|
2-mavzu. Elaki dorilar (poroshoklar pulveris) Reja
|
bet | 1/6 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 40,71 Kb. | | #102880 |
Bog'liq 2-mavzu. Elaki dorilar (poroshoklar - pulveris)
2-mavzu. Elaki dorilar (poroshoklar - pulveris)
Reja
1.Elaki dorilar turlari
2. Elaki dorilarni tayyorlash bosqichlari
3. Elaki dorilarni qadoqlash.
Tayanch tushunchalar: Elaki dorilar turlari. Elaki dorilarni tayyorlash bosqichlari. Elaki dorilarni qadoqlash jarayoni. Elaki dorilarni tayyorlash bosqichlari. Dozalash.
Adabiyotlar
1. Maxmudjonova K.S., Shodmonova Sh.N., Shoraximova M.M., Rizaeva N.M. Farmatsevtik texnologiya.-“Tafakkur nashriyoti”., darslik-Toshkent.-2013 yil.
2. Miralimov M.M., Mamatmusaeva Z.YA., Abdullaeva X.K., Azimova N. “Farmatsevtik texnologiya asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulot uchun o‘quv qo‘llanma. Ibn Sino.- 2004 yil.
Elaki dorilar qadimdan ma’lum dori shakllaridan bo‘lib, eramizdan oldingi 3000 yil avval ham tabobatdan qo‘llanilgan. Elaki dorilarning o‘ta maydaligi ularning ta’sir darajasini yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. Shu jihatdan elaki dorilar qattiq dori shakllari ichida yuqori ta’sir darajasiga ega dori hisoblanadi.
Davlat farmakopeyasi ta’biri bilan aytganda, elaki dorilar – ichish va tana yuzasiga sepish uchun qattiq dori shakllariga kirib, sochiluvchanlik xususiyatga ega bo‘ladi.
Elaki dorilar oddiy- (Pulveres simplices) bir dori moddasidan tashkil topgan yoki murakkab –ikki va undan ortiq ingredientdan iborat (pulveres sompositi) bo‘lishi mumkin. Undan tashqari kukunlar ya’ni, elaki dorilar alohida dozalarga bo‘lib taqsimlangan (pulveres indivisi) bo‘ladi. Ichish uchun mo‘ljallangan kukunlar asosan dozalangan usulda yoziladi yoki taqsimlangan bo‘ladi, sirtga ishlatiladigan kukunlar esa taqsimlanmagan usulda beriladi. Kukunlarning boshqa dori shakllaridan quyidagi afzalliklari bor:
Dori moddasi yaxshilab maydalanganligi sababli yuqori farmakologik faollikka erishish mumkin.
Tabletka va pilyulalar (hab dorilar) bilan solishtirilganda elaki dorilarning tayyorlash texnologiyasi juda sodda.
Ixchamligi va saqlash davomida turg‘unligi (suyuq dorilarga qaraganda)
Tarkibining xilma- xilligi kukun tarkibida organiq, noorganiq moddalar, o‘simlik va xayvonlardan olingan kukun moddalar, kam miqdorda suyuqliklar hamda qovushqoq moddalar bo‘lishi mumkin (kiritilishi mumkin ).
Kukunlarning bir qator kamchiliklari ham bor:
Dori moddalarning organizmga so‘rilishi eritmalarga nisbatan sekinroq boradi, chunki dorivor modda avval eriydi, keyin esa so‘riladi.
Ba’zi moddalar atrof- muhitning ta’siri ostida o‘zgarishi mumkin.
a) kristallizatsion suvini yo‘qotishi; b) havodagi uglerod ikki oksidini yutib, karbonatlar hosil qilishi; v) havodagi kislorod ta’sirida oksidlanishi; namlik ta’sirida esa sochiluvchanligini yo‘qotishi mumkin.
3. Ba’zi moddalar me’da va ichakning shilliq pardalariga qitiqlovchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin, eritma holida esa bu holat kuzatilmaydi (kaliy va natriy bromid tuzlari)
4. Achchiq ta’mli, yoqimsiz hidli va rangli moddalardan tayyorlangan kukunlar ichish uchun noqulay bo‘lgani sababli maxsus kapsulalarga solinadi.
|
| |