11.3-rasm. Olmos kristall panjarasi
Olmos kristall panjarasining parametri 3,57A ga teng
va atomlar orasidagi eng
qisqa masofa 1,54 A ni tashkil etadi, bu esa 1,54∙10
-4
mkm teng. Olmos kristall
panjarasining koordinatsion soni 4 ga teng. Bu degani xar bir uglerod atomi to‘rta
ekvivalent atom bilan bog‘langan. Bu bog‘lanish burchagi 109
0
30 tashkil etadi.
Olmos
juda qattiq material, bunga asosiy sabab uglerod atomlari mustaxkam
kovalent bog‘langan.
Moos shkalasi bo‘yicha olmos eng yuqori qattiqlik 10 ga
teng.
Olmos yuqori qattiq bo‘lishi bilan birgalik yuqori abraziv
material va yeyilishga
chidamligi juda yuqori. Toblangan po‘latlarga ishlov berishda odatiy abraziv
materiallarga nisbatan 100-200 marta, yuqori qattiqlik hamda mustahkam keramika
nisbatan 250 ming marta yeyilishbardoshligi katta.
Olmosning
elastiklik moduli tabiatda mavjud barcha qattiq moddalar elastiklik
modulidan katta. U Б va Si karbidlari elastiklik modulidan 2,5-3,0 baravar hamda
qattiq qotishma elastiklik modulidan sezilarli darajada katta.
Olmos juda kichik ishqalanish koeffitsientiga ega. Olmos bilan olmos yoki olmos
po‘lat bilan havoda ishqalanganda yog‘lovchi moddaga bog‘liq bo‘lmagan holatda
bor yo‘g‘i 0,03 ga teng. Buni olmos yuzasida singan
oksid va gidrooksidlarning
yupqa qatlamlari mavjudligi va uning strukturasini mustaxkam himoyalanishi bilan
tushuntiriladi. Biroq vakuumda oksid va gidroksidlar yupqa qatlamlari paydo
bo‘lmasligi sababli
ishqalanish koeffitsienti sezilarli darajada ortadi.
Olmos texnikada asboblar tayyorlashda, yuqori aniqlikga
ega qurilmalar tez
yeyiladigan elementlarini (qurilmalar uchliklari, xronometr podshipniklari,
qattiqlikni o‘lchash identorlari va b) yasashda ishlatiladigan konstruksion material
sifatida qo‘llaniladi. Hozirgi paytda dunyoda ishlatilayotgan olmoslarning 80%
texnika sohasida ishlatiladi.