Pedagogika va psixologiya




Download 1.22 Mb.
Sana08.04.2024
Hajmi1.22 Mb.
#191472
Bog'liq
1-slayd ishi
RIZAYEV MUSATQIL ISH 1, 2 5361614980783284103, 18e2aec70efa29c92081a1d132c2432b Adabiyotshunoslikka kirish, temur diplomatiyasi 7- ozbek www.sadikov.uz , 3-Ма\'ruza EvаS2 21-22, Name of participants, 4-kurs 03.10.2022, Oqilov Akmal, Mavzu Geofazoviy ma’lumotlar tahlili. Bajardi 114-guruh Sayitm, 1-5гача, Документ Microsoft Office Word, fano, ota-xavfli-yuqumli-kasalliklar-va-ularning-tarqalishini-oldini-olish-chora-tadbirlari, Laplas almashtirish va uning xossalari Reja Laplas to‘g‘ri alma, Mustaqil ish mavzulari (1)

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TATU QARSHI FILIALI
TT-11-20 GURUH TALABASI
RAVSHANOV JAVOHIRNING
“PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA” FANIDAN TAYORLAGAN
SLAYD ISHI
Mavzu: Xorijiy pedagogikada ta’lim – tarbiya. Antik davrda ta’lim – tarbiya. Estetik tarbiya. Axloqiy tarbiya. Ekologik tarbiya.
Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida har jihatdan rivojlangan kishini tarbiyalash muammosi hozirgi kunning asosiy talabi bo‘lib turibdi. Chunki, jamiyatda yuz berayotgan inqilobiy o‘zgarishlarni insonning o‘zini o‘zgartirmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Ammo, yangi kishini tarbiyalash o‘z-o‘zidan emas, balki ijtimoiy munosabatlar yangilanishi jarayonida amalga oshadi. Bu jarayonda maktablar tizimi muhim ahamiyat kasb etadi.
Axborot texnologiyalari yetakchi o’ringa chiqib olgan hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda maktablar tizimini, ta’lim mazmunini yangilash zaruratga aylandi. Eskicha o‘qitish usullari va metodlari ma’nan eskirib, ta’limning ilg‘or pedagogik texnologiyalarga asoslangan metodlari va shakllariga ehtiyoj kuchaydi.
Yaponiya ta’lim tizimi, Germaniya ta’lim tizimi, Buyuk Britaniya ta’lim tizimi, «Gomogenlar>, «Yarim gomogen», «Gegeron», «Ixtisos maktablari», «Davlat maktablari», «Xususiy maktablar», «Oraliq maktablar», «Kollejlar», «Dorilfununlar».
Jahonning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlarda ta’lim-tarbiya ishlarining yo’lga qo’yilishi, maktablarda amalga oshirilganini o’rganish orqali biz mustaqil
respublikamiz milliy ta’lim tizimlarini yangitdan tashkil qilishda, ta’lim tarbiyada, maktab ishini tashkil etishda eskirib, o’z dolzarbligini yo’qotib borayotgan faoliyat shakllari va usullaridan tezroq xalos bo’lish, uni munosib tarzda yangilashda qo’shimcha boy manbalarga ham ega bo’lamiz. Zotan, hozirgi zamon ta’limida davlat va jamiyat talabi va manfaatlari aks etib turishi kerak.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolyutsiya sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsata oladigan jamiyat a’zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-xunarga yo’naltirish hamda o’rta ta’limning ko’p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta’lim-tarbiya berishda eng ilg’or pedagogik vositalarni qo’llash, ta’limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yo’l ochish, uning eng maqbul tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o’rganish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda keng ko’lamdagi islohotlarni o’z boshidan kechirayotgan bizning ta’limimiz uchun bu katta axamiyatga ega.
Keyingi yillarda chet el ta’limi bo’yicha ko’pgina maqolalar, broshyuralar, qo’llanmalar chop etildi, unga bag’ishlab seminarlar, anjumanlar, o’quvlar, uchrashuvlar o’tkazildi.
Bu bizning ta’lim tizimlarimizda, chet ellarda o’quv tarbiya ishlarining qo’yilishiga etibor va qiziqishning tez sur’atlar bilan o’sib borayotganligidan dalolatdir. Xalq ta’limi tizimlarida chet el ta’limini o’rganish bilan shug’ullanuvchi muassasalar ham tashkil topmoqda. Xalq ta’limi vazirligidan tashqari bu masala bilan Respublika o’quv-metodika markazida, pedagogika
fanlari ilmiy tadqiqot instituti tarkibida maxsus bo’limlar faoliyat ko’rsatmoqda, malaka oshirish markaziy instiutida bir qator kafedralar ish bilan shug’ullanmoqdalar.
CHet el ta’limi tizimlaridan bizning mutaxassislarni voqif qilishda BMTning O’zbekistondagi vakolatxonasi, elchixonalar, AQSHning Tinchilik Korpusi mutaxassislari, Germaniya xalqaro rivojlanish fondi, AKSELS markazi, Adenauer jamg’armasi, Frantsiya madaniyat markazi, Britaniya Kengashi, Gyote instituti, «Silm A. SH.» firmasi, YuNESKO va YuNISEFning vakolatxonalari va boshqa ko’plab tashkilotlar yaqindan yordam bermokdalar.
Darxaqiqat rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limning, mamlakat ichki siyosatiga faol tasir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e’tirof qilingan xaqiqatdir. SHu tufayli xam chet mamlakatlarida maktab extiyojini iqtisodiy ta’minlashga ajratilayotgan mablag’ miqdori yildan-yilga oshib bormoqda.Yaponlarda, masalan, «maktab muvaffaqiyat va farovonlik timsoli»gina bo’lib qolmay, «u insonlarni yaxshilaydi», degan fikr ishonch va e’tiqodga aylangan.Ta’lim to’g’risidagi g’amxo’rlik taniqli siyosatchilarning xam xamisha diqqat e’tiborida bo’lgan. SHuning uchun xam AQSHning sobiq Prezidenti R.Reyganni, Buyuk Britaniya Bosh vaziri M.Techcherni, Frantsiya Prezidenti F. Mitteranlarni maktab isloxotining tashabbuskorlari deb, bejiz aytishmaydi. F.Mitteran maktabni «Jamiyatni xarakatlantiruvchi kuch» deb xisoblagan.Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqikotlarni amalga oshiradigan ko’p sonli ilmiy
muassasalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning soni 2 mingdan ortiq. Frantsiya, AQSH, Yaponiya ta’lim-tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar, universitetlar, pedagogik tadqiqot markazlari shug’ullanmokdalar. Ular faoliyatini esa xalkaro ta’lim markazlari, masalan, AQSHda xalkaro ta’lim instituti muvofiklashtirib bormokda. Ko’pchiligining faoliyati o’quv dasturini takomillashtirish va qayta qurishga qaratilgan. 80 — yillardan boshlab Buyuk Britaniyada xam AQSHdagi singari o’rganilishi majburiy bo’lgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar o’quv setkasining yadrosini tashkil etadigan bo’ldi. Qolgan predmetlarni tanlab olish o’quvchilar va ota — onalar ixtiyoridadir. «Yangi dunyo»ning pedagogik g’oyalari Frantsiya va Germaniya ta’limiga xam sezilarli ta’sir etayotir. Germaniya to’liqsiz o’rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda tanlab olinadigan ximiya, fizika, chet tillari kiritilgan o’quv dasturlari xam amalga oshirilayotir. Bu o’quv dasturi tobora to’liqsiz o’rta maktab doirasidan chikib, o’rta maktablar va gimnaziyalarni xam qamrab olmokda.
Pedagogika tarixi fani tarixiy tarakqiyot jarayonida xalqimiz yaratgan xalq pedagogik ijodini o`rganish va unga amal qilish bilan rivojlanadi. Pedagogika tarixi quyidagi davrlarga bo`lib o`rganiladi:
1.Qadimgi Sharq va G`arb xalqlari pedagogika tarixi. Bu davrda tarbiya muammosi, uning kelib chiqishi, tarixiy tarakqiyoti. O`rta Osiyodagi ibtidoiy quldorlik davrlarida tarbiya mifologiyaning yaratilishi. Shu bilan birga Qadimgi Gretsiya va Rimda ta‘lim-tarbiya masalalari o`rganiladi.
2.Movarounnahr xalqlari pedagogika tarixi. VIII-XII asrlarda yaratilgan xalq pedagogikasi keng yoritiladi, hamda Islom din i va xadislarda ta‘lim-tarbiya o`rganiladi.
3.SHarq uyg`onish davridagi ta‘lim-tarbiya to`g`risidagi fikrlar haqida. SHarq uyg`onish davrining o`ziga xos hususiyatlari ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o`zgarishlar, ilm-fan, madaniyatning gurkirab rivojlanishi Arab forsiy va turkiy tillarda ijod etgan adiblar ijodida ta‘lim-g`arbiya, ma‘rifatparvarlik g`oyalari. Yusuf Xos Xrjibning "Qutadg`u bilig", Ahmad Yugnakiyning "Xibbatul xaqoyik" dostonlarida (XI-XII asr), Ahmad Yassaviyning "Devoni xikmat"ida ta‘lim-tarbiya, axloq-odob, inson kamoloti bilan bog`lik mulohazalar. Ularning shu kunlardagi ahamiyati.
SHu bilan birga Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino, Rudakiy, Firdavsiylarning ma‘rifiy va pedagogik qarashlari beriladi. Sharq mashohiylarining ijodiyoti va ularning ta‘lim -tarbiya haqidagi ibratli g`oyalari beriladi.
4.Temuriylar davrida madaniyat, ta‘lim-tarbiya masalalari.
Movarounnahrda ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotning tarixiy rivojlanishi.
Temur shaxsi. Temur saltanatining vujudga kelishi. Temur saltanatida ijtimoiy
va madaniy hayot. Temur davrida san‘at va me‘moriy asarlar (Tabrizdagi masjid,
SHerozdagi saroy, Bog`doddagi Madrasa, Ahmad Yassaviy maqbarasi). Temur davrida turkiy tilning rivojlanishi. Turkiy tilda yozilgan Temo`rning "Tuzukot" asaridagi tarbiyaviy g`oyalar.
SHu davrning yirik namoyondalari: Shayx Xo`ja Bahovuddin, shoir Nishopuriy, Shayx Kamollidin Ho`jandiy, shoir Ahmad Kirmoniylarning ta‘lim-tarbiya haqidagi fikrlari.
SHu bilan birga Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirzo Ulug`beq Alisher Navoiyning pedagogik g`oyalari bayon etiladi.
5.Turkitsonda maktab va pedagogik g`oyalar.
Rossiya tomonidan Turkistonning bosib olinishi. Turkiston o`lkasida o`qitish tartibi. N.Ilminskiy va V.Nalivkinlar tomonidan tashkil qilingan maktablar. Turkiston o`lkasidagi manfaatparvar shoirlarning ilm, savodsizlikni tugatish, til o`rganish hususidagi fikrlari. Ahmad Donishning hayoti, ma‘naviy merosi, uning tarbiyaviy ahamiyati.
XIX asrning 80-90 yillarida Turkiston o`lkasidagi ijtimoiy siyosiy o`zgarishlar. O`zbek demoqrat-ma‘rifatchilarining ijtimoiy-ma‘rifiy qarashlari. Muhammad Amin Mirzaho`ja o`g`li Muqimiy , Ubaydulla Solih o`g`li Zavqiy, Zoqirjon Muhammad o`g`li Furkat. Furqatning hayoti, ijtimoiy-siyosiy qarashlari, asarlarining tarbiyaviy ahamiyati. Furkat tomonidan ilm-ma‘rifatning targ`ib qilinishi. XIX asrning 80-90 yillarida ijtimoiy-siyosiy hayoti. Dastlabki
boshlang`ich maktablarining tashkil qilinishi.
Abduqodir Shakuriy, A.Raxmatullaev va Siddiqiy Ajzi, Said Rasul Aziziylarning hayoti, o`qituvchilik faoliyati, tashkil qilgan maktablari va undagi ta‘lim-tarbiya mazmuni. Ular tomonidan yozilgan darsliklar.
6. Mustaqil O`zbekistondagi Yangi usul maktablari va pedagogik fikrlar taraqqiyoti tarixi.Turkistonda jadidchilik xarakati va uning maorif taraqqiyotidagi o`rni.
O`zbekistonda dastlabki o`rta ta‘lim maktablarining tashkil etishi va rivojlanishi. Boshlang`ich va o`rta ta‘lim maktabda o`qitish mazmunining takomillashib borishi. Savodsizlikka qarshi kurash va uning jonkuyarlari.
Yangi usul maktablarining vujudga kelishi. Maktab haqidagi qonun va karorlar. Maktab uchun o`qituvchi qadrlar tayyorlash tartibi, umumiy ta‘lim maktabining istikboli. Hamza hamda Abdulla Avloniyning pedagogik ta‘limotlari.
7. Mustaqil O`zbekistonda Xalq ta‘limi va pedagogika fanining taraqqiyoti tarixi. Pedagogika tarixi fanini chuqur o`rganish uchun u bilan bog`lik bo`lgan bir qator fanlar tizimini o`rganish, birinchi navbatda falsafa, ruhshunosliq anatomiya-fiziologiya, tarih jamiyatshunosliq adabiyot tarixi, maktab gigienasi va boshqalar.
Qadimgi xalq og’zaki ijodiyotida inson tarbiyasiga oid fikrlar.
Hozirgi o’zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar oldin yashagan bo’lib, ular yuksak va o’ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo’lni bosib o’tgan. Dastlabki tosh qurollaridan tirikchilik uchun
foydalanish, ancha takomillashgan mehnat qurollarini yasash, urug’chilik davriga kelib, xo’jalik hayoti va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlarni o’z ichiga olgan davrgacha bo’lgan tariximiz ota-bobolarimizning boy qadimiy madaniyatga ega bo’lganligidan dalolat beradi.
Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Baqtriya, Xorazm, So’g’diyona, Marg’iyona, Parfiya hamda Parkana kabi davlatlarida turli qabila va elatlar yashagan. Ular saklar, massagetlar, so’g’diyonalar, xorazmiylar, boxtarlar, chochliklar, parkanaliklar kabi qabila va urug’lardan iborat bo’lib, hozirgi Markaziy Osiyo hududida yashovchi xalqlarning ajdodlari hisoblanadilar.
Ushbu elatlar yashagan hududlarda o’ziga xos madaniy an’analar tarkib topa borgan. Masalan, eramizdan oldingi asrning birinchi yarmida qadimiy davlatlar: Baqtriya va So’g’diyona, Marg’iyona, Xorazm, Parkana, Parfiya kabi o’lkalarda xalq xo’jaligining turli sohalarida rivojlanish va taraqqiyot ro’y bergan. Eramizdan oldingi IX-VI asrlarda paydo bo’lgan Ahmoniylar, eramizdan avvalgi III asr o’rtalarida tashkil topgan Grek-Baqtriya, eramizning I asrida tashkil topgan Kushonlar, eramizning V asrda yuzaga kelgan Eftalitlar, so’ngra Sosoniylar va nihoyat Turk hoqonligi davlatlarida ijtimoiy madaniyat yuksala bordi.
Bunday muhim manbalar sirasiga yunon olimlari Gerodot, Suqrot, Plutarx, Polienlarning tarixiy, geografik hamda axloqiy asarlari, allomalarimiz Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qoshg’ariy, faylasuf, sharqshunos va tarixchi olimlar: Ye.E.Bertels, S.P.Tolstov, V.V.Braginskiy, I.M.Mo’minov, B.G’afurov, I.V.Stebleva,
A.O.Makovelskiy, Y. Jumaboyev, M.Ishoqov, adabiyotshunoslar A.Qayumov, N. Mallayev, N.Rahmonov, pedagog-olimlar O’.Aleuov, M.Orifiy va boshqalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar kiradi.
Eng qadimgi tarbiya haqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita yetib kelmagan. Turkiy va forsiyzabon xalqlarning hayot kechirish san’ati, donolik majmuasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda bo’lishning namunasi tarzida e’tirof etilgan ma’naviy madaniyat yodgorliklari qadimgi grek tarixchisi Gerodotning “Tarix”, Strabonning “Geografiya” hamda Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’atit-turk” kabi asarlari, shuningdek, Urxun-Enisey bitiklari kabi adabiy-tarixiy manbalarda saqlangan va ular orqali bizgacha yetib kelgan. Ushbu yodgorliklar mohiyatini o’rganish insonning shakllanishida moddiy va ma’naviy madaniyat qay darajada katta rol o’ynaganligidan dalolat beradi. Xususan, tarbiya insonning aqliy va axloqiy jihatdan tarkib topa borishiga ta’sir etgan bo’lsa, insonning shakllana borishi ham o’z navbatida kishilik jamiyatining qaror topa borishiga yordam bergan. Xullas, tafakkur yurita olish qobiliyatiga ega bo’lgan inson kamolotining ta’minlanish jarayoni hamda jamiyatning ijtimoiy taraqqiyoti o’zaro uzviy aloqada shakllangan. Mazkur tarixiy jarayon mohiyatini bilish bizga inson tafakkurining juda uzoq davr va murakkab sharoitlarda shakllana borganligidan dalolat beradi.
Ma’lumki, kishilik jamiyatining vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik jihatdan, ham ijtimoiy jihatdan takomillashib borgan. Dastlabki diniy e’tiqodlar,
eng oddiy ixtirolarning takomillashib borishi kabi holatlar inson ongining ham shakllanib borishiga turtki bo’ldi. Bu jarayon minglab yillarni o’z ichiga olgan bo’lib, ana shu davrda inson ongi shakllanishining asosi sifatida qabul qilingan xulq-odob qoidalari, ijtimoiy talablar yuzaga kelgan. Ushbu talablar muayyan davrda yaratilgan yodgorliklarining asosiy mazmuni va mohiyatini tashkil etadi.
Eng qadimgi kishilarga xos bo’lgan xislatlar, ularning dastlabki, oddiy istaklari, orzu-umidlari qadimgi eposlarda aks etgan afsonaviy obrazlar hamda qahramonlar qiyofasida o’z ifodasini topgan. Ruhga sig’inish (onimizm), ajdodlar ruhiga sig’inish (totemizm), sehrgarlik kabi diniy e’tiqodlar va marosimlar yoritilgan afsona va rivoyatlarda eng qadimiy ajdodlarimizning tafakkur dunyosi aks etgan. Ammo bu rivoyat va afsonalar ham massaget, sak, xorazmiy, so’g’d hamda parfiyanlar yashagan davrlar ruhini ifoda etadi, xolos. Eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o’rganishda quyidagi uch guruhga ajratilgan manbalarga tayanamiz:
Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ko’rgazmali ashyolar.
Xalq og’zaki ijodi materiallari hamda yozma manbalar.
Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi.
Gerodotning ushbu ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, bizning ajdodlarimiz o’g’il farzandlarini jasoratli, o’z vatanining haqiqiy himoyachisi, kuchli va botir inson etib tarbiyalashga katta e’tibor berganlar. Yigitlar va erkaklargina emas, hatto ayollarning ham jasorat ko’rsatganlari borasidagi fikrlar yunon faylasuflari
tomonidan yozib qoldirilgan. Masalan, Plutarx fors ayollari haqida gapirib, shunday voqeani keltiradi: podshoh Kir forslarni shoh Astiag boshliq midiyaliklarga qarshi kurashga otlantirganda, ular jangda mag’lub bo’ladilar. Fors jangchilari shaharga qarab qocha boshlaydilar. Dushman ularni quvib, shaharga bostirib kirishiga yaqin qolganda, darvozadan ularga qarshi ayollar chiqib keladilar va yoqavayron holda shovqin ko’taradilar: “Ey, noinsof bandalar, qayoqqa qochmoqchisizlar? Endi siz dunyoga kelgan joyingizga qaytib yashirina olmaysizlar-ku!” Forslar ayollarning bu hatti-harakatiga dosh bera olmay, qaytib jangga tashlanadilar va dushmanni orqaga chekinishga majbur etadilar.
Bu voqeaga xotira sifatida Kir shunday qonun ta’sis etadi: “Bu shaharga qaysi shoh qadam qo’ysa, har bir ayolga bittadan oltin sovg’a qilsin”.
YUqoridagi misollardan ko’rinib turibdiki, mavjud holatlar hamda shart-sharoitning o’zi yoshlarga otda yurish, kamondan otish borasidagi bilimlarni o’rgatish, shuningdek, ularda jasurlik, to’g’rilik va botirlik xislatlarini tarbiyalash lozimligini taqozo etggan. SHu bois qadimgi ajdodlarimiz bolalarni o’z xalqining erki va yurt mustaqilligining himoyachilari etib tarbiyalaganlar.
Plutarxning yana bir o’rinda qayd etishicha, Aleksandr Makedonskiy yerli xalqlarga yaqinlashish maqsadida makedoniyaliklar bilan mahalliy xalqlarning urf-odatlarini o’zaro uyg’unlashtirishga harakat qilgan. SHu maqsadda u o’ttiz ming bolani ajratib olib, yunon tili va makedoniyaliklarga xos bo’lgan harbiy san’at sirlarini o’rgatishga buyruq bergan. Ana shu maqsadni amalga oshirishga juda ko’p murabbiylar tayinlangan. YUnon alifbosining keyinchalik bu
yurtda qabul qilinishi o’sha davrda ko’plab maktablar ochilgani hamda unda yerli aholi farzandlari ham o’qitilganidan dalolat beradi.
So’g’d yozma yodgorliklari orasida V.B.Xen tomonidan aniqlangan va “Eski xatlar” nomi bilan yuritiladigan qimmatli manbalar eramizning boshlarida shakllangan so’g’d yozuvi haqida ma’lumot beradi. Ushbu manbalarni Dunxuan shahri (SHarqiy Turkiston) yaqinidagi savdo qishlog’ida yashagan so’g’dlik tijoratchi (savdogar)larning o’z ona yurtlari Samarqandga yozgan va shaxsiy xarakterga ega bo’lgan xatlar tashkil qiladi.
Imperator YAn Li (615-617)ning elchisi Vey TSzi hisobotlarida ham Samarqand shahrida yo’lga qo’yilgan ta’lim-tarbiya haqidagi ma’lumotlar mavjud. Samarqandning mohir savdogarlari o’g’il bola besh yoshga to’lar ekan, unga savdoni o’rgata boshlaydilar. O’qishni o’rganishi bilan savdo ishlari ham o’rgatilgan.
ESTETIK TARBIYA - jamiyatda ma'naviy muhitni paydo qilishga ko'mak beruvchi muhim unsur bo'lib, u inson didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ana shu orqali insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir.
Estetik tarbiyaning vazifalari:kishilarda san'at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o'zlashtirish balki, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish;jamiyat a'zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan foydalana bilishga ishonch tuyg'usini uyg'otish;tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg'u bilan munosabatda bo'lishga va ularni
ravnaq toptirish yo'lida astoydil faoliyat olib borish ko'nikmalarini hosil qilish; o'tmish ma'naviy merosimizga hurmat hissini uyg'otish, milliy g'urur, milliy iftixor tuyg'ularini shakllantirish uchun zamin yaratish; o'tmish ma'naviy merosimizga hurmat hissini uyg'otish, milliy g'urur, milliy iftixor tuyg'ularini shakllantirish uchun zamin yaratish; ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini targ'ib qilishga undashdir.
Estetik tarbiyaning asosiy vositalari tarkibiga san'at,information texnologiyalar,
tabiat,mehnat,sport kabi sohalarni kiritish mumkin.
San'at- estetik tarbiyaning muhim vositasi. San'at insonning ehtiroslar va tuyg'ular olamiga singib borib ularni yig'latadi, kuldiradi, o'ylashga majbur qiladi.Inson tafakkurini go'zallashtirish estetikaning tadqiqot obyekti hisoblansa, estetik tarbiyaning predmeti esa ma'naviy dunyoni inson tomonidan estetik anglash bilan belgilanadi. Informatsion texnologiyalar-estetik tarbiyaning global vositasi. Aytish mumkinki, axborot va kommunikatsiya texnologiyasi bugungi kunda insoniy va iqtisodiy taraqqiyotning muhim vositasiga aylanishi natijasida odamlarning turmush tarzini, o'zaro aloqasini hatto tashqi ko'rinishi ham tubdan o'zgarishiga olib keldi. Mahalla-estetik tarbiyaning muhim vositasi. Mahallaning shaxs estetik tarbiyasi ta'siri nihoyatda katta. Modomiki, mahalla jamiyat ichidagi kichkina jamiyat bo'lib, u bugun shaxsning ijtimoiy- siyosiy faolligini oshirishga, uning ijtimoiy- huquqiy madaniyatini shakllantirishga ko'mak beruvchi makon sifatida
ham yuksak ahamiyat kasb etadi.Tabiat- estetik tarbiyaning zaruriy vositasi. Shuni maxsus ta'kidlash kerakki, zamonaviy inson tarbiyasini estetik jihatdan kamol toptirishda oila qanchalik ustuvor omil bo'lib hisoblansa, bu jarayonda tabiat ham undan kam ahamiyat kasb etmaydi.
Chunki tabiat bilan ongli tarzda murosa qilmaslik shaxsni nafosatli jihatdan mukammal bo'lib yetishishiga monelik ko'rsatadi.Mehnatning estetik tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyati Mehnat ham moddiy, hamda ma'naviy go'zalliklar yaratish bilan estetik tarbiyaning muhim vositasiga aylanadi. Bu jarayon ijtimoiy- foydali mehnatning badiiylik bilan aloqasi ta'sirida vujudga keladi. Qolaversa, mehnatga ijodiy yondashuv jamiyat ma'naviy qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi.Sport- estetik tarbiyaning zamonaviy vositasiSport estetik tarbiya vositasi sifatida zamonaviy insonni kamol toptirishda alohida e'tiborga ega. Hozirda sportni rivojlantirish mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad avlodni jismonan baquwat, sog'lom, vatanning jasur himoyachisi qilib tarbiyalashdir. Hozirda yurtimizda sportni rivojlantirishga doir ko'plab dasturlar ishlab chiqilgan va ular jamiyat munosabatlaridan amalda ishtirok qilmoqdalar.Keyingi kunlarda O'zbekiston ko'plab sport turlari bo'yicha jahon musobaqalarni uyushtiruvchi va o'tkazuvchi mamlakat sifatida jahon hamjamiyatda ko'zga ko'rinib bormoqda. Ana shularning barchasi muayyan ma'noda inson nafosatli dunyoqarashini, tafakkurini sog'lomlashtirishga qaratilgan. Bir so'z bilan aytganda, sport estetik tarbiyaning muhim vositasi sifatida " Farzandlari sog'lom yurtning kelajagi porloq bo'ladi",- degan maqsadni amalga oshirishga muhim hissa qo'shadi.Keyingi kunlarda O'zbekiston ko'plab sport turlari bo'yicha jahon musobaqalarni uyushtiruvchi va o'tkazuvchi mamlakat sifatida jahon hamjamiyatda ko'zga ko'rinib bormoqda. Ana shularning barchasi muayyan ma'noda inson nafosatli dunyoqarashini, tafakkurini sog'lomlashtirishga qaratilgan. Bir so'z bilan aytganda, sport estetik tarbiyaning muhim vositasi sifatida " Farzandlari sog'lom yurtning kelajagi porloq bo'ladi",- degan maqsadni amalga oshirishga muhim hissa qo'shadi.Ommaviy madaniyat.Ommaviy madaniyat eng awalo, milliy axloqqa zarba berib, jamiyatning g'oyaviy tizimini izdanchiqarishi bilan xatarli ekanligini ham to'g'ri tushnish kerak. Bu xavf-xatarga qarshi qatiy tura oladigan shaxsni shakllanririshda tarbiyaning barcha ko'rinishlarini uyg'un holda olib borishlari shart. Etetik tarbiya aynan shu maqsad yo'lida yosh avlodni milliylikka zid bo'lmagan estetik ideal timsolida, yuksak didli qilib tarbiyalash bilan dolzarb vazifa bo'lib qolmoqda."Ommaviy madaniyaf'ning asl maqsadi har kuyga solish mumkin bo'lgan olamonni shakllantirish bo'lgani bois, u ma'naviy oziq beradigan, badiiy yuksak, o'quvchini mushohadaga undab, tasawur olamini kengayishiga xizmat qiladigan asarlarni yaqiniga yo'latmaydi."Ommaviy madaniyaf'ning asl maqsadi har kuyga solish mumkin bo'lgan olamonni shakllantirish bo'lgani bois, u ma'naviy oziq beradigan, badiiy yuksak, o'quvchini mushohadaga undab, tasawur olamini kengayishiga xizmat qiladigan asarlarni yaqiniga yo'latmaydi.Bu hodisa san'atda behayo filmlar tuturiqsiz musiqalar ko'rinishida namoyon bo'lib, ularning asosida fahsh, zo'ravonlik, shafqatsizlik kabi axloqiy illatlar yotishini bugungi kunda jamiyatimizning ziyoli qatlami tushunib yetmoqda.Bu hodisa san'atda behayo filmlar tuturiqsiz musiqalar ko'rinishida namoyon bo'lib, ularning asosida fahsh, zo'ravonlik, shafqatsizlik kabi axloqiy illatlar yotishini bugungi kunda jamiyatimizning ziyoli qatlami tushunib yetmoqda.Bu borada XX asrning 70-yillarida amerikalik bir qator sotsiologlar, faylasuflar, san'atshunoslar "ommaviy madaniyat”ning ijtimoiy taraqqiyotga, ayniqsa umumadaniy jarayonlarga ta'siri haqida bir qator tadqiqotlarni olib borgan edilar. Xususan, sotsiolog Ch.Reych o'zining "Gullayotgan Amerika" kitobida "isyonkor yoshlar o'zlarining shaxsiy "madaniyat"larini yaratmoqdalarki, bu madaniyatning asosini kiyim, musiqa va narkotiklar tashkil etmoqda.Bu borada XX asrning 70-yillarida amerikalik bir qator sotsiologlar, faylasuflar, san'atshunoslar "ommaviy madaniyat”ning ijtimoiy taraqqiyotga, ayniqsa umumadaniy jarayonlarga ta'siri haqida bir qator tadqiqotlarni olib borgan edilar. Xususan, sotsiolog Ch.Reych o'zining "Gullayotgan Amerika" kitobida "isyonkor yoshlar o'zlarining shaxsiy "madaniyat"larini yaratmoqdalarki, bu madaniyatning asosini kiyim, musiqa va narkotiklar tashkil etmoqda.
porloq bo'ladi",- degan maqsadni amalga oshirishga muhim hissa qo'shadi.Keyingi kunlarda O'zbekiston ko'plab sport turlari bo'yicha jahon musobaqalarni uyushtiruvchi va o'tkazuvchi mamlakat sifatida jahon hamjamiyatda ko'zga ko'rinib bormoqda. Ana shularning barchasi muayyan ma'noda inson nafosatli dunyoqarashini, tafakkurini sog'lomlashtirishga qaratilgan. Bir so'z bilan aytganda, sport estetik tarbiyaning muhim vositasi sifatida " Farzandlari sog'lom yurtning kelajagi porloq bo'ladi",- degan maqsadni amalga oshirishga muhim hissa qo'shadi.Ommaviy madaniyat.Ommaviy madaniyat eng awalo, milliy axloqqa zarba berib, jamiyatning g'oyaviy tizimini izdanchiqarishi bilan xatarli ekanligini ham to'g'ri tushnish kerak. Bu xavf-xatarga qarshi qatiy tura oladigan shaxsni shakllanririshda tarbiyaning barcha ko'rinishlarini uyg'un holda olib borishlari shart. Etetik tarbiya aynan shu maqsad yo'lida yosh avlodni milliylikka zid bo'lmagan estetik ideal timsolida, yuksak didli qilib tarbiyalash bilan dolzarb vazifa bo'lib qolmoqda."Ommaviy madaniyaf'ning asl maqsadi har kuyga solish mumkin bo'lgan olamonni shakllantirish bo'lgani bois, u ma'naviy oziq beradigan, badiiy yuksak, o'quvchini mushohadaga undab, tasawur olamini kengayishiga xizmat qiladigan asarlarni yaqiniga yo'latmaydi."Ommaviy madaniyaf'ning asl maqsadi har kuyga solish mumkin bo'lgan olamonni shakllantirish bo'lgani bois, u ma'naviy oziq beradigan, badiiy yuksak, o'quvchini mushohadaga undab, tasawur olamini kengayishiga xizmat qiladigan asarlarni yaqiniga yo'latmaydi.Bu hodisa san'atda behayo filmlar tuturiqsiz musiqalar ko'rinishida namoyon bo'lib,
ularning asosida fahsh, zo'ravonlik, shafqatsizlik kabi axloqiy illatlar yotishini bugungi kunda jamiyatimizning ziyoli qatlami tushunib yetmoqda.Bu hodisa san'atda behayo filmlar tuturiqsiz musiqalar ko'rinishida namoyon bo'lib, ularning asosida fahsh, zo'ravonlik, shafqatsizlik kabi axloqiy illatlar yotishini bugungi kunda jamiyatimizning ziyoli qatlami tushunib yetmoqda.Bu borada XX asrning 70-yillarida amerikalik bir qator sotsiologlar, faylasuflar, san'atshunoslar "ommaviy madaniyat”ning ijtimoiy taraqqiyotga, ayniqsa umumadaniy jarayonlarga ta'siri haqida bir qator tadqiqotlarni olib borgan edilar. Xususan, sotsiolog Ch.Reych o'zining "Gullayotgan Amerika" kitobida "isyonkor yoshlar o'zlarining shaxsiy "madaniyat"larini yaratmoqdalarki, bu madaniyatning asosini kiyim, musiqa va narkotiklar tashkil etmoqda.Bu borada XX asrning 70-yillarida amerikalik bir qator sotsiologlar, faylasuflar, san'atshunoslar "ommaviy madaniyat”ning ijtimoiy taraqqiyotga, ayniqsa umumadaniy jarayonlarga ta'siri haqida bir qator tadqiqotlarni olib borgan edilar. Xususan, sotsiolog Ch.Reych o'zining "Gullayotgan Amerika" kitobida "isyonkor yoshlar o'zlarining shaxsiy "madaniyat"larini yaratmoqdalarki, bu madaniyatning asosini kiyim, musiqa va narkotiklar tashkil etmoqda.
Sharqda etika (axloqshunoslik) «Ilmi adab», estetika (nafosat-shunoslik) «Ilmi badi'a», «Ilmi husniya» deb yuritilgan.
Sharqda etika (axloqshunoslik) «Ilmi adab», estetika (nafosat-shunoslik) «Ilmi badi'a», «Ilmi husniya» deb yuritilgan.
Ayrim olimlar estetika faqat go'zallikni o'rganadigan fan desa, boshqa bir
guruh olimlar estetikaga san'at nazariyasi, deb qaraydilar.
Ayrim olimlar estetika faqat go'zallikni o'rganadigan fan desa, boshqa bir guruh olimlar estetikaga san'at nazariyasi, deb qaraydilar.Masalan, V. G. Belinskiy: «Ijtimoiy jihatdan faol san'at -estetika predmeti» - deydi.
N. G. Chernishevskiy estetikani voqelikka, hayotga san'atkorona munosabat deb biladi.Estetika fan sifatida voqelikni go'zallik asosida idrok etishni, inson amaliy faoliyatining hamma sohalarida go'zallik va xunuklik tuyg'ularini hamda badiiy ijodning umumiy qonunlarini o'rganadi.Estetika - bu falsafiy fandir, falsafa - tafakkur gulshani, ma'naviyat bog’i. Falsafa fani - haq yo'lga o'rgatuvchi ta'limot bo'lib, dunyoqarash shakllantiruvchi, odam va olamni bilish ilmidir.Estetika - bu falsafiy fandir, falsafa - tafakkur gulshani, ma'naviyat bog’i. Falsafa fani - haq yo'lga o'rgatuvchi ta'limot bo'lib, dunyoqarash shakllantiruvchi, odam va olamni bilish ilmidir.Estetik ehtiyoj - ezgulikka, go'zallikka intilishdir. Bu ehtiyoj mehnat, san'at, axloqiy munosabatlardagi go'zallikni taqozo etadi.Estetik his-tuyg'u - insonni qurshab turgan muhitdagi ruhiy tuyg'u paydo qiluvchi go'zallik va xunuklikni, ulug'vorlik va pastkashlikni, fojiaviylik va kulgililikni idrok etish va baholash qobiliyatidir.Estetik his-tuyg'u - insonni qurshab turgan muhitdagi ruhiy tuyg'u paydo qiluvchi go'zallik va xunuklikni, ulug'vorlik va pastkashlikni, fojiaviylik va kulgililikni idrok etish va baholash qobiliyatidir.
Axloq so‘zi- lotincha "myeros",ya'ni moral,mantiq so‘zidan kelib chiqib, u
hech qayerda qat‘iy yozib qo‘yilmagan ijtimoiy qonundir.Axloq-kishining ichki olami,e‘tiqodi,fazilatlari sifatida mavjud bo‘lsa,odob-shaxsning ko‘zga tashlanadigan mulozamati,xulq-atvori,muomala-munosabatlarida namoyon bo‘ladi.
Axloqiy tushunchalarning turli yosh davrlarida shakllanish darajasi
Axloqiy onglilik
Axloqiy qadriyatlar
Axloqiy his-tuyg‘ular
Husayn Koshifiyning "Axloqi Muhsiniy"asari shaxsiy,oilaviy va fuqarolik axloq asoslarini o‘z ichiga olgan. Jaloliddin Davoniyning "Axloqi Jaloliy" asarida axloqiy muammolar,ijtimoiy-falsafiy masalalar tahlil qilinadi. Ahmad Yugnakiyning "Hibbat-ul-haqqoyiq" asari ta‘limiy-axloqiy yo‘nalishda yozilgan.
Abdulla Avloniyning "Turkiy guliston yoxud axloq"kitobining"Haqqoniyat"deb nomlangan bobida rostlik va to‘g‘riso‘zlikni insonning eng insoniy sifatlaridan biri deb hisoblaydi. Alisher Navoiyning "Mahbub-ul qulub"asarida odob,axloqqa oid g‘oyalar ilgari surilgan.
Axloqiy tarbiyaning asosiy vazifalari quyidagilardir:
Bolalarda axloqiy xis -tuyg‘ular,tasavvurlar va xatti-harakatlarni tarbiyalash.
Xulq madaniyati va ijobiy munosabatlarni tarbiyalash.
Shaxsda axloqiy xis tuyg‘ularni tarbiyalash.
Axloqiy-tarbiya-metodlari:
1-guruh.Axloqiy ongni,axloqiy tasavvur va bilimlarni,ularni bajarish xohishini shakllantirishga qaratilgan metodlar.
2-guruh.Madaniy xulq-atvor,ijobiy munosabatlarni shakllantirishga qaratilgan metodlar.
3-guruh.Axloqiy his tuyg‘ular va munosabatlarni rag‘batlantirishga qaratilgan yordamchi metodlar.
Axloqiy ongni shakllantirish uslublari:
a)hikoya
b)tushuntirish
c)estetik suhbat
d)izohlash
e)nasihat-o‘git
f)ko‘rsatma
g)namuna
"Har bir kishining dunyoda oromi joni-tarbiya,baxt-u iqbol saodatining makoni-tarbiya.Ey otalar jonlaringizdan aziz farzandingiz,g‘ayrat aylang,o‘lmasun vaqtu zamoni-tarbiya!! Abdulla Avloniy
Axloq – kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamiyatga boʻlgan munosabatlarida namoyon boʻladigan xatti-harakatlari, xulq-atvorlari, odoblari majmui. Huquqdan farqli ravishda axloq talablarini bajarish-bajarmaslik maʼnaviy taʼsir koʻrsatish shakllari (jamoatchilik tomonidan baho berish, qilingan ishni maʼqullash yoki qoralash) bilan belgilanadi. Axloqni etika fani oʻrganadi.
Insoniyat taraqqiyotida axloq muhim oʻrin tutadi. Sharqning buyuk mutafakkirlari insonni axloqiy kamol toptirish, uni har tomonlama rivojlantirish, maʼnaviy qiyofasini shakllantirish jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri, deb qarashgan. Inson axloqiy, umuman maʼnaviy va maʼrifiy jihatdan kamol topishi jarayonida turli tarixiy bosqichlardan – johillik, nodonlikdan ilmga, yovuzlikdan ezgulikka, vahshiylikdan insoniylikka oʻtarkan, jamiyat ham shu tariqa rivojlanadi. Ikki muqobil ibtido – yovuzlik va ezgulik, jaholat va kamolatning oʻzaro kurashi inson va jamiyat taraqqiyotini belgilagan, inson aql-zakovat sohibi sifatida oʻzini anglashiga olib kelgan. Bu ikki muqobil kuch kurashi jamiyatdagi mavjud ijtimoiy munosabatlarda ifodalansa, insonga nisbatan uning ichki olamiga xos nafs bilan qalb, aql bilan aqlsizlik oʻrtasidagi kurashda ifodalanadi. Axloq muayyan jamiyat va davrda oʻzgarishlarga uchrashi, rivojlanishi, soʻnishi mumkin. Har bir xalqning yoki millatning oʻziga xos axloqi bilan bir qatorda, umumbashariy axloq meʼyorlari ham bor.
Axloqning shakllanishida va uning ijtimoiy oʻrnida dinning ahamiyati katta. Dinning asosiy maqsadlaridan biri, insonga yomonlikning zararlarini bayon qilish hamda yomon yoʻlga kirib ketganlarni toʻgʻri yoʻlga daʼvat etishdir. Dinlarda toʻgʻri yoʻlga chorlash, umuman yaxshilik va yomonlik tushunchasi turlicha boʻlishi, hatto bir-biriga zid kelishi mumkin. Zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestoda yaxshilik va ezgulik xudosi Ahuramazda bilan yomonlik va yovuzlik xudosi Axramanyu oʻrtasidagi kurash abadiy davom etadi, axloq bu kurashning ifodasidir, degan gʻoya ilgari suriladi. Xristianlik, yahudiylik va boshqa dinlarda ham yaxshilik va yomonlikning oʻz ifodasi bor. Islomda, uning muqaddas kitobi Qur’oni Karimda axloq masalasiga alohida eʼtibor berilgan. Qur’oni Karim bajarishga buyurgan yaxshi xulqlarga insonlar amal qilishsa, oʻzlari uchun katta baxtga sazovor boʻladilar. Qur’oni Karimda toʻgʻri yoʻlga yurishlik istiqomat (oʻzini oʻzi isloh qilish) tushunchasida ifodalangan. Qur’onda istiqomatda boʻlganlarga, yaʼni oʻz-oʻzini isloh qilganlarga katta vaʼdalar berilgan: „Kim bunday jabru zulmidan keyin tavba qilib, oʻzini tuzatsa, albatta, Alloh uning tavbasini qabul qilar“ („Moida“ surasi, 39-oyat). Istiqomat gunoh ishlarni qilib qoʻyganlar uchun qalbini poklash sari umid tugʻdiradi va ularni noumidlikdan qutqarib yangi saodatli hayotga chorlaydi. Islomda oliyjanob axloqning eng muhim tushunchalari taʼriflanib, insoniyatni ularga amal qilish sari undaladi. Bular – ehson (yaxshilik qilish), kechirimli boʻlish, sabr-qanoat, rostgoʻylik, shirinsoʻzlik, ota-onani, oʻzidan katta yoshlilarni hurmat qilish, or-nomus, sadoqat va boshqalardir. Ayni
vaqtda yomon xulq-atvor tushunchalarining mohiyati ham koʻrsatilib, ulardan saqlanishga undaladi. Bular – baxillik, hasad, tama, yolgonchilik, takabburlik (kibru havo), gʻiybat, zinodir. Shu tarzda insoniyatning butun amaliy faoliyati yaxshilik va yomonlikka ajratiladi. Musulmonlar bir-birlarini yaxshilik va oliyjanob axloqqa chaqirishlari, nojoʻya ishlardan qaytarishlari Alloh tarafidan farz qilingan. Islom axloqining asosida halollik va taqvo yotadi. Kimki jismoniy va maʼnaviy pok, taqvodor boʻlsa, unday kimsa axloqsizlik yoʻliga kirmaydi. Islomga amal qiladigan xalqlar axloqi, baʼzi bir jihatlari bilan farqlansada, shu din tufayli umumiylik bor. Bu umumiylik sharq axloqi degan nom bilan birlashgan. Sharq axloqi Qur’on va hadisdan tashqari juda koʻplab mutafakkirlar, faylasuf, shoirlar asarlarida taʼrifu-tashviq etilgan. „Qobusnoma“, „Axloqi Jaloliy“ kabi maxsus kitoblar yozilgan.
Ekologik dunyoqarashni shakllantirishning negizi oiladagi tarbiyaga bevosita bog‘liqdir. Agar bu masala oilada to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsa, uni maktablarda, keyingi ta’lim bosqichlarida hamda mehnat jarayonlarida qaror toptirish qiyin bo‘ladi. ekologik ta’lim-tarbiyani asosan, bog‘cha va maktablarda amalga oshirish zarur. Bog‘cha bolalarida avval ekologik ta’lim tushunchalari shakllantiriladi. 1-5 sinflarda esa, asosan, tabiatshunoslik darslarida o‘qituvchilarga ekologik ta’lim-tarbiya beriladi . Bunda ekologiyadan ilmiy tushunchalar maktablarda o‘qitiladigan barcha fanlarda, ayniqsa, tabiatshunoslik, fizika, ekologiya, matematika, geografiya, tarix kabi fanlarni o‘qitishda umumlashtiriladi. Shu bilan birga fakul’tetiv mashg‘ulotlarda, darsdan
tashqari to‘garak yig‘ilishlarida, ekskursiya davrida hamda o‘zlariniig kundalik faoliyatlari davomida muammolarni o‘rgana boradilar. Ekologik Fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarga tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklaridan oqilona foydalanishga oid beriladigan bilim, ko‘nikma, malakalarini shakllantirish o‘qitishda qo‘yilgan maqsad va vazifalarga mos ravishda hamda tanlangan ekologlk materiallar mazmuni mavzu mazmuniga mos holda tanlab olinishiga e’tibor qilinadi. Maktabda o‘quvchilarga tabiatni muhofaza qilishga doir bilim tarbiyani geografiya darslarida har bir mavzuga bog‘lab berib borish mumkin.
Ekologiya va tabiatni muxofaza qilish darslarida joy nomlaridan foydalanish ona tili bo‘yicha mashg‘ulotlarni yanada qiziqarli qiladi. Ona tili darslaridagi ko‘plab mashqlar o‘quvchilarda tabiatga mehr uyg‘otishda qo‘l keladi. Mashqlardagi suv va havo, o‘simlik va hayvonot olamiga taalluqli fikrlar ifodalangan matnlarni tahlil qilish orqali ham tabiatga mehr uyg‘otish mumkin. Adabiyot fani ham ekoligiya bilan chambarchas bog‘langan. Bunda har bir asarni o‘qib tahlil qilish vaqtida va o‘quvchiga tushuntirayotganda faqat bezash nuqtai nazaridan emas, ya’ni tabiatni muxofaza qilish nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Mana shu usul bilan adabiyot darslarida ham o‘quvchilar ongiga ekologik tarbiyani singdirib boriladi. Shuningdek, 5-11sinflarda «Tabiatni asrash-Vatanni asrash», «Tabiatni e’zozlaylik» kabi mavzularda turli baxs va she’rxonlik kechalari uyushtirish orqali ham ekologik tarbiyani amalga oshirish mumkin. Adabiyot fanida o‘qitilayotgan xalq og‘zaki ijodi misolida esa o‘quvchilar ajdodlarimizning ekoligiya xatolari nimadan iboratligini hamda bu
sohada ularning qanday ibratli ishlari borligini o‘rganadilar. O‘quvchilarga aytiladigan ertaklarda hayvonlar va o‘simliklarning hususiyatlari, ularning tabiatdagi 3 o‘rni ochib beriladi. O‘qilgan badiiy asarlar misolida, o‘tkazilgan suhbatlarda tabiatga yaxshi munosabatda bo‘lish va toshbag‘irlik bilan qarash dalillari muhokama qilinadi. Matematika fanida beriladigan ekologik ta’lim va tarbiya jarayonida o‘quvchilar tabiatdagi salbiy va ijobiy o‘zgarishlar inson sog‘lig‘iga qanday ta’sir qilish haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishadi. Masalan, Respublikada 1200 ga yaqin sanoat korxonasi borligi, ular havoga bir yarim.ming tonnaga yaqin zaharli moddalarni chiqarayotganligi, bunday holat 10 yil, 20 yildan keyin shunday holda ketaversa, nimalarga olib kelishi mumkinligi kabi misollar vositasida ekologik falokat oqibatlari tasvirlanadi, yoki boshqa bir misol. Dunyo bo‘yicha har yili taxminan 6-7 mln.gektar yer ishdan chiqmoqda. Uning tiklanishi uchun juda ko‘p vaqt kerak bo‘ladi. 3 sm qatlamidagi tuproqning tiklanishi uchun 300-500 yil vaqt zarur. 18 sm qalinlikdagi tuproq tiklanishi uchun esa taxminan 2700 yil talab etiladi. Bunday aniq raqamlar bilan ifodalangan misollar asosida tuproqning insoniyat boyligi ekanligi, uni asrab avaylash kishining kelajak oldidagi burchi hisoblanishini uqtiriladi. Har bir Mehnat ta’limi darslari esa bolalar olgan bilimlarini amaliyotda ko‘rishlari uchun imkoniyat yaratadi.
Ekologik ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifa va maqsadlari insonni tabiat bilan va unda sodir bo’layotgan voqeliklar bilan qiziqtirish, inson, tabiat o’rtasidagi muammolarning kelib chiqish sabablarini aniqlash, echish yo’llari, chora-tadbirlarini topish yetarli ekologik bilimlarga ega bo’lgan holda atrof muhit muhofazasini amalga oshirishdir. Ekologik ta’lim tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:Jamiyat va tabiatning rivojlanish qonunlari; ular o’rtasidagi munosabatlarni chuqur o’rgatish va zamonaviy fikrlay oladigan shaxsni tayyorlash. Ijtimoiy-iqtisodiy rejalashtirish va ishlab chiqarish kuchlarini yo’naltirishda turli tabiiy hududlarning ekologik holatini biladigan va kelajakning ekologik rejasini tuzadigan avlodni tayyorlash.Har bir inson, jamiyat va jamiyat ichidagi turli guruhlar, toifalar, sinflarning o’zlari yashab turgan tabiat, uning boyliklarni saqlashga xizmat qiladigan yoshlarni etishtirish. Jamiyat a’zolariga o’zlarining ijtimoiy, madaniy, diniy qarashlari va urf-odatlarini rivojlantirishda yashab turgan joy, vodiy, adirlar, tog’larning go’zalligi, ularning inson xayoti va saloamatligidagi ahamiyatini tushuntirish ishlarini olib borish. Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishda bog’cha tarbiyachilari, maktab va o’quv yutrlari o’quvchilari, turli o’yinlar, kinotfilmlar orqali tabiiy va ijtimoiy fanlarni o’tishda o’zlari yashab turgan joydagi tabiiy voqelik va ekologik holatlarga bog’lab, ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishi xamda darslar o’tishi kerak. Shunday ishlar amalga oshirilganda har bog’cha bolasi, maktab o’quvchisi va talabalar o’simlikning qurishi, qushning ucholmasligi, adir yoki to’qayning yonishi, suvning befoyda oqishiga befarq bo’lmaydi.
Ekologik ta’lim asosida inson, jamiyat a’zolarini tabiat va uning boyliklarini saqlash, tejamkorlik bilan foydalanishda to’g’ri va oqilona yo’l tutishi, amaliy ishlarni muhit muammolarini echishga bag’ishlashi, shaxsning ekologik ta’limoti, tarbiyasi va madaniyatiga befarqdir.Ekologik ta’lim-tarbiya, bu xalqimizning ezgu an’analari asosida yoshlarni tarbiyalash, ular ongida tabiatga, uning boyliklariga mehr-muhabbat uyg‘otish, shuningdek, tabiiy boyliklarni asrab-avaylashga o‘rgatishdan iborat.
Shuningdek, ekologik ta’lim-tarbiya yoshlarni tabiatdan ongli ravishda foydalanish va ular qalbida tabiatga mehr-muhabbat uyg‘otish hamda tejamkorlikka o‘rgatishda qo‘l keladi. Albatta, yosh avlod qalbida tabiatga nisbatan hurmat hissini shakllantirish va rivojlantirish muhim masalalardan sanaladi. Insonning tabiat quchog‘ida bo‘lishi uni ruhan tetiklashtirib, uning mehnat qobiliyati va ijodiy faoliyatini oshiradi. Tabiatga muhabbat, tabiat go‘zalliklarini sevish va tabiatdan ratsional foydalanish g‘oyalarini bolalikdan singdirib borish va bu tarbiyani o‘rta va oliy maktabda o‘qish jarayonida davom ettirish zarurdir. Faqat shu yul bilangina tabiatga ehtiyotlik bilan munosabatda bo‘lishni insonlar ongiga singdirish mumkin. Talabalarda tabiatga nisbatan muhabbat va g‘amxo‘rlik tuyg‘ulari oila va maktabda tarbiyalanadi.Lekin bugungi kunda na maktablarda, na oliy o‘quv yurtlarida ekologiya faniga alohida fan sifatida e’tibor qaratilmayotgani bu albatta achinarli holatdir. Vaholanki, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 maydagi qarori bilan Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlangan. Konsepsiyaning maqsadi yosh avlodda ekologik bilim, ong va madaniyatni shakllantirish, ekologiya sohasidagi ilm-fanni innovatsion texnologiyalarni jalb qilgan holda takomillashtirishdan iborat ekanligi belgilab qo‘yilgan.
ekologik bilim, ong va madaniyatni shakllantirish, ekologiya sohasidagi ilm-fanni innovatsion texnologiyalarni jalb qilgan holda takomillashtirishdan iborat ekanligi belgilab qo‘yilgan.
Muloqot» tushunchasining turlicha ta’riflari mavjud. Muloqot ikki yoki undan ortiq odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash xususiyatiga ega bo‘lgan axborot almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida ta’riflanadi. Yoki: muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni. Bu «muloqot» tushunchasining eng to‘liq va aniq ta’rifidir.
Muloqot barcha tirik jonzotlarga xosdir, lekin odam darajasida u eng takomillashgan shakllarga ega bo‘ladi, nutq vositasida anglanadi. Muloqotda quyidagi nuqtai nazarlar ajratiladi: mazmun, maqsad va vositalar.
Muloqot, odatda, beshta: shaxslararo, kognitiv, kommunikativ-axborotli, emotiv va konativ tomonlarining birligida namoyon bo‘ladi.
Muloqotning shaxslararo tomoni insonning bevosita atrof-muhiti: boshqa odamlar va o‘z hayotida bog‘liq bo‘ladigan umumiyliklar bilan o‘zaro ta’sirini aks ettiradi.
Muloqotning kognitiv tomoni suhbatdoshning kim, qanday odam ekanligi, unlan nima kutish mumkinligi haqidagi, shuningdek, sherikning shaxsi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ko‘pgina savollarga javob berish imkonini beradi.
Muloqotning emotiv tomoni sheriklarning shaxsiy aloqalaridagi his-tuyg‘ular, kayfiyatning vazifa bajarishlari bilan bog‘liq.
Muloqotning konativ (hulq-atvor tomondan) tomoni sheriklar qarashlaridagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklarni muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
Muloqot vositalarini muloqot jarayonida bir tirik jonzotdan boshqasiga etkaziladigan axborotni kodlashtirish, uzatish, qayta ishlash va ochib berish vositalari sifatida ta’riflash mumkin.
Muloqot vositalariga quyidagilar kiradi:
1. Til – muloqot uchun qo‘llaniladigan so‘zlar, ifodalar va ularni muloqotda qo‘llash uchun ma’noli iboralarga birlashtirish qoidalari tizimi, shuningdek, turli ko‘rinish va shakllardagi (matnlar, chizmalar, suratlar), axborot yozish, etkazish va saqlashning texnik vositalari (radio- va videotexnika, yozuvning mexanik, magnitli, lazerli va boshqa shakllari) dagi belgilar tizimlari va yozuvdan iborat.
2. Ohang, emotsional ifodalanganlik, bir xil iboraga turlicha ma’no berishga qodir.
3. Suhbatdoshning mimikasi, gavda holati, nigohi ibora ma’nosini kuchaytirishi, to‘ldirishi yoki rad etishi mumkin.
4. Imo-ishoralar muloqot vositasi sifatida umumiy qabul qilingan, ya’ni, belgilangan ma’noga ega bo‘lishi yoki ekspressiv, ya’ni, nutqning ifodaliligini yanada oshirishi mumkin.
5. Suhbatdoshlar muloqotidagi masofa madaniy, milliy an’analarga, suhbatdoshga bo‘lgan ishonch darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Download 1.22 Mb.




Download 1.22 Mb.