• 1-rasm. Flyus ostida payvandlash chizmasi Flyus ostida payvandlash rejimi hisobi
  • Mavzu: flyus ostida payvandlash rejimini hisoblash




    Download 116,54 Kb.
    bet1/3
    Sana17.05.2024
    Hajmi116,54 Kb.
    #240231
      1   2   3
    Bog'liq
    12-amaliy mashg\'ulot PAU


    12-AMALIY MASHG‘ULOT
    MAVZU: FLYUS OSTIDA PAYVANDLASH REJIMINI HISOBLASH
    Ishdan maqsad: Flyus ostida payvandlash va payvandlash ko ‘nikmasini hosil qilish.
    Flyus ostida yoyli payvandlash – bu yoyli eritib payvandlashdir, bunda yoy, payvandlash flyusi ostida yonadi.
    Flyus ostida payvandlash usuli 1939-yilda Ukraina Fanlar Akademiyasining elektr payvandlash institutida Ye.O. Paton ishtiroki bilan, N.G. Slavyanov g‘oyasi asosida ishlab chiqildi va o‘shanda bu usulga «flyus ostida qoplamasiz elektrod bilan tezkor avtomatik payvandlash» nomi berilgan.
    Flyus ostida payvandlashda payvand yoy buyum va payvandlash simi orasida yonadi. Yoy ta’sirida sim eriydi va erish tezligiga bog‘liq ravishda payvandlash zonasiga uzatiladi. Yoy flyus qatlami bilan qoplangan bo‘ladi. Payvandlash simi (yoy bilan birga) maxsus mexanizm yordamida (avtomatik payvandlash) yoki qo‘lda (yarim avtomatik payvandlash) payvandlash yo‘nalishiga qarab siljitiladi. Yoy issiqligi ta’sirida asosiy metall va flyus eriydi. Erigan simlar, flyus va asosiy metall payvandlash vannasini hosil qiladi. Flyus suyuq parda ko‘rinishida payvandlash zonasini havodan himoyalaydi.
    Yoy yordamida erigan payvandlash simining metalli payvandlash vannasiga tomchilab o‘tadi, u yerda erigan asosiy metall bilan aralashadi. Yoyni uzoqlashtirgan sari payvandlash vannasining metalli sovushni boshlaydi, chunki issiqlik yo‘qala boshlaydi, so‘ng qotib chok hosil qiladi. Erigan flyus (shlak), chok yuzasida shlakli qatlam hosil qilib qotadi. Erimagan ortiqcha flyus qismi sovutilib qayta ishlatiladi.
    1 – payvandlanayotgan detal; 2 – flyus qatlami; 3 – payvandlash simi; 4 – payvandlash yoyi; 5 – erigan flyus; 6 – shlak qatlami;
    7 – flyus qoldig‘i; 8 – payvand chok; 9 – payvandlash vannasi
    1-rasm. Flyus ostida payvandlash chizmasi
    Flyus ostida payvandlash rejimi hisobi
    Flyus ostida payvandlash rejimi asosiy parametrlariga quyidagilar kiradi: payvandlash toki, yoydagi kuchlanish, payvandlash tezligi, payvandlash simini uzatish tezligi.
    1. Payvandlash toki kuchini quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
    Ipay = (80 - 100)h1 (1)
    bunda h1 — erish chuqurligi, mm.
    Bir o‘tishli bir tomonli payvandlashda h1 = s qabul qilinadi, ikki tomonli payvandlashda h1 = (0,6-0,7)s (tirqishsiz yig‘ish, payvandlash chetlarini tayyorlab), bunda s-payvandlanayotgan detal qalinligi, mm. Burchak choklarni payvandlashda uchma-uch birikmalarni payvandlashdagi hisoblar bajariladi, payvandlash qirralarini 90° ga ochish bilan.
    2. Elektrod simini diametri, mm
    (2)
    bunda j - tok zichligi chegarasi, A/mm2.
    Tok zichligi chegarasi turli diametrli elektrodlar uchun diametr elektrodiga bog‘lik (14.1- jadval).

    Download 116,54 Kb.
      1   2   3




    Download 116,54 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: flyus ostida payvandlash rejimini hisoblash

    Download 116,54 Kb.