to'lqinlar quvvati hisoblanadi. Bu aktiv quvvat, chunki u antenna atrofidagi bo'shliqda tarqaladi. Demak, nurlantiriladigan quvvat nurlantirish qarshiligi deyiladigan aktiv qarshilik orqali ifodalanishi mumkin.
Antennaning kirish qarshiligi antennaning kirish uchlaridagi qarshilik hisoblanadi. Reaktiv va aktiv tashkil etuvchilarga ega. Rezonansga sozlanganda antenna generator uchun sof aktiv yuklama bo'ladi va undan eng samarali foydalaniladi.
Antennaning yo 'naltirilganligi uning ma'lum yo'nalishlarda elektromagnit to'lqinlami nurlantirish qobiliyati hisoblanadi. Antennaning bu xususiyati haqida yo 'naltirilganlik diagrammasi bo'yicha baholanadi, u maydon kuchlanganligi yoki nurlantiriladigan quvvatning yo'nalishga bog'liqligini grafik ko'rsatadi. Odatda, ular normallashtirilgan yo'naltirilganlik diagrammasidan foydalaniladi, uning uchun maydon kuchlanganligi yoki nurlantirish quvvatini tavsiflaydigan qiymatlar absolyut qiymatlarda ifodalanmaydi, balki ikki tekisliklar - gorizontal va vertikal tekisliklarda yo'naltirilganlik diagrammalari bilan cheklanadi.
Radioantennalar sotali aloqada juda muhim rol o'ynaydi. Sotali aloqaning muhim ajralib turadigan xususiyatlaridan biri bu abonentlar tarmoqning butun xizmat ko'rsatish doirasi bo'ylab erkin harakatlanish va uzluksiz xizrnat ko'rsatishni olish imkoniyatidan iborat. Bu oxirgi milya, ya'ni abonent qurilmasi (mobile station - MS) va bazaviy stansiya (base station - BS) orasidagi oraliq radioaloqa yordamida tashkil qilinishi tufayli mumkin bo'ldi (3.23-rasm). Shuningdek, sotali aloqa obyektlarini qurishda olisdagi bazaviy stansiyalargacha radioreleli liniyalar (RRL) aloqasi yordamida transportni tezkor tashkil etish va eng qiyin bo'lgan joylarda qamrab olishni tashkil qilish muhim hisoblanadi.
Sotali aloqa tizimlarida quyidagi turdagi antennalar qo'llaniladi:

  1. BS panelli sektorli antennalar;

  2. BS barcha tomonlarga yo'naltirilgan antennalari;

  3. RRL oraliqlari va sun'iy yo'ldoshli aloqa uchun parabolasimon antennalar;

  4. Repiterlar uchun logoperiodik antennalar.

Raqamli aloqa texnikasida modulyatsiyalash usullari juda muhim rolni o'ynaydi. O'zining asosiy funksiyasi simvol—signal o'zgartirishdan tashqari, modulyatsiyalash jarayoni signalni kanalning xarakteristikalari bilan umumiy moslashtirish jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi. Zamonaviy ko'p pozitsiyali modulyatsiyalash usullari Shennon teoremasiga to'liq muvofiqlikda xabarlar ma'lumotlarini kanalning simvollariga kodlash usuli sifatida qaralishi mumkin. Raqamli televideniye tizimlarida u yoki bu modulyatsiyalash usullarining tanlashning o'ziga xosligi efir uzatish kanallari to'rining berilganligiga, ya'ni mavjud chastotaviy rejalardan foydalanishga bog'liq.


Raqamli tarmoqlarda ma'lumotlami almashlash jarayoni umumiy ko'rinishda quyidagi tarzda bo'lib o'tadi. Ovoz ma'lumotlari (nutq) raqamli formatga o'zgartiriladi, yuqori chastotali signal bilan modulyatsiyalanadi va an'anaviy fizik qonunlarga binoan efirga uzatiladi. Qabul qilish tomonida raqamli signalni dastlabki analog ko'rinishga teskari qayta tiklashjarayoni bo'lib o'tadi.
Raqamli signalni radiokanal bo'yicha uzatilishi uchun uni yuqori chastotali ko'rinishga o'zgartirish zarur bo'ladi. Buning uchun analog aloqa tizimlardagi kabi modulyatsiyalash (manipulyatsiyalash) xizmat qiladi. 0 va 1 ikkilik simvollar oqimi bo'lgan raqamli signal tashuvchi o'zgarmas amplitudali va chastotali analog yuqori chastotali signalga qo'shiladi va keyin efir bo'ylab uzatiladi.
Amplitudaviy manipulyatsiyalashda (ASK amplitude-shift keying) modulyatsilanadigan to'lqin signalning amplitudasini ikkilik ma'lumotlarga muvofiq (masalan, yuqori sathdan pastga) o'zgafiiradi. Chastotaviy manipulyatsb'alashda (FSK frequency-shift keying) bitlar oqimi ikkita chastotalar orasidagi o'zgarishlar bilan berilgan. Fazaviy manipulyatsiyalashda (PSK phase-shift keying) amplituda va chastota o'zgarmasdan qoladi, bitlar oqimi esa modulyatsiyalangan signal fazalarining o'zgarishlari orqali berilgan. Eng oddiy manipulyatsiyalash turlaridan biri amplitudaviy manipulyatsiyalash hisoblanadi. Amplitudaviy manipulyatsiyalashda (inglizcha amplitude shift keying (ASK)) - tashuvchi tebranishning amplitudasi sakrashsimon o'zgaradi.
Chastotaviy manipulyatsiyalash (FSK). Manipulyatsiyalashning boshqa turi chastotaviy manipulyatsiyalash (inglizchafrequency-shifi keying, FSK) hisoblanadi. Bu holda o'zgaradigan parametr garmonik tebranishning chastotasi hisoblanadi. Chastotaviy manipulyatsiyalashda signal quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi:

bu yerda M(t) — modulyatsiyalangan signal;
Ao — tashuvchi tebranish amplitudasi; D(t) — uzatish uchun ma'lumotlar; fo — tashuvchi tebranish chastotasi; po — tashuvchi tebranish boshlang'ich fazasi; fd— chastota deviatsiyasi.
Fazaviy manipulyatsiyalash (PSK). Fazaviy manipulyatsiyalashda (inglizcha phase-shift keying, PSK) o'zgaradigan parametr garmonik tebranishningfazasi hisoblanadi.
Ikkilik fazaviy manipulyatsiyalashda modulyatsiyalangan signal quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi:
IfD(t) bo'lganda M(t)= Aosin2Tfo +po
D(t) —l bo'lganda M(t)= Aosin2%+po+z
bu yerda M(t) — modulyatsiyalangan signal;
Ao— tashuvchi tebranish amplitudasi;
D(t) — uzatish uchun ma'lumotlar;
fo — tashuvchi tebranish chastotasi;
po — tashuvchi tebranish bosh1ang'ich fazasi.
Har xil manipulyatsiyalash turlari uchun bitta signal doirasida nafaqat 0 va I bitlami, balki ulaming kombinatsiyalarini ham uzatishga imkon beradigan usullar mavjud, Bunday usullar ko'p pozitsiyali manipulyatsiyalash usullari deyiladi. Bu usullaming mazmuni shundan iboratki, chiziqli signalning bitta elementi oddiy ikki pozitsiyali usullarga qaraganda ko'proq bitlar soni haqidagi ma'lumotlami tashiydi. Bu juda oddiy ishlaydi. Masalan, ko'p pozitsiyali amplitudaviy manipulyatsiyalashda 0 yoki I bitlami kodlaydigan 2 ta amplituda emas, balki 4 ta amplituda beramiz, ular amplitudaning ortishi bilan 00, Ol, 10, I I bitlarga mos keladi. Ko'p pozitsiyali chastotaviy manipulyatsiyalash uchun ko'proq chastotalar, ko'p pozitsiyali fazaviy manipulyatsiyalash uchun esa mos ravishda ko'roq faza bo'yicha surilishlar ishlatiladi. Bu haqiqatan ham ma'lumotlami uzatish solishtima tezligini oshirishga imkon beradi, lekin bunda uzatish xatoligiga bog'liq bo'lgan xatoliklar vujudga kela boshlaydi.
Modulyatsiyalangan signallar xarakteristikalarini tahlil qilishning qulay vositasi ulami signallar turkumi ko'rinishidagi kvadraturali diagammalar yordamida aks ettirish hisoblanadi.
Raqamli uzatish tizimlari uchun zamonaviy modulyatorlar kvadraturali sxema bo'yicha quriladi. Bunday modulyatorda chiqish signali tashuvchilari o'zaro 900 fazaviy surilishga ega bo'lgan ikkita turli modulyatsiyalangan signallarni qo'shish bilan hosil bo'ladi.
Kvadraturali modulyatorlarning ikkita modulyatsiyalovchi signallar kirishlari I va Q bilan belgilanadi:

  • I (sinfaz) tashuvchining boshlang'ich fazaviy surilishi 00ga teng olinadigan kanalga tegishli bo'ladi;

Q (kvadraturali) tashuvchining boshlang'ich fazaviy surilishi 900ga teng olinadigan kanalga tegishli bo'ladi.
Oddiy amplitudaviy manipulyatsiyalash (AMn) ham signallar turkumi diagrammasi yordamida berilishi mumkin. Ma'lumotlar faqat amplitudada bo'lganligi bois bitning birlik qiymati E radiusli aylananing istalgan nuqtasida bo'lishi mumkin.
Kvadraturali fazaviy manipulyatsiyalash (QPSK). Fazaviy manipulyatsiyalashning BPSK, QPSK, 8-PSK va boshqa turlari mavjud.
Radioreleli aloqa radiosignallarining ko'p marotaba retranslyatsiyalanishiga asoslangan yer usti radioaloqasining turlaridan biri hisoblanadi. Radioreleli aloqa statsionar obyektlar orasida amalga oshiriladi.
Tarixan stansiyalar orasidagi radioreleli aloqa ham aktiv, ham passiv bo'lishi mumkin retranslyatsion stansiyalari zanjiridan foydalanish bilan amalga oshirildi.
Boshqa barcha turdagi yer usti radioaloqa turlaridan radioreleli aloqaning farqli o'ziga xos xususiyati tor yo'nalishli antennalardan, shuningdek, detsimetrli, santimefrli yoki millimetrli radioto'lqinlardan foydalanish hisoblanadi.
Oxirgi stansiyalar aloqa liniyasining chetki punktlariga o‘rnatiladi va signllarni uzatish yo‘nalishlarida modulyatorlar va uzatkichlarga va qabul qilish yo‘nalishlarida demodulyatorlarli qabullagichlarga ega bo‘ladi. Qabullash va uzatish uchun qabullash va uzatish traktlari bilan antenna tarmoqlagichi yordamida ulangan bitta antenna ishlatiladi. Signallarni modulyasiyalash va demodulyasiyalash standart oraliq chastotalardan (70 - 1000 MGs) birida amalga oshiriladi. Bunda modemlar turli chastotalar diapazonlari ishlatadigan qabullagich-uzatkichlar bilan ishlashi mumkin. Uzatkichlar oraliq chastota signallarini ishchi O‘YUCH dipazonga o‘zgartirish uchun, qabullagichlar esa, teskari o‘zgartirish va oraliq chastota signallarini kuchaytirish uchun mo‘ljallangan.
Zamonaviy raqamli radioreleli liniyalarning qo‘llanilishi spektri etarli darajada keng, ular quyidagilarga imkon beradi:
• antenna-machta qurilmalari va va boshqa jihozlardan foydalanish orqali aloqa tugunlari binolarida radioreleli tizimlar qurilmalarini o‘rnatilishi yo‘li bilan aloqa tizimining imkoniyatlarini operativ oshirish, bu radioteleli aloqa liniyalarini qurishga kapital harajatlarni qisqartiradi;
• kuchsiz rivojlangan (yoki mavjud bo‘lmagan) infratuzilmali hududlarda , shuningdek murakkab relefli joylar oraliqlarida ko‘p kanalli aloqani tashkil etish;
• yangi kabellarni yotqizilishi juda qimmat yoki mumkin bo‘lmaydigan hududlarda, katta shaharlarda va industrial zonalarda tarmoqlashtirilgan raqamli tarmoqlarni qurish;
• tabiy oftalar va boshqalar hududlarida aloqani qayta tiklash.
RRT bitta o‘tish oralig‘ili, ko‘p o‘tish oralig‘ili va radioreleli tarmoq sifatida qurilishi mumkin. Bitta o‘tish oralig‘ili RRT ikkita hududiy ajratilgan RRTdan tashkil topgan. Bunday liniyalar sotali aloqa bazaviy markazlari, ATS va boshqalarni ulanishi uchun quriladi.
18, 23 va 36 GGs diapazonlar kichik o‘lchamli va tez quriladigan RRSlar keng qo‘llaniladi, ular 25 kmgacha masofaga ham analog (televizion) signallarni, ham raqamli ma’lumotlarni (34 Mbit/sgacha tezlikda) uzata oladi. Bu diapazonlarda raqamli RRSlar mahalliy aloqa, sotali va tranking aloqa tarmoqlarini tashkil etish uchun qo‘llaniladi. Sotali va tranking aloqa tarmoqlarida «bazaviy stansiya» – «bazaviy stansiya» va «bazaviy stansiya» – «kommunikatsion stansiya» bir o‘tish oralig‘ili RRL qo‘llaniladi.
RRL tugun ATSlar va boshqa aloqa ob’ektlari orasida aloqa uchun shahar sharoitlarida yaratiladigan keng polosali optik tolali liniyalar o‘rniga ham ishlatiladi. Bunday RRLlar SDH/SONET standartlariga javob beradigan telekommunikatsion tarmoqlarga o‘rnatilishi mumkin.
Radioreleli aloqa liniyasi qabul qilish/uzatish radioreleli stansiyalari (RRS) zanjiri ko'rinishida quriladi. RRLda uzatkichlar, qabul qilgichlar, antennalar o'matiladi.
Bunday RRLda Qo'shni RRSlar antennalari orasida to'g'ri ko'rinish bo'lishi kerak. Buning uchun antennalar ko'pincha 40 ... 100 m balandlikda tayanchlarga o'rnatiladi. Qo'shni RRSlar va magistral RRLlar orasidagi masofa odatda taxminan 50 km bo'ladi.
Stansiyalarning turlari
RRSlaming asosiy turlari quyidagilardan iborat:

  • oxirgi releli stansiya (ORC);

  • tugun releli stansiya (TRS);

  • o'rta releli stansiya (O'RS).

Radiosignallarni tarqatish qurilmalari va muhitini o'z ichiga Olgan qo'shni RRSlar orasidagi radioreleli aloqa liniyasining qismi radioreleli ko'rish deyiladi. Oxirgi yoki tugun stansiyalari bo'lgan ikkita yaqin joylashgan radioreleli stansiyalari bilan cheklangan radioreleli aloqa liniyasining qismi radioreleli oraliq deyiladi.
Aloqa qo‘llanilishidagi Erning sun’iy yo‘ldoshlari (ESY) turli xabarlarni uzatish, TV, telefon, telegraf va boshqa aloqa kanallarini tashkil etish uchun keng qo‘llaniladi.
Sun’iy yo‘ldoshli aloqani yaratishning asosiy prinsipi ESYga retranslyatorlarni joylashtirilishidan iborat. Demak, sun’iy yo‘ldoshli aloqa ESYga joylashtirilgan bitta oraliq stansiyali RRLdan iborat bo‘ladi (11.7-rasm. Sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlarini qurishda RRLda ishlatiladigan g‘oyalar va prinsiplardan foydalaniladi.
Retranslyasiyalash usuli bo‘yicha yo‘ldoshli tizimlar aktiv va passiv retranslyasiyalashli tizimlarga bo‘linadi. Bort apparaturasisiz ishlaydigan tizim passiv yo‘ldoshli yoki passiv retranslyasiyalashli aloqa tizimi deyiladi. Bu holda Erdan yuborilgan signallar ESY sirtidan dastlabki kuchaytirishsiz orqaga qaytadi. Passiv yo‘ldoshlar sifatida ham turli shakllardagi maxsus qaytargichlar (sferik ballonlar, hajmli ko‘p qirralilar va h.k.), ham Erning tabiy yo‘ldoshi Oy ishlatilishi mumkin. Er usti antennalarining etarlicha kuchaytirishida va er stansiyasi (ES) qabullagichi yuqori sezgirligida bu radioaloqa usuli kichik o‘tkazish qobiliyatili tizimlarda qo‘llanilishi mumkin. Bunday aloqa tizimlarining o‘tkazish qobiliyati zamonaviy texnika darajasida ikki-uchta telefon xabarlaridan oshmaydi.
Bort apparaturalari bo‘lganida radioaloqa tizimi signal aktiv retranslyasiya qilinadigan tizim yoki aktiv sun’iy yo‘ldoshli tizim deyiladi. Bunda bort retranslyatorining energiya ta’minoti ESYda joylashgan quyosh batareyalaridan amalga oshiriladi. Aktiv retranslyasiya qilish zamonaviy uzatish tizimlarining asosi hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda sun’iy yo‘ldoshli TV va radioeshittirish deganda TV va radiodasturlarni shakllantirish markazlari bilan bog‘langan bir yoki bir nechta er usti uzatkichlaridan ham TV signallarni (ovoz bilan birga), ham radiouzatish ovoz signallarini ESY orqali bu dasturlarni er usti aloqa vositalari (turli quvvatlardagi retranslyatorlar, SKTV, jamoavaiy va individual qabul qilish vositalari) yordamida abonentlarga (teltomoshabinlar yoki radiotinglovchilarga) etkazilishi uchun bu dasturlarni er usti qabullash va taqsimlash qurilmalari tarmog‘iga uzatilishi tushuniladi. Aloqa ESYlariga xizmat ko‘rsatish zonasida har xil turlardagi qabullash ESlari joylashtiriladi. ES va ESY orasidagi juda katta masofalar tufayli sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlarida qabul qilinadigan TV va ovoz signallarining yuqori sifatini ta’minlash uchun quyidagi choralar ko‘riladi:
● ES uzatkichining quvvati 5…10 kVtga oshiriladi;
● ES qabullash-uzatish antennalari murakkablashtiriladi;
● kam shovqinli kuchaytirgichlar ishlatiladi;
● chastota deviatsiyasini oshirilishi hisobiga CHMli qabul qilish samaradorligi oshiriladi.

Download 228,87 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 228,87 Kb.