|
Elaki dorilarni tayyorlash bosqichlari
|
bet | 2/6 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 40,71 Kb. | | #102880 |
Bog'liq 2-mavzu. Elaki dorilar (poroshoklar - pulveris)Elaki dorilarni tayyorlash bosqichlari
Dorivor kukunlarni tayyorlash–maydalash, elash, aralashtirish, dozalash va qadoqlash kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Keltirilgan jarayonlar kukun texnologiyasida to‘la bo‘lishi yoki ba’zi bir jarayonlarning bo‘lish–bo‘lmasligi dori tarkibi, uning qo‘llanilishi va tarkibga kirgan dori mahsulotlarining xususiyatlariga qarab tanlanadi. Purkash, sepish uchun ishlatiladigan kukunlar o‘ta maydalangan bo‘lishi kerak. Tish uchun ishlatiladigan (0,1 mm) kukunlarning ham maydalik darajasi shunga o‘xshash. Tish kukunlari tarkibida yirik zarrachalarning bo‘lishi tishning emal qavatini zararlashi mumkin. Hidlash uchun ishlatiladigan elaki dorilar zarrachalarining maydaligi o‘rta me’yorda bo‘lgani ma’qul (0,2 mm), chunki bunday kukunlar nafas yo‘llarining tashqi qavatiga mo‘ljallangan bo‘lib, ularning tomoq yo‘llariga tushish zarurati yo‘q. Ishlatilishi oldidan eritish uchun mo‘ljallab beriladigan elaki dori tarkiblarini maydalash shart emas. Yaraga sepish uchun va jarohatlarni davolash maqsadida ishlatiladigan kukunlar iloji boricha mayda qilib va aseptik sharoitda tayyorlanishi kerak. Agar issiqlikka chidamli bo‘lsa, ularni sterillab berish zarur. Elaki dorilar tarkibi va qo‘llash usulidan tashqari bir – biridan agregat holati (kristall, amorf), zichligi, qattiqligi, rangi, hidi va boshqa xususiyatlari bilan ham farqlanadi. Hayvonot va o‘simliklardan olingan elaki dorilar amorf kukunlar bo‘lib, minerallardan solishtirma og‘irligining kichikligi bilan farqlanadi. Kukun holatidagi ba’zi bir moddalar yorug‘lik ta’sirida, kislorod, karbonat angidrid va havo namligi ta’sirida o‘zgaradi. Ko‘pchilik kukunlar gigroskopik bo‘lgani sababli havoda namlanadi va aksincha, tarkibida kristal suv saqlanganlari havo ta’sirida suvini yo‘qotadi, masalan, natriy sulfat, magniy sulfat. Ba’zi bir kukun holidagi dorivor moddalar (kamfora, mentol, xloralgidrat) oson uchuvchan hisoblanadi. Kukun holatidagi elaki dori tayyorlashda xususiyati jihatidan turli moddalarning aralashtirilishi natijasida tarkibidagi fizik hususiyatlar (gigroskopik xususiyati, uchuvchanligi, portlash hususiyati) o‘zgarishi mumkin. Elaki dorilar tayyorlashda farmasevt ana shu xususiyatlarni hisobga olishi kerak.
|
| |