• Shixtani tayyorlash
  • Presslash
  • Mashinasozlik materiallari 11-Mavzu: Kukun metallurgiyasi asoslari




    Download 1,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/13
    Sana31.01.2024
    Hajmi1,15 Mb.
    #149148
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Engineering materials - lecture 11

    Presslanuvchanlik-tashqi nagruzka ta’siridan kukunning zichlanish xossasidir, u 
    presslangan kukun zarralari o‘zaro qanchalik mustahkamlashganligini 
    xarakterlaydi. Presslanuvchanlik materialning plastikligi, kukun zarrasining 
    o’lchami va shakliga bog’liq bo’ladi. Kukun tarkibiga sirtqi aktiv moddalar 
    qo‘shilishi bilan ularning presslanuvchanligi ortadi. 
    Pishuvchanlik deyilganda presslangan xomakini termik ishlash natijasida 
    zarrachalarning ilashish mustaxkamligini tushuniladi. 
    Shixtani tayyorlash
    . Ma’lum kimyoviy va granulometrik tarkibdagi xamda 
    texnologik xossalarga ega bodgan kukunlarning dozalangan porsiyalari 
    barabanlarda, tegirmonlarda va boshqa qurilmalarda aralashtiriladi. Shixtani bir 
    tekis aralashtirish zarurati tugdlsa spirt, benzin, gliserin va distillangan suv 
    qo‘shiladi. Ba’zan aralashtirish prosessida turli vazifani o’tuvchi texnologik 
    qo‘shilmalar qo‘shiladi: presslanishni yengillashtirish maqsadida plastifikatorlar 
    (parafin, stearin, gliserin va boshqalar), kerakli g‘ovaklikka ega bo’lgan buyumlar 
    olish uchun oson suyuqlanadigan qo‘shilmalar, uchuvchi moddalar qo‘shiladi. 
    Xomaki va buyumlarni shakllantirish
    . Kukunlar sovuqlayin yoki issiqlayin 
    prokatlash hamda boshqa usullar bilan presslanadi. 
    Sovuqlayin presslashda press forma matritsasiga shixta solinadi va ish puansoni 
    bilan presslanadi. Bosim olingach, buyum surib chiqaruvchi puanson bilan 
    matritsadan chiqariladi. Presslash jarayonida kukun zarrachalari elastik va plastik 
    deformasiyalanadi. Bunda kukun zarrachalari orasidagi jipslashish ortadi, 
    g‘ovaklik kamayadi. Bu esa kerakli shakl va mustaxkamlikdagi xomaki olish 
    imkonini beradi. Xomaki gidravlik yoki mexanik (ekssentrikli, krivoshipli) 
    presslarda presslanadi. Presslash bosimi kukun tarkibi va buyum vazifasiga ko‘ra 
    200-1000 MPa bo’ladi. 
    Avtomatik harakatlanadigan presslar keng tarqalgan. Qabul qiluvchi bunker (1) 
    ga solinadigan shixta o‘z og’irligi bilan to’ldiruvchi shlangga o’tadi. Shlang press-


    qolip (3) ustida tugaydi, u press stoli (4) bo’ylab surilishi mumkin. Pastki surib 
    chiqaruvchi puanson (5) vaziyati to‘kiladigan kukun miqdorini belgilaydi, ya’ni 
    ushbu holda press-qolipni dozalash va uni to’ldirish bir vaqtda bajariladi. Pres-
    qolip to’lgach, shlang chetga suriladi va yuqori ish puansoni bilan kukunni qisish 
    imkoniyati tug’iladi. Xomaki pastki puanson bilan surib chiqariladi, qolipni yana 
    to’ldirish uchun shlang suriladi, xomaki bir yo’la stoldan maxsus novga surib 
    tushiradi. Bunday presslar ba’zan bir necha press-qolip o‘rnatilgan aylanuvchi 
    stollar bilan jixozlanadi. Avtomatik presslarning ish unumi bir soatda bir necha 
    ming xomaki chiqaradigan darajada bo’lishi mumkin. 

    Download 1,15 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 1,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mashinasozlik materiallari 11-Mavzu: Kukun metallurgiyasi asoslari

    Download 1,15 Mb.
    Pdf ko'rish