|
2-mavzu. Elaki dorilar (poroshoklar pulveris) Reja
|
bet | 4/6 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 40,71 Kb. | | #102880 |
Bog'liq 2-mavzu. Elaki dorilar (poroshoklar - pulveris)Sindirishda – egiltiruvchi kuchlar ostida jism parchalanishdan hosil bo‘lgan zarrachalar kattaligi va shakli jihatidan turlicha bo‘ladi.
Kesish va arralashda – jismlarni belgilangan kattalikda va shaklda maydalash mumkin. Yanchishda – jism siqiluvchi, cho‘zuvchi, kesuvchi, ezuvchi kuchlar ta’sirida maydalanadi. Bunda mayda kukunga o‘xshash mahsulot hosil bo‘ladi.
Urilganda – mo‘ljalga olib urilganda yorilgandagi kuch ta’siri qaytarilib jism yorilishi mumkin, umuman urilishda ezish ta’sir kuchi bilan maydalanadi. Dori moddalari fizik jihatdan maydalangan, qattiqliq jihatdan o‘rta qattiqlikdagi qovushqoq jismlar bo‘lganligi sababli (hoh kristall va hoh amorf modda bo‘lsin) ularni maydalashda yanchish va ezish usulidagi kuchlar ta’siridan foydalaniladi.
Ezish va ishqalash modda zarrachalarini maydalash bilan birga ularni o‘zaro Yaxshi aralashishini ham ta’minlaydi. Bu esa murakkab kukunlarni tayyorlashda ayniqsa qo‘l keladi.
Hozirgi kunda elaki dorilar tayyorlashda ularni maydalash va aralashtirish uchun doriqonalarda qadimdan ma’lum bo‘lgan hovonchadan (mortaria) foydalaniladi. Bizni elaki dori texnologiyasini o‘rganish bo‘yicha qilingan ishlarimiz asosida olgan natijalar shuni ko‘rsatadiki, ularning maydalik darajasi, maydalash usullari, aralashtirish usuli uning sifatiga biosamaradorligiga ta’sir etuvchi omil hisoblanadi. Shu sababdan bu texnologik jarayon va maydalik darajasini ham tarkibi turiga qarab me’yorlashtirish kerak. Ularning maydaligi 0,1-0,3 mm oralig‘ida bo‘lishi mumkin. Dorixatlarda ko‘p ishlatiladigan elaki dorilarni murakkab tarkiblaridan doriqonada yarim fabrikatlar tayyorlab qo‘yish mumkin. Bunda elaki dorilar tarkibi o‘rganilib uning ko‘p uchraydigan ma’lum bir qismi yarim fabrikat holida tayyorlansa bo‘ladi. Elaki dorilar tarkibini draje holida ham tayyorlash mumkinligi G.S.Yusupova tomonidan ko‘rsatilgan.
Hovonchalar har xil o‘lcham va shaklda chiqarilib, chinni, agat, latundan yasaladi. Kundalik amaliyotda eng ko‘p ishlatiladigani chinni hovonchadir. Chinni hovonchalar 7 xil hajmda chiqariladi. Chinni hovonchalar yuza tomonidan silliq ichi esa g‘ovak va notekis bo‘ladi. Pestik (pistilla) (hovoncha dastasi) ham chinnidan tayyorlanadi. Chinni qattiqligi yyetarli darajadagi jismlarga kirib, mo‘rt hisolanadi. Ezishga boshqa moddalarga nisbatan chidamli hisoblanadi. Shuning uchun u doriqona hovonchalari tayyorlashda juda ko‘p keladi. Hovoncha modda dasta bilan qo‘l yordamida maydalanadi, bunda tirsak vaelka kuchlari ishlatilmasligi lozim. Zaharli va silliq pardalarga ta’sir ko‘rsatuvchi moddalarni maydalash uchun usti yopiladigan hovonchalar ishlatiladi. Bu birinchidan moddaning yo‘qolishini kamaytirsa, ikkinchidan ishlayotgan ishchini muhofaza qiladi.
Hovonchadan foydalanishni osonlashtirish maqsadida uni stol ustida tutib turuvchi qurilmalar mavjud. Bo‘larga misol tariqasida rezina g‘ildirak ko‘rinishidagi stol ustiga mahkamlash uchun mo‘ljallangan qurilmani ko‘rsatish mumkin.
Elaki dorilarni ko‘p hajmda tayyorlanganda, ya’ni doriqonada oldindan tayyorlanib qo‘yiladigan doriqona tayyorlanmalari texnologiyasida mexaniq hovonchalar ishlatiladi.
Bunday hovonchalarning dastasi mexaniq aylantirgich – “qo‘l” ga ulangan bo‘lib, asosan katta o‘lchamdagi hovonchalarga (diametri 300-400 mm) mo‘ljallangan. Hovoncha o‘rnida ishlatish uchun kichik hajmli dori maydalaydigan apparatlar ham tavsiya qilingan bo‘lib, ulardan biri M.X. Islamgulov apparatidir.
Ko‘rinishidan kofe maydalagichga o‘xshash bu apparatda ichki idishining diametri barobarida pichoqlari o‘rnatilgan bo‘lib, uning aylanish tezligi 18000 aylanish/minut. Bu tezlikda maydalanadigan modda shakl ta’sirida changga aylanib, apparat qopqog‘iga tegib yana maydalanadi. Maydalanadigan ingredientlar apparat qopqog‘iga solinib, uni apparat korpusi bilan berkitiladi, so‘ng apparat to‘ntarilib kukun 1-2 min maydalanadi.
Maydalangan kukunni yana apparat qopqog‘iga to‘kib ( ag‘darib), ichidagi kukun qopqoqqa o‘tkaziladi. Uni ochib ichidan maydalangan, aralashtirilgan kukun olinadi.
Elash. Kukunlar yirik va mayda zarrachalarni saralash maыsadida elanadi. Elash maydaligi jihatidan bir – biriga yaqin zarrachalarning saralanishi demakdir.
Doriqona sharoitida elash jarayoni ko‘p hajmdagi elaki dorilar tayyorlanishida ishlatiladi. O‘simlik xom ashyosini maydalik jihatdan saralashda elash zarur jarayonlardan hisoblanadi. Maydalangan zarrachalarni saralashda 0,1-10 mm diametrdagi elaklar ishlatiladi. Doriqona amaliyotiga mo‘ljallangan elaklar gardishining diametri 150-200 mm atrofida bo‘ladi. Elaklarning turli o‘lchamdagilari va ularning yig‘malari ishlatilishi mumkin.
|
| |