Kukunlardan metall materiallar (buyumlar) ishlab chiqarish uchun, dastlab,
metallar yoki metallar bilan metallmas materiallarning mayin kukunlari
tayyorlanadi. Metall kukunlari tayyorlashda, asosan, qattiq metallarni mexaniq
maydalash, metallarning qattiq birikmalarini (metall oksidlarini) qaytarish,
elektroliz, suyuq metallarni purkash usullari qoʻlla-niladi. Soʻngra kukunlardan
dastlabki maʼlum kimyoviy tarkib va xossali aralashma (shixta) tayyorlanadi va
undan kerakli buyumning zagotovkasi qoliplarga solib tayyorlanadi hamda
presslanadi, keyin asosiy komponen-tning suyuqlanish temperaturasidan pastroq
temperaturada, asosan, elektr pechlarda qovush-tirilgan zagotovkalarga sovuqlayin
yoki qizdirib qoʻshimcha ishlov beri-ladi.