|
2-mavzu. Elaki dorilar (poroshoklar pulveris) Reja
|
bet | 5/6 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 40,71 Kb. | | #102880 |
Bog'liq 2-mavzu. Elaki dorilar (poroshoklar - pulveris)Dozalash
Tayyor elaki dorilarni alohida bir marta ishlatiladigan qilib taqsimlanishiga dozalash deyiladi. Elaki dorilarni dozalashning 2 usuli bor. Hajm va og‘irlik usuli. Kukunlarni (elaki dorilarni) dozalashda asosiy e’tibor uning aniqlik darajasi hisoblanadi. Ammo har qanday dozalash usuli ham ayrim kamchiliklardan xoli emas, shuni hisobga olgan holda XI Davlat farmakopeyasi bunday xatoliklarni quyidagi me’yorda bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi:
Kukun og‘irligi, g Xatolik, %
0,1 gacha ± 15
0,1-0,35 ±10
0,31-1,0 ±5
1 g ortiq ±3
Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, kukun massasi qancha ko‘p bo‘lsa, tortishdagi aniqlik shuncha oshadi. Kukunlar umuman 0,2-1,0 g atrofida dozalanadi. Undan ko‘p yoki kam bo‘lishi ularni qabul qilishda ham ayrim o‘ng‘aysizliklarni keltiradi. Doozalash asosan qo‘l tarozilarida bajariladi. Ishlatish oldidan tarozi pallalari spirt bilan yoki spirt – efir aralashmasi bilan artiladi. Kukun havonchadan tarozi pallasiga plastmassa yoki shoxdan qilingan qoshiqchalar yordamida olinadi va palladan qog‘oz kapsulalarga solinadi. Qog‘oz kapsulaga o‘tkazilganda pallada kukun qolmasligi uchun palla orqasiga ko‘rsatkich barmoq bilan chertib qo‘yiladi. Ishlatib bo‘lingan tarozi pallasi bir chimdim paxta yoki doka parchasi bilan artib tozalab qo‘yiladi. Ishlatilgan paxta yoki doka tashlanadi. Pallani sochiq yoki qo‘l bilan artish yaramaydi.
Kukunlarni qo‘l tarozisi bilan dozalash ancha vaqt va mahorat talab qiladi. Ayniqsa bu hol ko‘p miqdordagi elaki dorilarni dozalashda yaqqol ko‘rinadi. Bunday hollarda doriqona sharoitida ishlatishga mo‘ljallangan kukunlarni dozalaydigshan DP-2 apparati qo‘llaniladi.
Bu avtomatik dozator vertikal joylashgan 140 sm3 hajmdagi bunkerdan uning ustida o‘rnatilgan motorga biriktirib bunkerga tushirilgan aralashtirgich va shnekdan tashkil topgan. Bunker ostiga qo‘l tarozisining bir yelkasi bunker to‘kilish og‘ziga keltirilgan bo‘lib, u dozalashga mo‘ljallangan tubi ochiladigan palla chap yelkasida esa toshlarga mo‘ljallangan palla joylashgan. Pallalar pisangisini keltirishga mo‘ljallangan mikrovint yelka o‘rtasida joylashgan. Bunker, elektromotor va tarozilar bir ustunda mahkamlangan bo‘lib, ularning tagiga fotoelement va kukun to‘kishni ta’minlaydigan mexanizm joylangan. Yorug‘lik tuynugi va yoritish asbobi ustunning old qismi va ular orasiga, tarozining o‘ng yelkasiga bayroqcha o‘rnatilgan. Dozalaydigan pallasining ochiladigan tubiga muvozanatlantiruvchi richag o‘rnatilgan bo‘lib, u richagga qo‘yilgan yuk ta’sirida palla tubini kukun to‘luncha ochilmay turishini va ochilgan tubning qayta yopilishini ta’minlaydi. Dozatorda tinchlantiradigan va tiraladigan mexanizmlar yelka va pallalarni ish paytida tinchlantirishga mo‘ljallangan. Dozatorda ishlashdan oldin, uni kerak bo‘lgan dozadagi kukun miqdoriga moslashtiriladi. ya’ni 0,5 gacha og‘irlikdagi kukun uchun 1 yoki 2 – shnek o‘rnatiladi. 0,5 gr dan ortiq shnek uchun 3 yoki 4 – shnek o‘rnatiladi. Dozatorning o‘rtacha ishlash me’yori minutiga 10-12 kukundan bo‘ladi.
Dozalaydigan idish tagiga o‘rashga tayyorlab bir tomoni buklangan kapsula qog‘ozidan qo‘yiladi. Priborda “aralashtirish” va “ dozalash” ko‘rsatmalari yozilib, ularni elektr tarmoqqa ulaydigan muruvvatlari bor. “Aralashtirish” muruvvati ulanganda kukunnni aralashtiradi va dozalash muruvvati orqali dozalanadi. Dozalash pallasining to‘lish jarayonida yelkalar to‘g‘ri holatga keladi va bayroqcha fotoelementga o‘taYotgan nur yo‘lini bo‘shatadi.
Natijada dozator pallasining tubi ochilib, kukun qog‘ozga to‘qiladi. To‘kilgan kukun keyingi miqdor dozalanguncha o‘raladi va shu maromda dozalash davom ettiriladi. DVA-1,5 dozalash apparati ham shu ko‘rinishda bo‘lib, ishlash qoidasi ham DP- 2 ga o‘xshash.
“TAMPO” firmasi tomonidan taklif etilgan dozator kukunni hajm bo‘yicha taqsimlab o‘rnatilgan lentadagi qog‘ozlarga bo‘lib va ularni kichik paketchalar qilib kesib tayyor holda chiqaradi. Doriqona sharoitida hajm bo‘yicha dozalash TK-3 hajm dozalash apparati orqali amalga oshiriladi. Qoshiq ko‘rinishidagi bu dozator orqali 0,2 -1,0 g og‘irlikdagi kukunlarni dozalash mumkin.
Qoshiqcha asosiy metal korpusi ortiqcha kukunni tekislab dozani to‘g‘rilashga mo‘ljallangan tekislagich va qoshiq hajmmini o‘zgartirib ma’lum hajmga to‘g‘rilash uchun o‘rnatilgan muruvvat (4,5) dan iborat. Qoshiqcha bilan ishlashdan oldin uning hajmini kerakli miqdorga to‘g‘rilash zarur. Buning uchun hovonchada kukun tayyor holga keltirilgandan so‘ng, undan qoshiqchaga botirib olinadi, hovoncha ustida tutib turgan holda bosh barmoq bilan kukunning ortiqchasini, tekislagichni qoshiq uchigacha surib tushiriladi, so‘ng tekislagichni avvalgi joyiga qaytarib, qoshiqdagi kukun tarozi pallasiga solib tortiladi va og‘irlik belgilangandan ko‘p yoki kam bo‘lsa, muruvvatni burab qoshiq hajmi ko‘paytiriladi yoki kamaytiriladi. Mo‘ljallangan dozaning hajmi topilgandan so‘ng dozatorni ishlatib dozalashni boshlash mumkin. DPR-2 tdozatorning ishlash jarayoni ham shunga o‘xshash.
|
| |