|
Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti matematika fakulteti
|
bet | 1/5 | Sana | 23.12.2023 | Hajmi | 1,54 Mb. | | #127196 |
Bog'liq KURS SIHI Mahmudova Mat.modellashtirish
O‘BEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA‘LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
MATEMATIKA FAKULTETI
AMALIY MATEMATIKA TA‘LIM YO‘NALISHI
4-KURS TALABASI
Maxmudova Zebinisoning
Matematik modellashtirish fanidan
Gomogen kimyoviy reaktorlarni modellash mavzusi bo‘yicha tayyorlagan
KURS ISHI
Andijon-2023
Reja
Kirish
Asosiy qism
Reaktorlarning tasniflanishi
Ideal aralashtiruvchi reaktorning matematik modeli
Ideal siqib chiqarishning matematik modeli
Ideal siqib chiqaruvchi gomogen reaktorda boruvchi kimyoviy jarayonni tadqiq etish
Statsionar sharoitda ideal siqib chiqarish reaktorida boradigan kimyoviy jarayonni tadqiq etish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Kirish
Matematik modellashtirish aniq fanlardagi turli amaliy masalalarni yechishda muvaffaqiyat bilan qo`llanib kelinmoqda. Matematik modellashtirish uslubi masalani xarakterlaydigan u yoki bu kattalikni miqdor jixatdan ifodalash, so`ngra bog`liqdigini o`rganish imkoniyatini beradi.
Matematik model deb o`rganilayotgan ob`ektni matematik formula yoki algoritm ko`rinishida ifodalangan xarakteristikalari orasidagi funksional bog`lanishga aytiladi.
Kompyuter ixtiro etilganidan so`ng matematik modellashning ahamiyati keskin oshdi. Murakkab texnik, iqtisodiy va ijtimoiy tizimlarni yaratish, so`ngra ularni kompyuterlar yordamida tatbiq etishning xaqiqiy imkoniyati paydo bo`ldi. Endilikda ob`ekt, ya`ni haqiqiy tizim ustida emas, balki uni almashtiruvchi matematik model ustida tajriba o`tkazila boshlandi.
Kosmik kemalarning harakat traektoriyasi, murakkab muhandislik inshootlarini yaratish, transport magistrallarini loyihalash, iqtisodni rivojlantirsh va boshqalar bilan bog`liq bo`lgan ulkan hisoblashlarning kompyuterda bajarilishi matematik modellash uslubining samaradorligini tasdiqlaydi.
Odatda, matematik model ustida hisoblash tajribasini o`tkazish haqiqiy ob`ektni tajribada tadqiq etish mumkin bo`lmagan yoki iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofiq bo`lmagan hollarda o`tkaziladi. Bunday hisoblash tajribasining natijalari haqiqiy ob`ekt ustida olib boriladigan tajribaga qaraganda juda aniq emasligini ham hisobga olish kerak. Lekin shunday misollarni keltirish mumkinki, kompyuterda o`tkazilgan hisoblash tajribasi o`rganilayotgan jarayon yoki hodisa haqidagi ishonchli axborotning yagona manbai bo`lib xizmat qiladi. Masalan, faqat matematik modellashtirish va kompyuterda hisoblash tajribasini o`tkazish yo`li bilan yadroviy urushning iqlimga ta`siri oqibatlarini oldindan aytib berish mumkin. Kompyuter yadro qurolli urushda mutlaq g`olib bo`lmasligini ko`rsatadi. Kompyuterli tajriba yer yuzida bunday urush oqibatida ekologik o`zgarishlar, ya`ni haroratning keskin o`zgarishi, atmosferaning changlanishi, qutblardagi muzliklarning erishi ro`y berishi, xatto yer o`z o`qidan chiqib ketishi mumkinligini ko`rsatadi.
Matematik modellashda berilgan fizik jarayonlarning matematik ifodalari modellashtiriladi. Matematik model tashqi dunyoning matematik belgilar bilan ifodalangan qandaydir hodisalari sinfining taqribiy tavsifidir. Matematik model tashqi dunyoni bilish, shuningdek, oldindan aytib berish va boshqarishning kuchli uslubi hisoblanadi.
Matematik modelni tahlil qilish o`rganilayotgan hodisaning mohiyatiga singish imkoniyatini beradi. Hodisalarni matematik model yordamida o`rganish to`rt bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqich - modelning asosiy ob`ektlarini bog`lovchi qonunlarni ifodalash. Ikkinchi bosqich - modeldagi matematik masalalarni tekshirish.
Uchinchi bosqich - modelning qabul qilingan amaliyot mezonlarini qanoatlantirishini aniqlash. Boshqacha aytganda, modeldan olingan nazariy natijalar bilan olingan ob`ektni kuzatish natijalari mos kelishi masalasini aniqdash.
To`rtinchi bosqich - o`rganilayotgan hodisa haqidagi ma`lumotlarni jamlash orqali modelning navbatdagi tahlilini o`tkazish va uni rivojlantirish, aniqdashtirish.
Shunday qilib, modellashtirishning asosiy mazmunini ob`ektni dastlabki o`rganish asosida modelni tajriba orqali va (yoki) nazariy tahlil qilish, natijalarni ob`ekt haqidagi ma`lumotlar bilan taqqoslash, modelni tuzatish (takomillashtirish) va shu kabilar tashkil etadi.
Matematik model tuzish uchun, dastlab masala rasmiylashtiriladi. Masala mazmuniga mos holda zarur belgilar kiritiladi. So`ngra kattaliklar orasida formula yoki algoritm ko`rinishida yozilgan funksional bog`lanish hosil qilinadi.
Matematikada tipik matematik masalalarning yechimlarni yetarlicha aniqlikda hisoblash imkonini beruvchi metodlar yaratishga va shu maqsadda hozirgi zamon hisoblash vositalaridan foydalanish yo‘llarini ishlab chiqishga bag’ishlangan soha hisoblash matematikasi deyiladi. Fanning maqsadi funksional fazolarda to‘plamlarni va ularda aniqlangan operatorlarini yaqinlashtirish hamda hozirgi zamon hisoblash mashinalari qo‘llanadigan sharoitda masalalarni yechish uchun oqilona va tejashlar algoritm va metodlar ishlab chiqishdan iborat.
Fanning asosiy masalasi – hisoblash matematikasi fanining rivojlanishi tarixini o‘rganish, taqribiy sonlarni kelib chiqishini, xatolar nazariyasi ularning kelib chiqishi manbalari va nihoyat dastlabki yaqinlashishni aniqlash usullarini o‘rganish va undan keyin sonli usullarni o‘rganib borilgan masalalarni yetarli aniqlik bilan yechishdan iborat.
Respublikamizda ta'lim va tarbiya sohasidagi islohotlar bugungi dolzarb, ertangi taqdirmizni hal qiluvchi muammoga aylanmoqda. Jamiyatimizning yangilanishi, hayotimiz taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirilayotgan islohotlar rejasining samarali taqdiri – bularning barchasi, avvalombor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutahassis kadrlar tayyorlash muammosibilanchambarchasbog'liq.
Shu bois mamlakatimizning istiqlol yo‘lidagi birinchi qadamidanoq ma'naviyatimizni yuksaltirish, ta'lim-tarbiyatizimini takomillashtirish, unuing milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg'unlashtirish asosida jahon andozalari vako‘nikmalari darajasiga chiqarishga katta ahamiyat berilmoqda.
Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng mamlakatimiz kelajagi uchun qabul qilingan “ Ta’lim to‘grisida ” gi qonun va “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ” ning amalga oshirish juda muhim ahamiyatga ega. Bu dasturni bajarish uchun malakali pedagog kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashga alohida e’tibor berish lozim .
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta’lim to‘g’risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun – qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo‘lib , milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi qonunlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb – hunar madaniyati ijodiy va ijtimoiy faollikka ijtimoiy – siyosiy hayotga mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g’ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir . Bu dastur kadrlarni, yangi avlodni shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Mavjud ta’lim – tarbiya tizimini tubdan isloh qilish uni zamon talablari darajasiga ko‘tarish milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida:
“Ta’lim tog’risidagi” qonun va kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturni hayotga tadbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb hisoblanadi.
“ Ta’lim to‘g’risidagi ” qonun 5 ta bo‘lim va 34 moddadan iborat bo‘lib, uning asosiy maqsadi fuqarolarga ta’lim – tarbiya berish, kasb – hunar o‘rgatishning huququiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat Konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan (1997 yil 27 – avgust)
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi – ta’lim sohasini tubdan islox qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdir.
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyat-ning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlaka-timizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida mamlakatimiz rahbari Sh. Mirziyoyevning shu yil 7-fevraldagi Farmoni bilan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi.
Harakatlar strategiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar vakillari hamda davlat organlari bilan uchrashuvlar chog’ida bildirilgan mamlakatni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirish-ning konseptual masalalari kiritildi.
ASOSIY QISM
|
| |