Dori turlari texnologiyasi kafedrasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlar




Download 24.76 Kb.
Sana05.04.2020
Hajmi24.76 Kb.
#9979
Dori turlari texnologiyasi kafedrasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlar: O‘zbekiston Respublikasi aholisini samarali, sifatli dori darmonlar bilan ta’minlash maqsadida farmatsevtik texnologiya asoslarini qo‘llagan holda dolzarb yo‘nalishdagi dori vositalarining mo‘‘tadil tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borildi.
Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
O‘lkamiz xududidagi mahalliy resurslaridan foydalanib, quydagi dori prepartlari texnologiyasi ishlab chiqildi: - Tog‘ qudduzi er ustki qismidan quruq ekstrakt olish va tabletka dori shaklini yaratish bo‘yicha tog‘ qudduzi er ustki qismidan ekstrakt olishning olishning optimal usulini taklif etish maqsadida ekstraksiya jarayoniga ta’sir etuvchi omillar o‘rganilib chiqildi. Quruq ekstrakt olishda ajratuvchi sifatida 40, 50, 60, 70 spirtlar ishlatildi. Ajratuvchini tanlash ta’sir qiluvchi moddalarni chiqish unumi bilan belgilandi. Keyingi bosqich tajribalarda o‘simlik xomashyosi har xil maydalikda 1 mm dan - 8 mm gacha kattalikda maydalanib, ajratmalar olindi. Xomashyo maydaligi 2-3 mm bo‘lganda ekstraktiv moddalar ko‘p miqdorda ajralib chiqdi. 1 mm dan kam bo‘lganda yot moddalar ko‘p miqdorda ajralib, ajratma loyqa ko‘rinishda bo‘ldi. Barcha holatlarda olingan ajratmalar yot moddalardan tozalangandan so‘ng, bug‘latib, quritildi. Quruq ekstrakt DF XI bo‘yicha sifat va miqdor ko‘rsatkichlari aniqlandi. Keyngi tajribalarda olingan ekstrakt asosida turli yordamchi moddalar ishtirokida: kraxmal, natriy gidrokarbonat, saxaroza spirt, suv va boshqa moddalar bilan tabletka dori shaklini mo‘‘tadil tarkibi ishlab chiqildi va 0,3 g o‘rtacha og‘irlikda gidropressda olindi.
Natriy (arab, natrun, yun. nitron - tabiiy soda; lot. natrium), Na - Mendeleyev davriy sistemasining 1 guruhiga mansub kimyoviy element. Ishkr-riy metall. Tartib rakami 11, atom massasi 22,9898. Bitta tabiiy izotopi 23Na bor.
Kraxmal (nem. kraftmehl) - oʻsimlikning asosiy uglevod zahirasi. Umumiy formulasi (S6N|()O5)g . Rangsiz amorf modda. Fotosintez jarayonida oʻsimliklarning barglarida hosil boʻladi. K.ni toʻla gidrolizlab, glyukoza olinadi.
Olingan tabletkalarning tashqi ko‘rinishi qo‘ng‘ir rangli, silliq, d=9 mm, h=2,8 mm, parchalanishi 13 sek., qattiqligi 60 N. Quruq ekstrakt va tabletka tarkibidagi flavonoidlar miqdori spektrofotometrik usulda aniqlandi. - «Propolis nastoykasi asosida dermatologik polimer dorivor pardalar texnologiyasini ishlab chiqish” bo‘yicha hisobot yilida propolis nastoykasi asosida dermatologik polimer pardalarni mo‘‘tadil tarkib va texnologiyasini ishlab chiqildi. Bunda polimer massaning tarkibida propolis nastoykasining miqdori 15 deb belgilandi. Polimer massalarda propolis nastoykasini polimerlar bilan mos kelishini hamda mo‘‘tadil parda hosil qiluvchi polimerni tanlash uchun qator polimerlar yordamida (MS, natriy-KMS, jelatina, PVS, agar-agar) bilan modelli polimer massalar tayyorlanib, ulardan shakllantirilgan polimer pardalarning ko‘rsatkichlari (MH keltirilgan usullar bo‘yicha tashqi ko‘rinishi, qolipdan ko‘chish xususiyati, rN ko‘rsatkichi, erish vaqti) o‘rganildi. Olingan tajriba natijalariga asoslanib, mo‘‘tadil parda hocil qiluvchi polimer sifatida Na-KMS tanlandi. Polimer massada parda hosil qiluvchi Na-KMSning va plastifikator glitserinning mo‘‘tadil konsentratsiyasini asoslash bo‘yicha ITI olib borildi va Na-KMSni 1,5; 2,0 va 2,5 va plastifikatorni 0,5; 1,0 va 1,5 saqlovchi modelli polimer massalar olindi va ulardan pardalar shakllantirilib, xossalari aniqlandi. Natijada quyidagi mo‘‘tadil tarkibi taklif etildi (10 parda uchun): propolis nastoykasi 5,0; Na-KMS 2,0; glitserin 1,0; tozalangan suv 100,0 gacha. Olingan polimer pardaning tashqi ko‘rinishi, qolipdan ko‘chish xossasi, erish vaqti, rN ko‘rsatkichlari baholandi. Olingan natijalariga ko‘ra propolis nastoykasini saqlovchi polimer pardalarning mo‘‘tadil texnologik jarayonlarini ishlab chiqildi. - Tabiiy xomashyo asosida yallig‘lanishga va modda almashinuvni tubdan yaxshilovchi antidiabetik murrakkab tarkibli surtmalar texnologiyasi va standartizatsiyasi bo‘yicha 2015 yilda yallig‘lanishga va modda almashinuvni tubdan yaxshilovchi antidiabetik murakkab tarkibli surtma (glipil, sachratqi ildizi, steviya bargi va b.) sifatini baholash va tahlil usullarini ishlab chiqildi. Jumladan, “Fitoderm” murakkab tarkibli surtmaning sifati tashqi ko‘rinishi - och jigarrang ranli, o‘ziga hos hidga ega, bir xil, mexanik zarrachalaridan xalos surtma, rN (5,45±1.12), kolloid va termoturg‘un (1500 daqayl. 5 daqiqa aylantirilganida va 450S da 14 sutka saqlanganda barqaror) hamda surtma tarkibiga kiruvchi biologik faol moddalarning chinligini aniqlash va miqdoriy tahlil usullarini ishlab chiqildi. Olingan natijalar bo‘yicha preparat tarkibida glipil miqdori Dyuma-Pregl usulida (oqsillar miqdori 17,2 kam emas), polisaxaridlar miqdori gravimetrik usulda aniqlandi (10,4 kam emas). “Fitoderm” murakkab tarkibli surtmaning reologik xossalari o‘rganildi: qovushqoqligini aniqlash “Reotest-2” markali rotatsion viskozimetrda olib borildi. Turli asoslarda tayyorlangan yallig‘lanishga va modda almashinuvni tubdan yaxshilovchi antidiabetik “Fitoderm” murakkab tarkibli surtmaning biofarmatsevtik samaradorligini in vitro va in vivo usullarda o‘rganildi. Surtma tarkibidan polisaxaridlarni ajralib chiqishi dinamikasi Kruvchinskiy usuli bo‘yicha teng muvozanatli dializ usulida o‘rganildi. Ajralgan polisaxaridlar miqdorini dializatni SF-usulida polisaxaridlar (inulin) gidrolizi natijasida hosil bo‘lgan monosaxaridlar - fruktozani kislota muhitda rezorsin bilan hosil bo‘lgan mahsullarining optik zichligini 200-380 nm to‘lqin uzunligida o‘rganish bilan olib borildi. Olib borilgan tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, 0,5 soatda dori moddaning 14 miqdori, 1 soatda 25, 2 soatda 44, 3 soatda 16, 4 soatda 6 dori modda miqdori juda oz miqdorda ajraldi. Bundan ko‘rinib turibdiki, muhitda preparatning yuqori konsentratsiyasi dializatda ikki soatda kuzatildi. Surtma tarkibidan fruktozanlarni ajralish kinetikasi o‘rganildi va preparatning ta’siri qisqa vaqt oralig‘ida namoyon bo‘ladi degan xulosaga kelindi. “Fitoderm” murakkab tarkibli surtmaning biofarmatsevtik samaradorligini in vivo usullarda - alloksan diabeti chaqirilgan kalamushlarda formalin bilan chaqirilgan yallig‘lanish yaraga ta’siri o‘rganildi. Olingan natijalar taklif etilayotgan surtmaning alloksan diabet fonida kechayotgan yallig‘lanish kasalligini davolash sura’tini oshirishi isbotlandi. YAllig‘lanishga va modda almashinuvni tubdan yaxshilovchi antidiabetik “Fitoderm” murakkab tarkibli surtmaning saqlanish sharoitini o‘rganish tajribalari tabiiy sharoitda davom etmoqda. - 2015 yilda “Tabiiy mahsulotlar asosida ozuqaga BFQ uchun tarkib, texnologiya va sifat me’yorlarini ishlab chiqish” bo‘yicha topinambur tugunagining tibbiyotda ishlatilishi bo‘yicha adabiyotlar tahlilini o‘tkazildi va olingan natijada zamonaviy BFQ lar texnologiyasi ishlab chiqildi.
Tibbiyot, meditsina, tabobat - kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui.
Adabiyot (arab. - adab so‘zining ko‘pligi) - 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi)
Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.
Topinambur tugunagidan talqon olish texnologiyasi “Remedy GROOP” korxona sharoitida o‘rganildi. Talqon tarkibidagi biofaol moddalarga quritish haroratining ta’siri adabiyotlarda keltirilgan usullar yordamida o‘rganildi. Topinambur tugunagi talqonining texnologik ko‘rsatkichlari adabiyotlarda keltirilgan usullar yordamida aniqlandi. Tajribalar natijasi Remedy Groop QQ da muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi. Jag‘-jag‘ ekstrakti asosida gel tarkibini tanlash va texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha 2015 yilda stomatologiya amaliyotida yallig‘lanish milkni qizarishi, tez-tez qonab, og‘riqli holatlarni davolash uchun qo‘llashga tavsiya etilayotgan jag‘-jag‘ o‘tining er ustki qismi suyuq ekstraktidan yangi stomatologik gel tarkibini tanlash va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi. Tajribalarda jag‘jag‘ suyuq ekstraktidan turli gidrofil asoslarda gel tarkibini tayyorlash bo‘yicha izlanishlar o‘tkazildi. Bunda surtmalar 3, 4 va 6 li qilib tayyorlanib, natriy karboksimetilsellyuloza, metilsellyuloza va jelatina glitserinli asoslarda tayyorlandi. Tayyorlangan surtmalarning sifat ko‘rsatkichlaridan: tashqi ko‘rinishi, rangi, hidi, surtilishi, konsistensiyasi, rN, kolloid va termoturg‘unligi aniqlandi. Jag‘-jag‘ ekstrakti geli sifat ko‘rsatkichlari adabiyotlar keltirilgan usullarda o‘rganildi va ular me’yoriy hujjatlar talabiga mos ekanligi isbotlandi. O‘zbekistonda sintez qilingan hamda xorijdan keltirilgan sintetik dori vositalar asosida takomillashtirilgan dori preparatlarni ishlab chiqish bo‘yicha quyidagilar aniqlandi: - Hisobot yilida kombinirlangan nosteroid yallig‘lanishga qarshi diklofenak natriy hamda benzketozon asosida gel texnologiyasini yaratish va uni standartlash bo’yicha izlanishlar olib borildi.
Qarshi (1926 37 yillarda Behbudiy) - Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro t. yil va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda.
Tarkib tanlsh matematik rejalashtirish usulida olib borildi. Bunda 9 ta tarkib bo‘yicha gellar tayyorlandi va ularning sifat va miqdoriy tahlili olib borildi. Kruvchinskiy usuli bo‘yicha biofarmatsevtik izlanishlar olib borildi va gellardan ta’sir etuvchi moddalar diklofenak natriy va benzketozon ajralib chiqishi o‘rganildi. Olingan natijalarga asosalanib mo‘‘tadil asos tanlab olindi va uning sifat va miqdor ko‘rsatkichlari aniqlandi (organoleptik ko‘rsatkichlar, suvli ajratmaning pH ko‘rstatkichi, termoturg‘unligi, kolloid turg‘unligi, qizdirganda yo‘qotilgan og‘irlik va b.). Diklofenak natriy va benzketozonning miqdoriy tahlilini olib borishda spektrofotometrik usul qo‘llanildi (276±2 nm va 305±2 nm). Olingan natijalar asosida me’yoriy hujjatlar tuzildi. Rejalashtirilgan ishlardan tashqari ushbu gelning reologik xossalari o‘rganildi, uning saqlanish sharoiti va yaroqlilik muddati aniqlandi. - Nosteroid yallig‘lanishga qarshi moddalar asosida applikatsion dori turlari texnologiyasini yaratish bo‘yicha Ibuprofen moddasidan sirtga qo‘llash uchun liposomal suspenziya shaklini yaratish borasida ishlar olib borildi. Jumladan, ibuprofen moddasidan liposomal dori shakllarini yaratish uchun liposomal dori shaklinining uch xil tarkibi tanlandi: 1-tarkibda fosfotidilxolin, tozalangan suv, ibuprofen 1:7; 2-tarkibda fosfotidilxolin, tozalangan suv, ibuprofen 1:8; 3-tarkibda fosfotidilxolin, tozalangan suv, ibuprofen 1:10 nisbatlarda ishtirok etgan bo‘lib, bunda moddalarning fizik-kimyoviy xossalari inobatga olingan holda suspenziya tarkibiga kiritildi. Taklif etilayotgan tarkiblarni dastlabki sifat ko‘rsatkichlarini aniqlandi (tashqi ko‘rinishi, bir xilligi, chinligi va rN ko‘rsatkichi). Natijada 2-tarkib sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha talabga javob berganligi aniqlandi. Tanlangan 0,1 ibuprofen suspenziyasining miqdoriy analizi spektrofotometrik usulda AQSH firmasining Agilent - 8453 spektrofotometrida aniqlandi. Bunda erituvchi sifatida 96 etil spirtidan foydalanildi va ibuprofenning spirtli eritmasi 200-300 nm to‘lqin uzunligida o‘lchanganda ibuprofen 220 nm to‘lqin uzunligida yuqori, 216 nm da quyi nur yutish ko‘rsatkichiga ega ekanligi aniqlandi. Natijalar asosida 0,1 li ibuprofen suspenziyasining miqdorini aniqlash usuli ishlab chiqildi. Ishlab chiqilgan usul bo‘yicha ibuprofen miqdori 5 ta namunada aniqlandi va u 0,096 dan 0,100 gacha ekanligi topildi. - Mahalliy xomashyolar asosida virusga qarshi dori vositalari texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan izlanishlarda hisobot yilida gossipol hosilalari asosida sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan kollagen asosli gidrogellar tarkibini ishlab chiqish. Jumladan Megaferon (megosinning glitsirrizin kislotasi bilan hosil qilgan kompleksi) va tvuferon o‘zining suvda eruvchanlik xossasi bilan terapevtik samaradorlikni oshirishi farmakologik tajribalarda aniqlandi. “Kollagen-T” asosida gidrogel asosi tarkiblari ishlab chiqildi. Tarkib I. Kollagen-T, MS 1li eritmasi, tozalangan suv, glitserin. Tarkib II Kollagen-T, atsetilangan lanolin, tozalangan suv, glitserin ishtirok etgan bo‘lib, quyidagi asos texnologiyasida polimerni bo‘ktirish, eritish, asosni gomogenlashtirish olib borildi. Olingan asosni qo‘llagan holda gossipol hosilalaridan megaferon va tauferon 2 li gidrogellari tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqildi. Moddalar fizik-kimyoviy xossalari inobatga olingan holda gel asoslari tarkibiga kiritildi. Bunda quyidagi texnologik bosqichlardan foydalanildi: komponentlarni tortib olish, eritish (haroratsiz, haroratli), gomogenlashtirish, qadoqlash. Taklif etilayotgan tarkiblarni dastlabki sifat ko‘rsatkichlarini aniqlandi va miqdoriy tahlili YUSSX usulida o‘rganildi. Koglumet asosida shamcha texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha shamchalar, zamonaviy asoslar, texnologik bosqichlari, shamchalarning sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha adabiyotlar tahlili o‘rganildi. Koglumet – bu glyutamin kislota va metilmetionin sulfoniy xloridning kobalt (III) bilan hosil koordinatsion birikmasi bo‘lib, u “A.B.
Kobalt (Cobaltum), Co - Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 27, atom massasi 58,9332. Kobalt metalini ilk bor 1735 yilda shved kimyogari Yu. Brand rudalardan ajratib olgan.
-Biocom” kompaniyasida sintez qilib olingan. Ushbu preparat farmakologik izlanishlar natijasida immunostimullovchi, gepatoprotektor va radioprotektor dorivor modda sifatida samarali ta’sir ko‘rsatadi. Koglumet saqlovchi shamcha uchun mos bo‘lgan asos turini tanlash va optimal texnologiyasini ishlab chiqildi. Koglumet shamchasini tayyorlash uchun gidrofob asoslardan kakao moyi, gidrofil asoslardan jelatina-glitserinli asos ishlatildi. Dorivor modda asos tarkibiga 0,005 miqdorda qo‘shildi. SHamchalar juvalash va quyish usullarida tayyorlandi. SHamcha tayyorlashda dori moddaning fizik-kimyoviy xususiyatidan kelib chiqqan holda avval modda minimal miqdordagi tozalangan suvda eritib olindi. Kakao moyi tarkibiga kiritish uchun suvsiz lanolin bilan emulgirlandi. Gidrofil asosda tayyorlangan shamcha tarkibiga dori moddasi asos tarkibidagi suvda eritib kiritildi. Qoliplar muzlatgichda saqlandi, quyishdan oldin qoliplar kerakli suyuqliklar bilan moylandi. Koglumet shamchasining sifat ko‘rsatkichlarini baholandi Har ikki usulda tayyorlangan shamchalarning sifati baholandi. Bunda tashqi ko‘rinishi, chinligi, erish vaqti, deformatsiya vaqti, bir xilligi, o‘rtacha massasi o‘rganildi. Ketomed shamchasi texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha 2015 yilda Ketomed saqlovchi shamcha uchun mos bo‘lgan asos turini tanlash va optimal texnologiyasini ishlab chiqildi. Ketomed shamchasini tayyorlash uchun gidrofob asoslardan kakao moyi, gidrofil asoslardan jelatina-glitserinli asos ishlatildi. Dorivor modda asos tarkibiga 0,006 miqdorda qo‘shildi. SHamchalar juvalash va quyish usullarida tayyorlandi. SHamcha tayyorlashda dori moddaning fizik-kimyoviy xususiyatidan kelib chiqqan holda avval modda minimal miqdordagi tozalangan suvda eritib olindi. Kakao moyi tarkibiga kiritish uchun suvsiz lanolin bilan emulgirlandi. Gidrofil asosda tayyorlangan shamcha tarkibiga dori moddasi asos tarkibidagi suvda eritib kiritildi. Qoliplar muzlatgichda saqlandi, quyishdan oldin qoliplar kerakli suyuqliklar bilan moylandi. Ketomed shamchasining sifat ko‘rsatkichlari baholandi. Bunda tashqi ko‘rinishi, chinligi, erish vaqti, deformatsiya vaqti, bir xilligi, o‘rtacha massasi o‘rganildi va ular ijobiy natijalarni namoyon etdilar: ketomed asosida tayyorlangan shamchalar och sarg‘ish-yashil rangli, bir tekis, havo pufakchalari bo‘lmagan ko‘rinishga ega bo‘ldi. CHinligi qoniqarli, gidrofob asosda tayyorlangan shamchada o‘rtacha massadan og‘ishi 2,33, to‘liq deformatsiya vaqti 7-8 daqiqa, gidrofil asosda tayyorlangan shamchada o‘rtacha massadan og‘ishi 4,66 erish vaqti 28 daqiqani tashkil etdi. Hisobot yilida dori turlari texnologiyasi kafedrasi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan 2015-2017 yillar uchun e’lon qilingan ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalar tanlovida ishtirok etdilar va ADSS 15.28.
Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V.
3 sonli “Mahalliy xomashyolardan yallig‘lanishga, allergiyaga, diabetga qarshi va regenerativ xususiyatga ega applikatsion fitodermatologik dori turlari texnologiyasini ishlab chiqish va farmakologiyasini o‘rganish” (ilmiy rahbar f.f.d., prof. Nazarova Z.A.) amaliy loyihada ishtirok etdilar (2015 yil uchun umumiy mablag‘ 90,725 mln. so‘mni tashkil etdi). SHuningdek, kafedra dotsenti N.S. Fayzullaeva IZ-2014-0915121104 “Geriatriya amaliyotida qo‘llaniladigan gipolipidemik vosita piratsin dori shaklini ishlab chiqish va standartlash” innovatsion loyihada ishtirok etdi (ilmiy rahbar k.f.d., prof. SHabilalov A.A., 2015 yil uchun umumiy mablag‘ 49,496 mln. so‘mni tashkil etdi). Kafedra dotsenti SH.F.Iskandarova FDSS 15.28.2 sonli “O‘zbekistonla etishtirilayotgan tikonli artishok xomashyosi asosida gepatoprotektor o‘t haydovchi yangi dori preparatlari texnologiyasini ishlab chiqish va standartlash” amaliy loyihada ishtirok etdi (ilmiy rahbar b.f.d. R.T.Tulyaganov). YUqorida keltirilgan grant loyihalar bo‘yicha barcha 2015 yilga rejalashtirilgan ilmiy izlanishlar muddatidan oldin ijobiy yakunlandi. 2015 yilida quyidagi me’yoriy hujjatlar tasdiqlandi: 1. FS 42 Uz-1336-2015. Maydagulli tog‘rayxon suyuq ekstrakti. 2. “Bionambur” ozuqaga biologik faol qo‘shimcha uchun tashkilot standarti va texnik yo‘riqnoma. Ts 23937838-08:2015. Hisobot yilida quyidagi patentlar olindi: 1. JAP 20130203 Vitiligoni davolash uchun surtma (25.05.2013 y. mualliflar Xodjaeva I.A., Nazarova Z.A. va b.) ixtiro patentini olishdi. 2. “Farmatsevticheskaya protivovospalitelnaya kompozitsiya” (mualliflar Karieva YO.S., Maksudova F. va b.) patent olishga talabnoma topshirildi. 3. O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligining har xil tishli rodiola ildizidan quruq ekstrakt olish texnologiyasini dastlabki ekspertizadan o‘tganligi to‘g‘risida qaror (talabnoma IAP 20140567). Bugungi kunda DTT kafedrasida 2 ta katta ilmiy xodim izlanuvchi va 2 ta mustaqil izlanuvchilar doktorlik dissertatsiyasi ustida ish yuritmoqdalar: 1.
Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
SHaripova I.SH. O‘simlik ajratmalari asosida yallig‘lanishga qarshi, tinchlantiruvchi dori vositalarini ishlab chiqish” (ilmiy rahbar f.f.d., prof..Maxmudjonova K.S.); 2. Xodjaeva I.A. “3-d-metallar biokompleksi asosoida dori preparatlarning tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish” (ilmiy rahbar f.f.d., prof. Nazarova Z.A.); 3. Maksudova F.X. “Sovershenstvovanie sostavov i texnologiy lekarstvennыx preparatov diklofenaka natriya, otsenka ix biofarmatsevticheskix pokazateley” (ilmiy rahbar f.f.d., dots. Karieva YO.S.). 4. Iskandarova SH.F. “O‘simliklar xom ashyosi asosida biologik faol qo‘shimchalarning tarkibi, texnologiyasi va sifat me’yorlarini ishlab chiqish” (ilmiy rahbar f.f.d., prof. YUnusxo‘jaev A.N.) – 2015 yil 28 dekbrda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Bugungi kunda kafedrada 12 ta xodim faoliyat ko‘rsatmoqda (ulardan 9 nafari asosiy stavkada): 2 ta fan doktori, 8 ta fan nomzodi, ilmiy salohiyat – 83,3. Toshkent farmatsevtika institutining “Mahalliy xom ashyolar asosida dorivor preparatlar yaratish va ularning biofarmatsiyasini o‘rganish» ustivor yo‘nalishiga asoslanib 2016 yilda quyidagi ilmiy tadqiqotlarni rejalashtirdik: YUmshoq dori turlari - surtma, gel va shamchalar texnologiyasini yaratish borasida Kalendula nastoykasi asosida yallig‘lanishga qarshi gel texnologiyasini ishlab chiqish; YAllig‘lanishga qarshi mahalliy o‘simliklar asosida tayorlangan gelning sifatini baxolash. Kirqbo‘g‘im, ittikanak, chayanut maxalliy o‘simliklarning quruq ekstrakti asosida tayorlangan gel dori shaklini sifatini baholashda texnologik va fizik-kimyoviy usullar qo‘llaniladi. Mahalliy xomashyolar asosida virusga qarshi dori vositalari texnologiyasini ishlab chiqish. 2016 yilda Gossipol hosilalari asosida sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan kollagen asosli gidrogellar turg‘unligi va biosamaradorligini ishlab chiqish; Ishqor eritmasi asosida surtma texnologiyasini ishlab chiqish; Aloe o‘simligi asosida dorivor kosmetik vositalar texnologiyasini -ishlab chiqish. 2016 yilda aloe ekstraktidan krem texnologiyasini ishlab chiqish va sifatini baholash; Nosteroid yallig‘lanishga qarshi moddalar asosida applikatsion dori turlari texnologiyasini yaratish. 2016 yilda ibuprofen moddasidan liposomal surtma dori shaklini olish va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash. Oziqlantiruvchi kosmetik vosita texnologiyasini ishlab chiqish. Qattiq va suyuq dori turlari - quruq ekstrakt, gel, poroshok, dorivor polimer parda texnologiyasini yaratish borasida tog‘ kunduzi er ustki qismidan quruq ekstraktidan tabletka dori shaklini yaratish va sifatini baholash; Propolis nastoykasi asosida dermatologik polimer dorivor pardalar fizik-mexanik ko‘rsatkichlarini aniqlash, chinlik va miqdoriy tahlil usullarini ishlab chiqish va biofaolligini o‘rganish; Veterinariya amaliyotida ishlatish uchun mo‘ljallangan himoyalangan kolloid preparatlar texnologiyasini takomillashtirish. 2016 yilda turg‘unlashtirilgan protargol preparati texnologiyasini takomillashtirish imkoniyatlarini o‘rganish. Mahalliy dorivor o‘simliklar asosida suyuq ekstrakt texnologiyasini ishlab chiqish. Grek yong‘og‘i bargi va yantoq ildizidan suyuq ekstraktini olish texnologiyasini ishlab chiqish va farmakologiyasini o‘rganish. Rejalashtirilgan ilmiy ishlar bo‘yicha qon to‘xtatuvchi sifatida xalq tabobatida keng ishlatiladigan tog‘ qunduzi er ustki qismidan quruq ekstrakt olish va u asosida tabletka dori shaklini yaratish, olingan tabletkani DF XI bo‘yicha sifat ko‘rsatkichlarini tekshirish; propolis nastoykasidan polimer pardalarni hosil qiluvchi massada tanlangan polimerning mo‘tadil konsentratsiyasini asoslash, plastifikator turi va miqdorini asoslash va dermatologik pardalarni hosil qilish mo‘‘tadil texnologik jarayonini ishlab chiqish; topinambur tugunagidan poroshok olish texnologiyasini o‘rganish va tarkibidagi biofaol moddalarga quritish haroratining ta’sirini o‘rganish hamda texnologik ko‘rsatkichlarini aniqlash; ibuprofen moddasidan sirtga qo‘llash uchun liposomal suspenziya olish va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash. Barcha ilmiy izlanishlar natijalari bo‘yicha ilmiy maqola va tezislar chop etilishi rejalashtirilgan.

Download 24.76 Kb.




Download 24.76 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dori turlari texnologiyasi kafedrasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlar

Download 24.76 Kb.