Quyma bimetall kompozitsiyalarni termik ishlov berish orqali,
ularning ishlash
muddatlarini oshirish qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari deyarli ko‘p emas. Mavjud
texnologik rejimlar ham asbobsozlik materiallariga beriladigan standart
rejimlardan farq qilmaydi. Quyma bimetall kompozitsiyalarni termik ishlov berish
rejimlarini ishlab chiqishda, ularni bir nechta turli materiallardan iborat ekanligiga
e’tibor berilishi lozim. Buni hisobga olmaslik turli materiallardan tuzilgan
kompozitsiyalaring potensial imkoniyatlarini ochishga
hamda termik ishlov
natijasida zarur samaraga erishish mumkin emas.
Quyma bimetall kompozitsiyalarni
termik ishlov berish texnologiyasida,
yuqorida aytilgan kamchiliklarni tuzatish maqsadida prof.
V.V CHekurov
tomonidan bir nechta termik ishlov rejimlari taklif etilgan.
Biroq ularni amalga
oshirish texnologik nuqtai nazardan murakkab.
Mazkur kitob mualliflari tomonidan ushbu yo‘nalishni rivojlantirish maqsadida
quyma bimetall kompozitsiyalardan tayyorlangan asboblarga termik ishlov berish
bo‘yicha bir nechta termik ishlov rejimlari ishlab chiqildi.